Mashg‘ulotning borishi:
Tashkiliy qism: 3 -5 daqiqa
Bolalar diqqatini jamlash maqsadida tarbiyachi bolalardan doira bo‘lib turib olishlarini so‘raydi va bolalarga murojaat qilib “Hammamiz birga harakatlanamiz”, - deyiladi.
Qo‘llarimiz belda.
Keyin esa yonda
Ko‘taramiz tepaga
Keyin esa yelkaga
Qo‘llarimiz ko‘p-ko‘p
Oyoqlarimiz to‘p-to‘p
Quyon bo‘lib sakraymiz
Mashg‘ulotni boshlaymiz.
Bolalar joylariga o‘tiradilar.
2. Asosiy qism: 20 daqiqa
“Laylakvoy” media mahsulotidan ekranda T tovushi bor tovuq rasmi ko‘rsatiladi, tarbiyalanuvchilar uning nomini- so`zni aytadilar. Tarbiyachi T tovushini takrorlab (t-t-t-to-vuq) so`zini aytadi va qaysi tovushga to`xtalib aytayotganligini tarbiyalanuvchilardan so`raydi.
Tarbiyachi tarbiyalanuvchilarga T tovushini talaffuzini tushuntirib beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |