Quvnoq daqiqa
“O‘rinini top” o‘yini
O‘yinning mazmuni: bolajonlar, hozir men sizlarga turli rasmli kartochkalar ko‘rsataman va nomlarini aytaman. Sizlar ana shu so‘zlarda “Q” tovushi qaerda joylashganini topasizlar. (tarbiyachi bu tovushni baland talaffuz etadi). Bolalar tarbiyachiga taqlid qilib takrorlaydilar va “Q” tovushi qaerda joylashganini topadilar.
-qovun, qaychi, qalam (so‘z boshida)
-arqon, dehqon, sichqon ( so‘z o‘rtasida)
-yostiq, baliq, ayiq (so‘z ohirida)
Keling siz bilan ona tovuqqa taqlid qilib, ona tovuqdek “Qo-qolaymiz”. Birgalikda qo-qo-qo
Amaliy ish.
1.Tarbiyachi bolalarga katta bosma Q harfini doskada chizib ko`rsatib beradi. Tarbiyachi ko`rsatib bergan namunaga qarab bolalar rangli iplardan katta Q harfini yasaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |