Asosiy qism: 20 daqiqa
“Laylakvoy” media mahsulotidan ekranda
M
tovushi bor mushuk rasmi
ko‘rsatiladi, tarbiyalanuvchilar uning nomini- so`zni aytadilar. Tarbiyachi
M
tovushini takrorlab (m-m-m-mu-shuk) so`zini aytadi va qaysi tovushga to`xtalib
aytayotganligini tarbiyalanuvchilardan so`raydi.
M
tovushini talaffuzini tushuntirib
beradi.
Tarbiyachiga eslatma
.
M
tovushini talaffuzidalablar kuchsiz birlashadi, tish qirralari orasidagi masofa va
til holati “M” tovushidan keyin keladigan unli tovushlarga bog‘liq bo‘ladi,
yumshoq tanglay pastga tushgan bo‘lib buning natijasida, havo burundan o‘tib
ketadi, tovush boylamlari birikadi va tebranadi.
Tarbiyachi tarbiyalanuvchilarga Mundosh tovushlar sarasiga kirishi, chunki bu
tovushni talaffuz qilinayotda o‘pkadan chiqayotgan havo og‘iz bo‘shlig‘ida
to‘siqqa uchrab lablar yumilib, so‘ngra ochilishini tushuntiradi.
Tarbiyachi “Mushuk qanday tovush chiqaradi?”, “Sigir qanday ovoz chiqaradi?”
kabi savollar bilan bolalarning
M
tovushi haqidagi tasavvurlari oydinlashtiriladi.
Tarbiyachi tarbiyalanuvchilarga
M
undosh tovush ekani, undosh tovush unli tovush
bilan birga bo‘g‘in hosil qilishi haqida tushuntirib,
M
tovushining talaffuzi
o‘rgatadi.
Tarbiyalanuvchilar M tovushini aytgach, uning xususiyatlari haqida savol-javob
o`tkaziladi. M tovushli so`zlar o`ylab topiladi. Shundan so`ng M harfi “Laylakvoy”
media mahsulotidan ko`rsatiladi.Bunda M harfining shaklini eslab qolishlariga
alohida e’tibor beriladi.
M harfi kitobga joylab qo‘yiladi. (kitob maketiga M kesma harfi yopishtiriladi.)
Harflarning uch xususiyati:yozilishi, ko‘rish mumkinligi va ularni o‘qish
mumkinligi aytiladi. Xulosada harflar o`qilishi, yozilishi va ularni ko`rish
mumkinligi; tovushlarni esa eshitish va talaffuz qilinishi aytiladi.
Quvnoq daqiqa:
“Buzoqlarni boq”
Tarbiyachi: bolalar hammamiz o‘rnimizdan turamiz. Sizlar buzoqlar bo‘lasiz.
Guruh xonasining bu burchagi “o‘tloq”, mana bu burchagi “molxona” bo‘ladi. Siz
44
xona bo‘ylab “o‘tloqda” yurasiz. O‘tloqdan molxonaga kelganda : Muu.. deb
ma'raysizlar.O‘yin shu tariqa davom etadi.
Amaliy ish.
Tarbiyachi bolalarga katta bosma
M
harfini doskada chizib ko`rsatib beradi.
Tarbiyachi ko`rsatib bergan namunaga qarab bolalar sanoq cho‘plardan katta
M
harfini yasaydilar. Ish yakunida tarbiyachi bolalarga
M
harfi haqida quyidagi
quvnoq she’rni aytib berishi mumkin.
Ikki do‘st qo‘l ushlashib
Do‘stlik sulhi tuzildi,
Ularning o‘rtasida
Do'stlaringiz bilan baham: |