Quvnoq daqiqa
“Bodring” she'rini aytish.
Bodring diring-diring
Bog‘imizga kirib turing
Bog‘imizga kirganda
Palagim bosmay yuring
Men ham sizday bolaman
Qovoq solib olaman
Palagimni bosangiz
Achchiq bo‘lib qolaman.
Amaliy ish.
Tarbiyachi bolalargakatta bosma ng harf birikmasi doskada chizib ko`rsatib
beradi. Tarbiyachi ko`rsatib bergan namunaga qarab bolalar rangli iplardan ng harf
birikmasi yasaydilar.
Amaliy masq.
Tarbiyachi ng harf birikmasi ishtirok etgan bir necha so‘zni bo‘g‘inlarga bo‘lib
(bodring, tong, rang, tanga, otang, onang
)
aytadi. Bolalar aytilgan so‘zdagi
bo‘g‘inda ng harf birikmasi ishtirok etgan bo‘lsa ng harf birikmasini baland
ko‘taradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |