Maktabgacha bo‘lgan katta yosh guruhi bolalarida matematika umumiy guruhli faoliyatini tashkil etish
MUNDARIJA
KIRISH
1.bob. Maktabgacha bo‘lgan katta yosh guruhi bolalarida matematika umumiy guruhli faoliyatini tashkil etishning nazariy asoslari
1.1. Maktabgacha yoshdagi bolalarni matematikani o’rgatishga tayyorlashda matematik tushunchalarni shakllantirishning ahamiyati
1.2. Matematika mashg`ulotlarining didaktik talablari
II bob. Maktabgacha bo‘lgan katta yosh guruhi bolalarida matematika umumiy guruhli faoliyatini tashkil etishning maqsad va vazifalari
2.1. Maktabgacha yoshdagi bolalarning boshlang'ich matematik tasavvurlarini shakllantirish bo'yicha ishlarning mazmuni
2.2. Katta maktabgacha yoshdagi bolalarga matematikani o'qitishda shakllanadigan ish shakllari, mantiqiy ko'nikmalarni rivojlantirish usullari va usullari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Maktabgacha ta`lim tizimini qayta qurishning asosiy yo`nalishlaridan biri bolaning xususiyatlari, imkoniyatlari, layoqati va qobiliyatlarini e`tiborga olgan xolda uni shaxs sifatida mukammal rivojlantirishga qaratilgan ta`limdir. Ma`lumki, har bir inson o`zining intilishlari, qobiliyati va imkoniyatlariga ko`ra hayotda o`z o`rnini topa olgan sharoitda rivojlanuvchi jamiyatni barpo etishi mumkin. Jamiyatdagi insonning to`laqonli faoliyati, ya`ni uning har kungi hayoti, ishlab chiqarish faoliyati, undan yuqori darajadagi umumiy rivojlanish va umumiy madaniyatini takomillashib borishi talab qilinadi. Shuning uchun bizning asosiy vazifamiz maktab yoshigacha bo`lgan bolalarni bilimga undash, faollikka chaqirish, amaliy faoliyatning har bir turida matematik tushunchalarning muhimligini ko`rsatish, fikrlashga o`rgatishdan iboratdir. Psixologik, pedagogik tadqiqotlarni ko`rib chiqib shunday xulosa mumkinki, bolalarda matematik tushunchalarni shakllantirish tarbiyachi (pedagog) rahbarligida, maqsadli tashqil qilingan faoliyat jarayonida samarali rivojlanadi. Tarbiyachi (pedagog) rahbarligida ta`lim jarayonida umumiylashtirish, fikrlash, mantiqiy bog`lash bilimlari rivojlanadi va bu pedagogik jarayonda o`z aksini albatta topadi.
Maktabgacha ta`lim jarayonida bunday sharoitlarning yaratilishi masalani yechishda o`rganilayotgan bilimlarni mustahkamlash, masalani mustaqil yechish ko`nikmasini rivojlantirish, muammoni yaqindan ko`ra bilish va uni yecha olish, olingan natijalardan masalani yechish jarayonida foydalanishni bilish uchun imkon yaratadi.
Ushbu masalani yechishda psixologlarning birlamchiligi shundaki, bolada matematik tushunchalarni shakllantirish maxsus psixologik qonuniyatlar asosida amalga oshiriladi.
Ammo matematik tushunchalar inson bilan birga tug`ilmaydi. Bolalarda shu xususiyatlarni tarbiyalashda maktabgacha ta`lim katta ahamiyat kasb etishi kerak.
Ta`lim-tarbiya sifatini kuchaytirish talablarini qo`yayotganda yosh avlod bilan matonatli xizmat qilish muhimdir, maktabgacha ta`lim faqatgina aniq bilimlar hajmini belgilabgina qolmay, balki o`zlashtirilgan bilimlar olingan natijalar asosida bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirishdan iboratdir.
M. A. Danilov, L. V. Zankov va boshqalarning tadqiqotlarida bolaning o`quv faoliyati qulay sharoitda, ularning aqliy faoliyatini rivojlantirishning turli fanlardan foydalangan xolda kechadi. Demak, ta`lim uslublari boladagi ijodiy faoliyatni rivojlantirish uchun matematik tushunchalarni shakllantirishga qaratilishi, ishning turli uslublarini mujassamlashtirishi lozimdir.
Bolalardagi matematik tushunchalarni rivojlantirishning psixologik abiatining o`rganilishi, asosiy qismlarining aniqlanishi, tushunchalarni shakllantiruvchi umumiy shartlarini chuqurroq o`rganishga imkon yaratadi. Psixologik, pedagogik tadqiqotlarni ko`rib chiqib shunday xulosa qilish mumkinki, bolalarda matematik tushunchalarni shakllantirish tarbiyachi (pedagog) rahbarligida, maqsadli tashqil qilingan faoliyat jarayonida samarali rivojlanadi. Tarbiyachi (pedagog) rahbarligida ta`lim jarayonida umumiylashtirish, fikrlash, mantiqiy bog`lash bilimlari rivojlanadi va bu pedagogik jarayonda o`z aksini albatta topadi. Maktabgacha ta`lim jarayonida bunday sharoitlarning yaratilishi masalani yechishda o`rganilayotgan bilimlarni mustahkamlash, masalani mustaqil yechish ko`nikmasini rivojlantirish, muammoni yaqindan ko`ra bilish va uni yecha olish, olingan natijalardan masalani yechish jarayonida foydalanishni bilish uchun imkon yaratadi. Ushbu masalani yechishda psixologlarning birlamchiligi shundaki, bolada matematik tushunchalarni shakllantirish maxsus psixologik qonuniyatlar asosida amalga oshiriladi. Ammo matematik tushunchalar inson bilan birga tug`ilmaydi. Bolalarda shu xususiyatlarni tarbiyalashda maktabgacha ta`lim katta ahamiyat kasb etishi kerak.
Matematika fani insonning aqlini o’stiradi, uning diqqatini rivojlantiradi, ko’zlangan maqsadga erishish uchun o’zida qat`iyat va irodani tarbiyalaydi, eng muhimi, uning tafakkuri kengayadi.
Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan davlat talablari tug`ilgandan 7 yoshgacha bo’lgan bolalarning beshta asosiy rivojlanish sohalari asosida belgilanadi. O’z navbatida har bir rivojlanish sohasi kichik sohalarga bo’lingan bo’lib, ular har bir yosh guruhiga mos bir nechta kutilayotgan rivojlanish ko’rsatkichlaridan (talablardan) iborat.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta`lim berishda kompetensiyaviy yondashuv o’sib borayotgan bola shaxsini hayotga tayyorlash, unda hayotiy muhim masalalami hal qilish uchun zarur bo’lgan, axloqiy me`yor va qadriyatlarni o’zlashtirish, boshqa insonlar bilan muloqot qilish, “Men” obrazini qurish bilan bog`liq bo’lgan faoliyat usullarini shakllantirishga tayyorgarlikni ko’zda tutadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktab ta`limiga tayyorlash, jumladan maktabda “matematika” fanida zarur bo’ladigan bilim va ko’nikmalarni maktabgacha ta`lim tashkilotlarida o’tiladigan mashg`ulotlarda shakllantiriladi. Ushbu bilim va ko’nikmalarni samarali shakllantirish uchun quyidagilarni mustahkamlash zarur:
O’quv-metodik hamda didaktik materiallar, rivojlantiruvchi o’yinlar va o’yinchoqlar, mebel, kompyuter texnikasi, o’quv uskunalar bilan jihozlash;
maktabgacha ta`lim tizimini rivojlantirishda moliyalashtirishni zaruriy darajada amalga oshirilishi, maktabgacha ta`lim xizmatlarini ko’rsatishda byudjet mablag`laridan foydalanish samaradorligini oshirish.
Maktabgacha ta`lim tashkilotining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash.
Matematika mashg`ulotlarini tashkil etish uchun multimedia va didaktik materiallarni tayyorlash.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda elementar matematik tasavvurlarni rivojlantirishni amalga oshirish muvaffaqiyati tarbiyachi ixtisosiga, uning kasbga tayyorgarchiligiga bog`liq.
Bolalarda elementar matematik tasavvurlarni rivojlantirish masalalari bo’yicha ishni to’g`ri rejalashtirish va tashkil qilinmasdan o’rgatib bo’lmaydi.
Bu borada quyidagi masalalar ochib beriladi:
- Maktabgacha ta`lim tashkilotining har xil yosh guruhlarida elementar matematik tasavvurlarni rivojlantirishga oid ishlarni tashkil qilish;
- MTTda mashg`ulotlarni tashkil qilish va rejalashtirish;
- matematika mashg`ulotlariga qo’yiladigan didaktik talablar
- elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish usullari;
Asosiy maqsad — Maktabgacha yoshdagi bolalarni matematik tasavvurlarini rivojlantirish, maktabgacha yoshdagi bolalarni matematikani o’rgatishga tayyorlashda matematik tushunchalarni shakllantirishning ahamiyatini yoritib berish.
Do'stlaringiz bilan baham: |