3. Noverbal ta’sirning ma’nosi “nutqsiz” dir. Bunga suhbatdoshlarning fazoda bir-birlariga nisbatan tutgan o‘rinlari, holatlari (yaqin, o‘zoq, intim), qiliqlari, mimika, pantomimika, qarashlar, bir-birini bevosita his qilishlar, tashqi qiyofa, undan chiqayotgan turli signallar (shovqin, xidlar) kiradi
Xulosa sifatida shuni aytish lozimki jamoada psixologik muhit va uning mehnat unumdorltigiga ta’siri juda kattadir. Shuning uchun jamoani shakllantirishda va ularni boshqarishda MTT rahbarining o‘rni va vazifasi kattadir. Albatta rahbar har bir jamoa a’zosini xarakteri va individual xususiyatlarini o‘rganib jamoani boshqarishi zarur bo‘ladi. Bunda albatta shaxslararo munosabatlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish va ular o‘rtasidag ziddiyatlarni oldini olish uchun psixologik bilim kerak bo‘ladi.
Xulosa
Barcha rahbarlar o`z qul ostidagi hodimlar uchun munosib mehnat sharoitlarini yaratib berishi zarurdir. Bu zaruratlar madaniyat tushunchasi bilan bog`lash maqsadga muvofiqdir.
“Madaniyat” tushunchasi keng qamrovli, umuminsoniy tushuncha. Inson moddiy va ma’naviy boyliklar yaratish bilan hamisha band. Shuning uchun moddiy va ma’naviy madaniyat farqlanadi. Insonning tabiatni o‘zlashtrish amaliy ko‘rsatkich darajasi, moddiy madaniyatni bildiradi. Ma’naviy madaniyatga fan, axolining ma’lumot darajasi. Tibbiy xizmat. San’at darajasi. Odamlarning axloqiy me’yorlari, ruxiy bilim va qiziqishlari kiradi.
Boshqarish madaniyati ham umuminsoniy madaniyatni bir bo‘lagi hisoblanidi, u boshqaruv xodimlarining madaniyat darajasini, boshqaruv jarayoni madaniyati. mehnat sharoiti madaniyati, hujjat va ish yuritish madaniyatini akslantiradi.
Boshqaruv uslubi - bu rahbarning boshqaruv jarayonida qo‘llaydigan barcha eng yaxshi, chidamli, bardoshli usullar yig‘indisidir.
Boshqarishnnig uchta aniq usul bor: avtoritar (direktiv), demokratik (kollegial) va liberal.
Amaliyotda u yoki bu usul “toza” qo‘llanilmaydi. Har bir usulni omuxta qilib, boshqaruvda qo‘llaniladi. Demokratik uslubga har bir ustuvorlik beriladi.
Adabiyotlar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-dekabrdagi “2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish choratadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2707- sonli qarori
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentyabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-5198- sonli Farmoni
O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2019-yil-10-maydagi PQ-4312/3106-sonli qarori
Maktabgacha ta’lim muassasalarida sog’lom psixologik muhitni ta’minlash va psixologik xizmat sohasini takomillashtirish yo’llari. Ozodbek Arzuyevich Shukurullayev Nizomiy nomidagi TDPU mustaqil tadqiqotchisi. «SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 5
Nishanova Z. Psixologik xizmat – T. 2006. 34 b.
Internet saytlar
www.googe.uz
www.arxiv.uz
va boshqalar
Do'stlaringiz bilan baham: |