Faoliyatning borishi:
«Yullar» va «Ko‘priklar» suratini kuzatish.
Yo‘llar va ko‘priklar haqida ma’lumot olish.
Ko‘prik qurish uchun geomertik shakllarni tanlash
Yo‘llar va ko‘prik qurish
Bajarilgan ishni o‘rtoqlari bilan solishtirish, mustahkamligini tekshirish.
Qo‘shimcha: Bajarilgan ishni turli belgilar bilan boyitishni tavsiya etishi mumkin, rag‘batlantirish.
Alohida e’tibor qaratiladi: Bolalarni jamoa bo‘lib ishlashiga, bajarilgan ishning mustahkam va to‘g‘ri bajarilganligiga, mavzuni to‘liq o‘zlashtirganligiga.
Til va nutq markazi.
Mavzu: «Toshkent – qurilishlar shahri» (AKT)
Maksad: O‘zi yashab turgan manzilini biladi, yashab yurgan shahri nomi, tarixi borasida qisqacha ma’lumotga ega
Kerakli jixozlar: Toshkent shahrining rasmi, shaharning diqqatga sazovor joylari namoyish etilgan videolavhalar diski
Faoliyatning borishi:
«Toshkent qurilishlar shahri» videlavhasini kuzatish
Lavha bo‘yicha tushuncha berish, hikoya tuzish
Lavha to‘g‘risida o‘zaro suhbat qurish
Lavhadagi diqqatga sazovor binolar va ularning nomlarini yodga olish, tahlil qilish.
Qo‘shimcha: Lavha yuzasidan savol-javoblar o‘tkazish, «Baland, past», «Katta-kichkina» o‘ynini o‘ynashni taklif etish.
Alohida e’tibor qaratiladi: Nutq boyligining oshganligi, lug‘atiga yangi so‘zlarning qo‘shilganligiga ahamiyat berish.
San’at markazi.
Mavzu: «Gerb» Applikatsiya (tabiiy materiallardan)
Maksad: O‘zbekiston Respublikasi ramzlarini biladi, ularning ma’nosini biladi, applikatsiya yordamida mayda qo‘l motorikasi rivojlanadi.
Kerakli jixozlar: O‘zbekistan gerbi, gerb namunasi, bug‘doy boshog‘i va paxta, oq va rangli qog‘oz, qaychi, tabiiy materiallar
Faoliyatning borishi:
Rasmlar orqali O‘zbekiston ramzlari haqidagi ma’lumotlar bilan tanishish.
Gerbni kuzatish, tahlil qilish.
Gerb yasashni rejalashtirish.
Kerakli jihozlarni tanlash.
Gerbni mustaqil yasash.
Qo‘shimcha: Gerb xaqida she’r yod oldirish.
Alohida e’tibor qaratiladi: Ijodiy ish jarayonida tozalikka axamiyat berish, hayot xavfsizligiga rioya qilish.
Syujetli roli uyinlar va drammalash markazi:
Mavzu: «Hayvonot bog‘ida».
Maksad: Yovvoyi va uy hayvonlari to‘g‘risida ma’lumotlari boyib boradi, hayvonlarga nisbatan mehribonlik, qayg‘urish, ozor yetkazmalik hissi uyg‘onadi, hayvonlarga g‘amxo‘rlik qilish hissi uyg‘onadi, lug‘at boyligiga hammol (gruzщik), veterinar so‘zlari mazmunini biladi
Kerakli jixozlar: Yovvoyi va uy hayvonlari rezina o‘yinchoqlar yoki mulyajlar, hayvonlarni ovqatlantirish uchun idishlar, tozalash buyumlari, hayvonlar maskasi
Faoliyatning borishi:
Hayvonot bog‘i va u yerning faoliyati tasvirlangan rasmlarini kuzatish.
Quruvchi, hammol, hayvonot bog‘i ishchisi, veterinar, kassir, hayvonot bog‘i xodimi, tashrif buyuruvchilar rollarni taqsimlash.
Hayvonot bog‘ini qurish.
Hayvonlarni olib kelish.
Hayvonlar solingan qafaslarni joylashtirish.
Hayvonlarga xizmat ko‘rsatish (ovqatlantirish, qafaslarini tozalash).
Hayvonlar salomatligini tekshirish.
Issig‘ini o‘lchash, kasallarini davolash.
Chipta sotish.
Hayvonot bog‘i bilan tanishtirish.
Hayvonlar haqida ma’lumot berish.
Xavfsizlik haqida ma’lumot berish.
Chiptalarni xarid qilish.
Hayvonlarni kuzatish.
Qo‘shimcha: Mavzu asosida multfilmlar namoyish etish.
Alohida e’tibor qaratiladi: Hayvonot bog‘i ishchilarini nima ish bilan band bo‘lishlari va ularning faoliyatlarini farqlay olishiga.
Do'stlaringiz bilan baham: |