Sentabr 1 xafta
«Mening qadrdon O‘zbekistonim».
Kurish-yasash va matematika markazi:
Mavzu: «Kurilish materiallaridan shaxar kuramiz».
Maksad: Kurilish materiallari va turli kattalikdagi gishtchalardan mustakil uylar kura oladi.
Kerakli jixozlar: kubiklar, geometrik shakllar, dekorativ usimliklar, shaxar kurinishi tasvirlangan suratlar.
Faoliyatning borishi:
1. «Mening shaxrim» mavzusidagi suratlarni kuzatish.
2. Shaxar kurilishi rejasini tuzish.
3. Mustakil kurish ishlarini amalga oshirish.
4. Dusti bilan suxbatga kirishish.
5. Dustining ishlarini taxlil etish va ragbatlantirish.
Kushimcha: Tarbiyachi kurilish ishlarini bezatishda mayda kushimchalar (uyinchoklar, mashinachalar, gulchalar)dan foydalanishni taklif etish.
Alohida e’tibor qaratiladi: Jamoada iщlash malakalari, shaxar qo‘rinishini tasavvurida aksiga.
Syujetli roli uyinlar va drammalash markazi:
Mavzu: «Mexmonda».
Maksad: Uzaro munosabat va muomalani malakalarini shakllanadi, mexmonga borish odobini biladi, mehmonlar orasida so‘zlashish madaniyati shakllanadi. Lug‘atiga «Mezbon» so‘zi kiritiladi.
Kerakli jixozlar: mavzuga mos barcha uyinchoklar, uy jixozlari, kugirchoklar, idish-tovoklar, oshxona anjomlari.
Faoliyatning borishi:
Uyin borishini rejalashtirish.
Rollarni uzaro taksimlash.
Mehmonga borish.
Mezbon tomonidan mehmonni kutib olish.
Dasturxon bezatish.
O‘zaro mehmonlar orasida suxbat.
Turli taomlar tortish.
Biron bir o‘yin o‘ynash yoki kitob tomosha qilish.
Mehmonni kuzatish.
Uyni tartibga keltirish.
Qo‘shimcha: Qo‘shni guruhga mehmonga chiqish.
Alohida e’tibor qaratiladi: Mexmonda uzini tutish odobini bilishi, sexrli suzlar»dan (iltimos, raxmat, kechirasiz) nutkida foydalana olishi, o‘z fikrini ifoda eta olish malakasiga.
Til va nutq. markazi
Mavzu: «Ona Vatan» mavzusidagi rasmlar asosida suhbat.
Maqsad: O‘z yashab turgan Vatani shahari, ko‘chasi, mahallasi haqida ma’lumotga ega va nomlay oladi. Do‘sti bilan hech qanday to‘siqsiz muloqotga kirisha oladi. Nutqi rivojlanadi, rasmlarni bir-biridan farqlay oladi, o‘z fikrini bayon eta oladi, rasmdagi voqeani tahlil qila oladi. Ko‘rganlarini xotirasida qoldiradi va xotirasida qolganlarni so‘zlay oladi.
Kerakli jixozlar: Mavzu asosida suratlar.
Faoliyatning borishi:
1. Rasmlarni tomosha qilish.
2. Rasmlarga qarab ularni bir-biridan farqlash.
3. Rasmdagi voqea-xodisani ongida taxlil qilish.
4. Do‘sti bilan suhbatga kirishish.
5. «Ona Vatan» mavzusida egallagan bilimlarini so‘zlash.
6. Do‘stining fikrlarini tinglash.
7. Do‘stining fikrlarini tahlil qilish
Qo‘shimcha: Vatan to‘g‘risida she’r yod olish.
Alohida e’tibor qaratiladi: Rasmlarni taxlil qilinishiga, xikoyada voqea-xodisalarni ketma-ketligini to‘g‘ri tuzilganligiga.
Fan va tabiat markazi.
Mavzu: Suv va qum xususiyatlari bilan tanishish.
Maqsad: Suv va qum nima ekanligini biladi, nam qumning xususiyatlari va undan foydalanishni biladi. Suv bilan tajriba o‘tkaza oladi, suv xususiyatlarini biladi. Suyuq, quyiq, yumshoq, qattiq jixatlarni ajrata oladi.
Kerakli jixozlar: suv, qum, sham va gugurt, mavzu asosida rasmlar, yong‘in vaqtida uni barataraf etishdagi suv va qumning vazifasi tasvirlangan rasmlar.
Faoliyatning borishi:
Namunalar orqali mavzu xaqida tushuncha hosil qilish.
Yong‘in paytida suv va qumdan foydalanish to‘g‘risida tushunchaga ega bo‘lish.
Suvning qo‘l bilan ushlab bo‘lmasligi, uni suyuq ekanligini aniqlash.
Ushlab ko‘rish orqali qumning qul bilan ushlab bo‘lishi va u quruq, nam xamda quyiq ekanligini his qilish.
Suvga oz miqdorda qum solish
Qumning chukib ketishini va nima uchun cho‘kib ketganligini taxlil qilish.
O‘z fikrlarini bayon etish.
Qo‘shimcha: Tarbiyachi bilan birgalikda: shamni yondirish va uni suv hamda qum yordamida o‘chirish mumkinligini tajribada sinab ko‘rish.
Alohida etibor qaratiladi: Suv va qumning xususiyatlarini bilishiga, extiyot choralarini ko‘rishiga olov bilan o‘ynamasliklariga.
Do'stlaringiz bilan baham: |