Аlohida e’tibor qaratiladi: Rasmlarni taxlil qilinishiga, xikoyada voqea-xodisalarni ketma-ketligini to’g’ri tuzilganligiga.
Fan va tabiat
Tajriba №1
Mavzu:”Sovuqdan issiqgacha”
Maqsad: Harorat haqida tushunchalarini oshirish, ketma ketlik asosida vazifalarini to’g’ri bajarganliklarini nazorat qilish
Kerakli jihozlar: turli kattalikdagi idishlar, va turli haroratga ega bo’lgan suyuliklar
Tajribaning borilishi: Tarbiyachi olib kelingan idishlarga suv solib ularni ketma ketliklarini bolalar bilan birgalikda joylashda bolalarga amaliy yordam beradi
Xulosa: Bolalar suv haroratini his qilishadi
Mavzu: «To’g’ri ovqatlanishni inson hayotidagi o’rni” mavzusida tajriba
Maqsad: Bolalarga yaroqli va yaroqsiz oziq- ovqatni ajratish ulardan foydalanish, meva va sabzavotlarni ratsionga kirgazish bo’yicha bilimlarini oshirish
Kerakli jihozlar: meva sabzavot, istalgan oziq-ovqat bo’lakchalari, mavzuga oid rasmlar, iste’molga noloyiq oziq-ovqatlar tasviri
Tajribaning olib borilishi: Tarbiyachi bolalarga oziq ovqatlarni xususiyatlriga qarab farqlash tartibii haqida to’laqonli ma’lumot beradi va ularni stol ustida turgan oziq-ovqat mahsulotlarni idsihga ajratib solish keraglini tushuntiradi
Xulosa: Bolalar yaroqsiz mahsulotlarni aniqlay oladilar.
.
San’at markazi.
Mavzu: “O’z qo’limiz inson tanasini chizamiz”
Maqsad:, tasavur olamini boyitadi, ijodkorlik qobiliyatini oshiradi
Kerakli jixozlar: Oq qog’oz, bo’yoqlar, rangli qalamlar, qog'oz, yelim, bo'yoqlar”
Faoliyatning borishi:
1.Bolalar o’z hohishlariga ko’ra inson tanasi uchun ranglar tanlaydilar
2.Chizishni rejalashtirishadi
3.O’z ishlariga bo’yoq beradilar
Syujetli-rolli o’yinlar va drammalashtirish
Mavzu: “Shifohona” syujetli ro’lli o’yini
Maqsad: Shifohona qayerligini, unda kimlar ishlashini biladilar, ularga taqlid qila oladilar
Kerakli jixozlar: Stol, stul, kostyum sahna ko’rinish uchun liboslar
Faoliyatning borishi:
Rasmlarni tomosha qilish.
Muammoli vaziyatni tarbiyachi yordamida keltirib chiqarish
O’yinni borishini rejalashtirish.
O’yin voqea-xodisalarini saxnalashtirish.
O’yinni yakunlash va taxlil qilish.
Аlohida e’tibor qaratiladi: Rollarga mos so’zlarni qay darajada tanlab olayotganiga
Bolalarning bilimlarini mustahkamlash uchun savolar:
1Bolajonlar bugun nima mavzu haqida gaplashdik?
2 Tana a’zolarimiz qanday vazifani bajarishar ekan?
Jarayonda faol qatnashgan tarbiyalanuvchilar rag’batlantiriladi.
Uyga vazifa:
Uyda ota-onalar bilan “Shaxsiy gigyena” mavzusida suhbatlashish
Do'stlaringiz bilan baham: |