§. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom va xavfsiz ovqatlanishini ta’minlash bo‘limi mutaxassisi lavozimining malaka tavsiflari
Tartib raqami
|
3767
|
Kasblarning milliy standart klassifikatori
|
2351
|
bo‘yicha kodi
|
|
Xodimlar toifasi
|
Mutaxassis
|
Lavozim vazifalari:
–O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon, farmoyishlari va qarorlari, Hukumat qaror va farmoyishlarini, davlat dasturlari asosida qabul qilingan vazirlik qarorlari, buyruqlari, tadbirlari va boshqa hujjatlar ijrosini ta’minlash maqsadida boshqarma va bo‘lim boshlig‘i tomonidan o‘ziga yuklatilgan topshiriqlar ijrosini to‘liq bajarish va ular yuzasidan tegishli takliflar kiritish;
–boshqarma hay’ati, ishlab chiqarish yig‘ilishlarida ishtirok etish, bo‘limga tegishli masalalarni o‘rganish hamda o‘rganish natijalari bo‘yicha ma’lumotlar loyihalarini tayyorlash;
–maktabgacha ta’lim tizimida sog‘lom va xavfsiz ovqatlanish masalalarini rivojlantirish hamda bo‘lim faoliyatini tashkil etish yuzasidan istiqbol va joriy ish rejalarini ishlab chiqishda takliflar berish;
–maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarni belgilangan sanitariya qoidalari, me’yorlari va gigiyena normalariga muvofiq holda sog‘lom va xavfsiz ovqatlantirishni tashkil etilishini o‘rganish;
–maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarining kunlik tibbiy me’yorlar va sanitariya-gigiyena talablari va me’yorlari asosida oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlanishi, oshxonalarda tayyorlanayotgan ovqatlar, ovqat tayyorlash texnologiyalari qoidalari bo‘yicha seminarlar tashkil etish;
–tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlari tomonidan maktabgacha ta’lim tashkilotlarini sanitariya qoidalari, me’yorlari va gigiyena normalariga muvofiq sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlanishini o‘rganib borish;
–kunlik ratsionni to‘g‘ri tashkil etish uchun o‘n kunlik, haftalik taomnomalarni tayyorlash va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida amaliyotga tatbiq etish uchun amaliy seminarlar tashkil etib borish;
–bolalar iste’moli uchun sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari va tayyor taomlar berilishini nazorat qilish;
–tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlari va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarni sog‘lom ovqatlantirish bo‘yicha yuritiladigan hujjatlarni to‘g‘ri yuritilishini nazorat qilish va metodik yordam ko‘rsatish;
–tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlari kesimida sog‘lom va xavfsiz ovqatlantirishni tashkil etish monitoringini amalga oshirish;
–ovqatlantirish bilan bog‘liq kasalliklarni oldini olish maqsadida o‘rnatilgan tartib asosida tibbiy xizmatni o‘rganib borish;
–maktabgacha ta’lim tashkiloti omborxonalarida oziq-ovqat mahsulotlarini sifatli saqlash, mavsumiy zaxiralardan to‘laqonli foydalanishini qiyosiy o‘rganish;
–odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena talablariga, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |