O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarini tasdiqlash to‘g‘risida



Download 0,68 Mb.
bet86/215
Sana23.04.2022
Hajmi0,68 Mb.
#576942
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   215
Bog'liq
255 Buyruq (1)

§. Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktabgacha taʼlim vazirligi, viloyatlar maktabgacha taʼlim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha taʼlim bosh boshqarmasi Bolalar salomatligini taʼminlash va ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi metodisti lavozimining malaka tavsiflari





Tartib raqami

3767

Kasblarning milliy standart klassifikatori bo‘yicha kodi

2351

Xodimlar toifasi

Mutaxassis




    1. Lavozim vazifalari:

O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon, farmoyishlari va qarorlari, Hukumat qaror va farmoyishlarini, davlat dasturlari asosida qabul qilingan vazirlik qarorlari, buyruqlari, tadbirlari va boshqa hujjatlar ijrosini taʼminlash maqsadida boshqarma va bo‘lim boshlig‘i tomonidan o‘ziga yuklatilgan topshiriqlar ijrosini to‘liq bajarish va ular yuzasidan tegishli takliflar kiritish;

  • boshqarma Hayʼati, ishlab chiqarish yig‘ilishlarida ishtirok etish, maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tibbiy xizmatni tashkillashtirishga tegishli masalalarni o‘rganish hamda o‘rganish natijalari bo‘yicha maʼlumotlar loyihalarini tayyorlash;

  • maktabgacha taʼlim tizimida bolalar salomatligini taʼminlash, ularga birlamchi tibbiy- sanitariya yordamni ko‘rsatish, tibbiy profilaktika hamda reabilitatsiya tadbirlarni o‘tkazish va ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari (inklyuziv guruhlari) faoliyatiga oid masalalarini rivojlantirish hamda bo‘lim faoliyatini tashkil etish yuzasidan istiqbol va joriy ish rejalarini ishlab chiqishda takliflar berish;

  • maktabgacha taʼlim tashkilotlarida o‘rnatilgan tartibda tarbiyalanuvchilarga birlamchi tibbiy-sanitariya yordamni ko‘rsatish hamda profilaktika, korreksion-pedagogik va reabilitatsiya tadbirlarni sifatli o‘tkazilishini o‘rganish;

  • maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tibbiy xizmatni tashkil etish tartib va talablari asosida tarbiyalanuvchilarning salomatligi va jismoniy rivojlanishi, tibbiy profilaktika, sog‘lomlashtirish va reabilitatsiya tadbirlarni o‘tkazish hamda sanitariya qoidalari, meʼyorlari va gigiyena normativlari bo‘yicha amaliy seminarlar tashkil etish;

  • maktabgacha taʼlim tashkilotlarida, shu jumladan ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlarda (inklyuziv guruhlarda) tarbiyalanayotgan bolalarni rivojlanish dinamikasi, sog‘lomlashtirish, korreksion-pedagogik va reabilitatsiya tadbirlarining olib borilishi va ularning samarasini o‘rganib borish;

  • maktabgacha taʼlim tashkilotlarni tibbiy xodimlari, pedagog-defektolog/logopedi va psixologi uchun ularning faoliyatini samarali tashkil etish uchun amaliy va o‘quv seminarlar tashkil etish va reja asosida ularni malaka oshirishlarini taʼminlash;

  • tuman(shahar) maktabgacha taʼlim bo‘limlari va maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tibbiy xizmatni tashkil etish bo‘yicha yuritiladigan hujjatlarni to‘g‘ri yuritilishini nazorat qilish va metodik yordam ko‘rsatish;

  • tuman(shahar) maktabgacha taʼlim bo‘limlari va tuman(shahar) tibbiyot birlashmalari bilan maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilar o‘rtasida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikni o‘tkazish hamda maktabgacha taʼlim tashkilotlarning quvvatidan kelib chiqqan holda belgilangan meʼyorlarga asosan tibbiy xonalar tashkil etilishi hamda ularni jihoz, tibbiy anjom, zararsizlantirish va dori vositalar, tibbiy buyumlar bilan taʼminlanish monitoringini amalga oshirish;

  • ovqatlantirish bilan bog‘liq kasalliklarni yuzaga kelishini hamda boshqa yuqumli kasalliklarni oldini olish maqsadida o‘rnatilgan tartib asosida tibbiy xizmatni nazorat qilish;

  • maktabgacha taʼlim tashkilotlarida jarohatlanish holatlarini oldini olish yuzasidan profilaktik ishlarni olib borish va har bir jarohatlanish hodisalarini tahlil qilish;

  • maktabgacha taʼlim tashkiloti hamshiralari uchun maktabgacha taʼlim tashkilotda tibbiy xizmatni to‘g‘ri tashkil etish yuzasidan amaliy va o‘quv seminarlar tashkil etish, ularni malaka va kasbiy mahoratlarini oshirishlarini taʼminlash;

  • maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan bolalarni, faoliyat yuritayotgan pedagog, tibbiyot va oshxona xodimlarini o‘z vaqtida to‘liq ravishda tibbiy ko‘rikdan o‘tish choralarni taʼminlash;

  • maktabgacha taʼlim tashkilotlarida o‘tkaziladigan barcha tibbiy ko‘rik, profilaktika, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish bo‘yicha sanitar-oqartuv, sog‘lomlashtirish va reabilitatsiya tadbirlarni tashkil etilishida hududiy sog‘liqni saqlash organlari bilan hamkorlikni o‘rnatish va ularni o‘tkazilishida har tomonlama amaliy yordam ko‘rsatish;

  • boshqarma huzuridagi Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyani belgilangan tartibga muvofiq tashkil etish va uning faoliyatini muvofiqlashtirib borish;

  • maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, bolalarni jismoniy tarbiya va sportga jalb etish hamda ekologik taʼlim-tarbiya masalalarini muvofiqlashtirish;

  • maktabgacha taʼlim tashkilotlarda nogironligi bo‘lgan bolalarga nisbatan bag‘rikenglik munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan targ‘ibot ishlarini olib borish;

  • maktabgacha taʼlim tashkilotlarda tibbiy xizmatni tashkil etish, ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari (inklyuziv guruhlari) faoliyatiga oid bo‘lgan masalalar bo‘yicha hisobotlarni yuritish, statistika maʼlumotlarni bazasini yaratish va yangilab borish;

  • odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena talablariga, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish.

    1. Download 0,68 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish