O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarini tasdiqlash to‘g‘risida



Download 0,68 Mb.
bet84/215
Sana23.04.2022
Hajmi0,68 Mb.
#576942
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   215
Bog'liq
255 Buyruq (1)

Malaka talablari:


o‘z yo‘nalishi (iqtisodiy, moliyaviy, muhandislik, yurisprudensiya) bo‘yicha kamida bakalavr darajasidagi oliy ma’lumot;
xorijiy tillardan birining boshlang‘ich bosqichini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi;
bir yildan kam bo‘lmagan ish staji.


  1. §. Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi, viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh


boshqarmasi Bolalar salomatligini ta’minlash va ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i lavozimining malaka tavsiflari



Tartib raqami

831

Kasblarning milliy standart klassifikatori bo‘yicha kodi

1219

Xodimlar toifasi

Boshqaruv



  1. Lavozim vazifalari:


O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon, farmoyishlari va qarorlari, Hukumat qaror va farmoyishlarini, davlat dasturlari asosida qabul qilingan vazirlik qarorlari, buyruqlari, tadbirlari va boshqa hujjatlar ijrosini ta’minlash maqsadida Boshqarma boshlig‘i tomonidan o‘ziga yuklatilgan topshiriqlar ijrosini to‘liq bajarish va ular yuzasidan tegishli takliflar kiritish;

    • bo‘limning faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, uning yillik, choraklik va istiqbol ish rejalarini ishlab chiqilishini tashkil qilish, ularni boshqarmaning umumiy ish rejasi bilan muvofiqlashtirish, ularda belgilangan tadbirlarning sifatli ijro etilishi ustidan nazorat qilish;

    • bo‘lim xodimlarining kasbiy, metodik va ilmiy salohiyatini oshirish ishlarini tashkil etish, ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya qilish;

    • ish taqsimoti asosida bo‘lim xodimlarining lavozim majburiyatlariga rioya qilinishini ta’minlash;

    • boshqarmaning boshqa tarkibiy bo‘linmalari bilan faoliyat uzviyligini ta’minlash, faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha tegishli axborotlarni yig‘ish, tahlil qilish;

    • boshqarma Hay’ati, ishlab chiqarish yig‘ilishlarida ishtirok etish, o‘ziga biriktirilgan hudud tuman(shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlarining faoliyatini muvofiqlashtirib borish;

    • tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlari va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tibbiy xizmatni tashkil etish bo‘yicha yuritiladigan hujjatlarni to‘g‘ri yuritilishini nazorat qilish va metodik yordam ko‘rsatish;

    • hududiy sog‘liqni saqlash boshqarmasi bilan birgalikda maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tibbiy xizmatni tashkil etish, tarbiyalanuvchilarning hayoti sog‘lig‘ini muhofaza qilish bo‘yicha birlamchi tibbiy-sanitariya va profilaktik chora-tadbirlarini muvofiqlashtirish;

    • ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari (inklyuziv guruhlari) faoliyatini muvofiqlashtirish, rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan tarbiyalanuvchilarga korreksion-pedagogik va reabilitatsiya tadbirlarni sifatli tashkil etilishi va o‘tkazilishini nazorat qilish;

    • maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tibbiy xizmatni, jumladan ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlarda (inklyuziv guruhlarda) korreksion-pedagogik va reabilitatsiya tadbirlarni sifatli tashkil etish, maktabgacha taʼlim tashkilotlarning faoliyati tashkillashtirilishiga doir bo‘lgan sanitariya koidalari, meʼyorlari va gigiyena normativlari bo‘yicha seminarlar tashkil etish;

    • tuman(shahar) maktabgacha taʼlim bo‘limlari va tuman(shahar) tibbiyot birlashmalari bilan maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilar o‘rtasida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikni o‘tkazish hamda maktabgacha taʼlim tashkilotlarning quvvatidan kelib chiqqan holda belgilangan meʼyorlarga asosan tibbiy xonalar tashkil etilishi hamda ularni jihoz, tibbiy anjom, zararsizlantirish va dori vositalar, tibbiy buyumlar bilan taʼminlanish monitoringini amalga oshirish;

    • ovqatlantirish bilan bog‘liq kasalliklarni yuzaga kelishini hamda boshqa yuqumli kasalliklarni oldini olish maqsadida o‘rnatilgan tartib asosida tibbiy xizmatni nazorat qilish;

    • maktabgacha taʼlim tashkilotlarni hamshiralari uchun maktabgacha taʼlim tashkilotda tibbiy xizmatni to‘g‘ri tashkil etish, bolalarni sog‘lom va xavfsiz ovqatlantirish masalalariga doir amaliy va o‘quv seminarlar tashkil etish, ularni malaka va kasbiy mahoratlarini oshirishlarini taʼminlash;

    • maktabgacha taʼlim tashkilotlarni tibbiy xodimlari, pedagog-defektolog/logopedi va psixologi uchun ularning faoliyatini samarali tashkil etish uchun amaliy va o‘quv seminarlar tashkil etish va reja asosida ularni malaka oshirishlarini taʼminlash;

    • ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlarda (inklyuziv guruhlarda) taʼlim- tarbiya jarayoniga “O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari” hamda davlat o‘quv (moslashtirilgan) dasturlarini joriy etilishi va mazkur hujjatlarda belgilangan vazifalarni to‘laqonli bajarish monitoringini amalga oshirish;

–ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlarda (inklyuziv guruhlarda) taʼlim- tarbiya jarayoniga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash to‘g‘risida” 2020-yil 22-dekabrdagi 802-son qarori talablari asosida davlat o‘quv (moslashtirilgan) dasturlarini joriy etilishi va mazkur hujjatlarda belgilangan vazifalarni to‘laqonli bajarish monitoringini amalga oshirish;

    • maktabgacha taʼlim tashkilotlarida o‘tkaziladigan barcha tibbiy ko‘rik, profilaktika, sog‘lom tumush tarzini targ‘ib etish bo‘yicha sanitar-oqartuv, sog‘lomlashtirish va reabilitatsiya tadbirlarni tashkil etilishida hududiy sog‘liqni saqlash organlari bilan hamkorlikni o‘rnatish va ularni o‘tkazilishida har tomonlama amaliy yordam ko‘rsatish;

    • boshqarma huzuridagi Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyani belgilangan tartibga muvofiq tashkil etish va uning faoliyatini muvofiqlashtirib borish;

    • o‘z yo‘nalishi bo‘yicha yaratilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda faol ishtirok etish, taʼlim tizimini tashkil etishga doir normativ-huquqiy hujjatlarni joylarga yetkazish va nazoratini olib borish, boshqarmaning tarkibiy bo‘linmalari bilan faoliyat uzviyligini taʼminlash;

    • kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena talablariga, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish.

  1. Download 0,68 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish