O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarini tasdiqlash to‘g‘risida



Download 0,68 Mb.
bet74/215
Sana23.04.2022
Hajmi0,68 Mb.
#576942
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   215
Bog'liq
255 Buyruq (1)

§. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va tahlil bo‘limi boshlig‘i lavozimining malaka tavsiflari





Tartib raqami

830

Kasblarning milliy standart klassifikatori
bo‘yicha kodi

1219

Xodimlar toifasi

Boshqaruv




    1. Lavozim vazifalari:

–O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon, farmoyishlari va qarorlari, hukumat qaror va farmoyishlarini, davlat dasturlari asosida qabul qilingan Vazirlik, Mahalliy davlat hokimiyat organlarining qarorlari, buyruqlari, Boshqarma boshlig‘i topshiriqlari ijrosini to‘liq bajarilishini ta’minlash;
–bo‘limning faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, uning yillik, choraklik va istiqbol ish rejalarining ishlab chiqilishini tashkil qilish, ularni boshqarmaning umumiy ish rejasi bilan muvofiqlashtirish, ularda belgilangan tadbirlarning sifatli ijro etilishi ustidan nazorat qilish;
– ish taqsimoti asosida bo‘lim xodimlarining lavozim majburiyatlariga rioya qilinishini ta’minlash;
–boshqarmaning boshqa tarkibiy bo‘linmalari bilan faoliyat uzviyligini ta’minlash, faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha tegishli axborotlarni yig‘ish, tahlil qilish;
–bo‘lim vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha boshqarmaning buyruq, xat va hujjatlari loyihalarini tayyorlash va rahbariyatga imzoga kiritish;
–bo‘lim xodimlarining kasbiy, metodik va ilmiy salohiyatini oshirish ishlarini tashkil etish, ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya qilish, ish taqsimoti asosida bo‘lim xodimlarining huquq va majburiyatlarini belgilash, xodimlar o‘rtasidagi vazifalar taqsimotiga zaruriyatga qarab tegishli o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, bo‘lim vakolatiga kiradigan vazifalarni hal etish chora-tadbirlarini belgilash;
–o‘z yo‘nalishi bo‘yicha hududiy tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlari rahbar va kadrlari bilan ishlash;
–maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tashkil etish, tugatish va qayta tashkil etish masalalarida rahbariyatga taklif kiritish;
–boshqarmaning boshqa bo‘limlari bilan faoliyat uzviyligini ta’minlash, bo‘lim faoliyatiga doir ma’lumotlar hamda hududlardan maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatiga oid axborotlarni yig‘ish, tahlil qilish va hisobotlar tayyorlash;
–maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha ta’limga qamrovini oshirish, ayniqsa 6 yoshli bolalarni to‘liq qamrab olish orqali boshlang‘ich ta’limga sifatli tayyorlash choralarini ko‘rilishini ta’minlash;
–maktabgacha ta’lim tashkilotlariga bolalarni qabul qilish va tashkilotdan chiqarilishini hisobini olib borilishini nazorat qilish;
–“Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari” hamda “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi va variativ (muqobil) dasturlari, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarini amaliyotga tatbiq etish yuzasidan yaratilgan shart-sharoitlarni nazorat qilish;
–O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash to‘g‘risida” 2020-yil 22-dekabrdagi 802-son qarori talablari hamda davlat o‘quv dasturi va variativ (muqobil) dasturlari, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarini amaliyotga tatbiq etish yuzasidan yaratilgan shart-sharoitlarni nazorat qilish;
–tuman(shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlarida, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarning metodik kengash, metodik uyushma ishlarini tashkillashtirish, turli tanlovlar, ko‘rgazmalar, musobaqalar o‘tkazish bo‘yicha Nizom va zarur hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
–bolalarni har tomonlama intellektual, ma’naviy-estetik va jismoniy rivojlantirish, ularning maktabga tayyorgarlik darajasini tubdan oshirish hamda maktabgacha ta’lim sohasiga oid normativ-hujjatlarga rioya etilishi ustidan monitoring olib borilishini nazorat qilish;
–maktabgacha ta’lim tashkilotlari mavqeyini ko‘tarishda jamoatchilik tashkilotlari bilan hamkorlik ishlarini yo‘lga qo‘yilishini nazorat qilish;
–o‘z yo‘nalishi bo‘yicha ommaviy axborot vositalarida tuman( shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlari va tashkilotlari faoliyati va maqsadlarini, tizimda amalga oshirilayotgan islohotlarni targ‘ib qilib borish;
–o‘z yo‘nalishi bo‘yicha tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlari va maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini reytingini aniqlash jarayonida ishtirok etish, ularni tahlil qilish hamda tegishli xulosalar tayyorlash va ularga metodik yordam ko‘rsatish;
–maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar uchun shart-sharoitlar yaratilishi hamda moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha boshqarma boshlig‘iga takliflar kiritish;
–o‘z yo‘nalishi bo‘yicha tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlarining ta’lim- tarbiya jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, axborot- kommunikatsiya texnologiyalariga oid ilg‘or tajribalarni o‘rganish, aniqlash hamda ommalashtirish ishlarini nazorat qilish;
–o‘ziga berilgan vakolatlar doirasida bo‘limga kelib tushgan xat, ariza va shikoyatlar hamda murojaatlarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish;
–o‘rnatilgan tartibda sanitariya-gigiyena talablariga, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilishni ta’minlash.

    1. Download 0,68 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish