Bilishi lozim:
–pul mablag‘lari, tovar-moddiy va boshqa qiymatliklarni kirim qilish, saqlash va sarflash yuzasidan hujjatlarning to‘g‘ri rasmiylashtirilishi va ijroga qabul qilinishini;
–g‘azna hisobvaraqlaridagi pul mablag‘lari bo‘yicha operatsiyalar bajarilishi uchun asos bo‘lib xizmat qiluvchi hujjatlarning o‘z vaqtida taqdim etilishi, shuningdek tovar (ish, xizmat) yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblar belgilangan muddatlarda va to‘g‘ri amalga oshirilishini;
–buxgalteriya hisobining amaldagi qonun hujjatlarga muvofiq to‘g‘ri yuritilishi va buxgalteriya hisobini yuritishda maxfiylikka rioya qilinishini;
–moliyaviy hisobotlarning to‘g‘ri tuzilishi va tegishli organlarga belgilangan muddatlarda topshirilishini;
–boshlang‘ich hisob hujjatlari, buxgalteriya hisobi registrlari, moliyaviy hisobot va boshqa hisobotlar, shuningdek buxgalteriya hisobini tashkil etish hamda yuritish bilan bog‘liq boshqa hujjatlarning qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda saqlanishini;
–vazirlikda buxgalteriya hisobini tashkil etishga doir boshqa amaldagi me’yoriy- huquqiy hujjatlarni;
–jamoada sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish, ahillik va inoqlikni mustahkamlash bo‘yicha faoliyat yuritishni;
–kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalarini.
Malaka talablari:
–o‘z yo‘nalishi bo‘yicha kamida bakalavr darajasidagi iqtisodiy ma’lumot;
–xorijiy tillardan birining boshlang‘ich bosqichini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi;
–o‘z mutaxassisligi bo‘yicha besh yildan kam bo‘lmagan staj yoki ta’lim va boshqa soha boshqaruv organlarida o‘z yo‘nalishi bo‘yicha uch yildan kam bo‘lmagan ish staji.
O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonunining 12-moddasiga muvofiq belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan, shuningdek qasddan sodir etilgan jinoyat uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxs buxgalteriya hisobi xizmatining rahbari bo‘lishi mumkin emas.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonunining 44-moddasiga muvofiq Maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimida mehnat faoliyatini amalga oshirishga quyidagi cheklovlar belgilab berilgan.
Muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan, pedagogik faoliyatni amalga oshirishga to‘sqinlik qiladigan kasalliklari yoki jismoniy nuqsonlari bo‘lgan shaxslar, shuningdek qasddan jinoyatlar sodir etganligi uchun ilgari hukm qilingan shaxslar maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishi mumkin emas.
Ilgari o‘zining aybli harakatlari sababli mehnat shartnomasi tugatilgan shaxslar, shuningdek qo‘llanilgan jazo chorasidan, sudlanganligi holati tugatilganligidan yoki olib tashlanganligidan hamda o‘ziga nisbatan amnistiya yoki afv etish akti qo‘llanilganligidan qat’i
nazar, qasddan sodir etilgan jinoyatlar uchun ilgari hukm qilingan shaxslar, jinoyat ishlari aybdorligi to‘g‘risidagi masala hal etilmagan holda tugatilgan jinoyatlar sodir etgan shaxslar maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimi organlari va tashkilotlarining rahbarlik lavozimlariga tayinlanishi mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |