O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarini tasdiqlash to‘g‘risida



Download 0,68 Mb.
bet185/215
Sana23.04.2022
Hajmi0,68 Mb.
#576942
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   215
Bog'liq
255 Buyruq (1)

Lavozim vazifalari:

–O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etish;
–o‘ziga yuklatilgan topshiriqlar ijrosini to‘liq bajarish va ular yuzasidan tegishli takliflar kiritish;
–o‘z yo‘nalishi bo‘yicha maktabgacha ta’lim tizimining bo‘linmalari muammolari bilan bog‘liq boshqa hujjatlarga kiritish uchun berilgan takliflarni tahlil qilish hamda umumlashtirish;
–maktabgacha ta’limi tashkilotlarida davlat talablari bo‘yicha ta’lim-tarbiya sifati monitoringini tashkil qilish masalalari bo‘yicha uslubiy yordam berish;
–o‘z faoliyatiga tegishli masalalarni ko‘rib chiqishda, ta’lim sohasida davlat siyosatini amalga oshirishda, ta’lim strategiyasini ishlab chiqishda, bosh boshqarma va bo‘limning amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlarni tayyorlashda ishtirok etish;
–o‘z vazifasini bajarish uchun zarur bo‘lgan uslubiy ishlanmalar (jadval, so‘rovnoma va boshqalar)ni tayyorlash, ta’lim sohasida analitik sharhlar, prognozlar tuzish, ijobiy ish tajribalarini o‘rganish, ularni umumlashtirish, bosh boshqarma, boshqarma va bo‘limning choraklik, yarim yillik, yillik ish rejalarini tuzish yuzasidan takliflar va hisobotlarini yig‘ish, ularning o‘z vaqtida bajarilish monitoringini olib borish;
–o‘z yo‘nalishi bo‘yicha metodik qo‘llanmalarni nashrga tayyorlash to‘g‘risidagi istiqbol rejasini tuzish, o‘quv-metodik qo‘llanmalar ro‘yxatini tayyorlash, joylardan metodik adabiyotlarga bo‘lgan ehtiyojlarni aniqlash, ularni o‘z vaqtida nashr etilishi va joylarga yuborilishini nazorat qilish;
–viloyat va tumanlarda metodik adabiyotlar ta’minoti bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar ish faoliyatini nazorat qilib borish va zarur bo‘lgan holatlarda hududiy maktabgacha ta’limi boshqarmalari va maktabgacha ta’lim tuman (shahar) bo‘limlari rahbarlariga mas’ul mutaxassislar ish faoliyati bo‘yicha tegishli takliflar berish;
–nashriyotlar tomonidan dastur va qo‘llanmalarning chop etilishi va joylarda yetkazilib berilishiga doir ishlarni o‘rganib borish hamda nazorat qilish va natijalari bo‘yicha rahbariyatga tegishli ma’lumotlar tayyorlash,;
–ushbu yo‘nalishda me’yoriy hujjatlarning o‘z vaqtida va sifatli ishlab chiqilishini nazorat qilish, iqtidorli bolalar bilan ishlashning turli shakllarini aniqlashga, tanlovlar, tavsiyalar ishlab chiqish;
–o‘z yo‘nalishi bo‘yicha maktabgacha ta’lim tizimidagi ta’lim tashkilotlarida ovqatlantirishni tashkil etish bo‘yicha belgilangan vazifalarni bajarilishini ta’minlashda boshqarmalarga yaqindan yordam berish;
–o‘z yo‘nalishi bo‘yicha maktabgacha ta’lim tizimiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda qatnashish, ularni bajarilishini nazorat qilish;
–maktabgacha ta’limi tizimini tashkil etishga doir normativ-huquqiy hujjatlarni joylarga yetkazish va ularning nazoratini olib borish, vazirlikning boshqarma va bo‘limlari bilan faoliyat uzviyligini ta’minlash;
–o‘z yo‘nalishi bo‘yicha jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni o‘qitish va tarbiyalashning ilg‘or shakllari va yangi pedagogik texnologiyalarini hamda ta’limning texnik vositalarini o‘quv va tarbiyaviy jarayoniga joriy etishni tashkil qilish;
–jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi doirasida onalik va bolalikni himoya qilish, bolalar o‘rtasida huquqbuzarlikning oldini olish yuzasidan olib borilayotgan ishlarni ro‘yxatini tarbiya bo‘limi bilan hamkorlikda muvofiqlashtirib borish;
–o‘z yo‘nalishi asosida joylarda olib borilayotgan ishlar haqidagi ma’lumotlarni yig‘ish, ularni o‘rganib chiqish va tegishli ma’lumotnomalar tayyorlash;
–vazirlikning boshqa boshqarma va bo‘limlari bilan hamkorlikda maktabgacha ta’limi tizimiga tashqi aloqalarning kirib borishi va natijalari haqida ma’lumotnomalar tayyorlash, ta’lim tizimiga xorijiy tashkilotlar tomonidan taqdim etiladigan insonparvarlik yuklari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini yuritish;
–o‘z yo‘nalishi bo‘yicha vazirlik tasarrufidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini aniqlash borasidagi ishlarni tashkil etish, vazirlik tasarrufidagi boshqaruv lavozimlari ro‘yxatiga olingan rahbar kadrlarni tanlash, o‘rganish, istiqbolli va amaldagi kadrlar zaxirasini shakllantirish masalalari bilan bevosita shug‘ullanish;
–oliy o‘quv yurtlarining pedagogik mutaxassislik bo‘yicha bitiruvchilarini ishga joylashtirilishi yakunlari bo‘yicha tahlil qilish hamda mazkur ishlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
–oliy pedagogika institutlari bo‘yicha talabalar kontingenti harakatiga oid hamda maktabgacha ta’limi tizimidagi pedagog xodimlarining soni va tarkibi bo‘yicha hisobotlarni yig‘ish, ularni umumlashtirish va statistika tashkilotlariga taqdim etish;
–pedagog xodimlar qo‘nimsizligi bo‘yicha ma’lumotlarni yig‘ish, ularni o‘rganib chiqish va tegishli ma’lumotnomalar tayyorlash;
–maktabgacha ta’limi tizimi xodimlarini O‘zbekiston Respublikasining davlat mukofotlari bilan taqdirlash hujjatlarini tayyorlash, xodimlarni vazirlikning Faxriy yorlig‘i bilan taqdirlash bo‘yicha buyruqlar loyihasini tayyorlash hamda rahbariyatga kiritish, belgilangan tartibda Faxriy yorliqlari, mukofotlash varaqalari va boshqa mukofotlash hujjatlarining hisobini olib borish, ularga buyurtmalar tayyorlash, saqlanishini ta’minlash, mukofotlarni topshirilishini nazorat qilish;
–davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;
–o‘z yo‘nalishi bo‘yicha yangi qurib foydalanishga topshirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tasdiqlangan me’yorlarga asosan jihozlanishi va ularni kerakli shtat birliklari bilan ta’minlash, ular uchun berilgan jihozlaridan samarali foydalanish maqsadida metodik
qo‘llanmalar ishlab chiqish va amaliy seminarlar o‘tkazib borish; hududiy maktabgacha ta’limi boshqaruv organlarining sohaga taalluqli - yo‘nalishlari bo‘yicha ma’lumotlarini umumlashtirish;
–bosh boshqarma, boshqarma va bo‘limlarga kelib tushadigan xat ariza va shikoyatlarni ko‘rib chiqish hamda rahbariyatning ko‘rsatmasiga muvofiq, ularga tegishli javoblar tayyorlash, bu masalalar yuzasidan bosh boshqarma, boshqarma, bo‘limda ijro intizomini ta’minlash;
–kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish.

  1. Download 0,68 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish