§. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti kadrlar bo‘limi boshlig‘i lavozimining malaka
tavsiflari
Tartib raqami
|
1926
|
Mashg‘ulotlarning milliy standart
klassifikatori bo‘yicha kodi
|
1229
|
Xodimlar toifasi
|
Boshqaruv
|
Lavozim vazifalari:
–O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi, Oliy majlis palatalarining qarorlari, Prezident farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Maktabgacha ta’lim vazirligi qarorlari va buyruqlari, Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti (Keyingi o‘rinlarda Institut deb yuritiladi)ning Nizomi, xodimlarining lavozim yo‘riqnomalari, “Ichki mehnat tartibi qoidalari”, “Jamoa shartnomasi”, “Xodimlarni tanlash mezonlari”, tavsiyanomalar va boshqa tegishli me’yoriy hujjatlar asosida o‘z faoliyatini tashkil etish;
–funksional vazifalariga muvofiq takliflar va hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishi, ishonchliligi, o‘z vaqtida tayyorlanishi, topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlash;
– institutning ish rejalarini tayyorlashda ishtirok etish va unda o‘ziga belgilangan vazifalar bajarilishini ta’minlash;
–lavozimlariga o‘rnatilgan tartibda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
–institut xodimlarining mehnatiga haq to‘lash, moddiy yordam berish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi Nizomiga muvofiq xodimlarni moddiy-ma’naviy rag‘batlantirish haqidagi takliflarni umumlashtirish hamda rahbariyatga taqdim etish;
–O‘zbekiston Respublikasi “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi Qonunining 18- moddasini bajarish maqsadida har oyning 5-sanasigacha bo‘sh ish joylari “Vakant lavozimlar to‘g‘risida”gi ma’lumotni tegishli tuman mehnat bo‘limiga topshirish va saytga joylashtirish;
–o‘ziga biriktirilgan sohalarga oid tegishli vazirliklar, hokimliklar va idoralardan kelgan xatlar, fuqarolarning ariza va shikoyatlarini o‘rganish, tahlil qilish va ularga javob tayyorlash.
–kadrlar yo‘nalishiga oid institutning ichki hujjatlarini ishlab chiqadi.
–bo‘limga bevosita umumiy rahbarlikni amalga oshirish, kadrlar bo‘yicha yetakchi faoliyatini muvofiqlashtirib borish hamda mazkur nizomga muvofiq bo‘limga yuklangan vazifalar ijrosini nazorat qilish;
–bo‘lim xodimlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlash, mehnat intizomiga rioya etilishini nazorat qilish;
–huquqiy axborotdan foydalanish va mehnatni muhofaza qilishga oid normativ huquqiy hujjatlardan samarali foydalanish, tizimdagi xodimlarni mehnat qonunchiligi asosida faoliyat ko‘rsatishi, ularning kasbiy salohiyatini oshirish, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, attestatsiyadan o‘tkazish yuzasidan istiqbol va joriy ish rejalarini ishlab chiqish, uni boshqarmaning umumiy ish rejasi bilan muvofiqlashtirish, o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash;
–institut pedagog-xodimlarining soni va tarkibi bo‘yicha hisobotlarni yig‘ish, umumlashtirish va rektorga hamda statistika tashkilotlariga taqdim etish;
–institutda faoliyat ko‘rsatayotgan nomutaxassis kadrlarni aniqlash ularni qayta tayyorlash kurslaridan o‘tkazilishini ta’minlash;
–sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |