§. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti rektorining lavozim malaka tavsiflari
Tartib raqami
|
623
|
Mashg‘ulotlarning milliy standart
klassifikatori bo‘yicha kodi
|
1120
|
Xodimlar toifasi
|
Boshqaruv
|
Lavozim vazifalari:
–maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti (bundan buyon matnda institut deb yuritiladi) umumiy faoliyatiga rahbarlik qilish;
–institutga yuklangan vazifa va kasbiy majburiyatlarni bajarish, ijro intizomiga rioya
qilish;
–institutning yillik va istiqbol ish rejalarini shakllantirish, ularni o‘z vaqtida sifatli
bajarilishini nazorat qilish hamda uning ilmiy kengashi faoliyatiga rahbarlik qilish;
–institutning ilmiy kengashi tavsiyalari asosida o‘quv-mavzu rejalar, dasturlar, ilmiy- uslubiy ishlar rejasini, ma’ruzalar matnini tasdiqlash va amaliyot mashg‘ulotlari, ilmiy-amaliy ishlarning bajarilishini nazorat qilish;
–institutga ajratilgan budjet mablag‘lari va boshqa budjetdan tashqari tushumlardan to‘g‘ri foydalanishni amalga oshirish hamda uning mulkiga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish;
–institutning ichki tartib-qoidalarini belgilash, uni xodimlar va tinglovchilar tomonidan bajarilishini nazorat qilish;
–institut mehnat jamoasida sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish, tinglovchilarga maishiy xizmat ko‘rsatish ishlarini tashkil qilish;
–institutning xodimlarga bo‘lgan ehtiyojini aniqlash, kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, yuqori malakali mutaxassislar bilan to‘ldirish, ularning kasbiy mahoratlarini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish hamda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
–institut xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni, xodimlar attestatsiyasini hamda ular tomonidan mehnat intizomiga rioya qilinishini ta’minlash;
–institut xodimlarining vazifalari, lavozim majburiyatlarini belgilash, samarali mehnat qilgan xodimlarni rag‘batlantirish, o‘z ishiga mas’uliyatsizlik bilan yondashgan, o‘ziga topshirilgan vazifalarni o‘z vaqtida bajarmagan xodimlarni intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal etish;
–xodimlarning yillik ish rejalarini tasdiqlash va ular tomonidan o‘ziga yuklatilgan vazifalarning bajarilishini nazorat qilish;
–korxona, muassasa va tashkilotlar bilan xo‘jalik shartnomalari tuzishda institut nomidan faoliyat yuritish, uning manfaatlarini himoya qilish, ishonchnomalar berish, turli yo‘nalishdagi davlat va nodavlat tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda ish yuritish;
–institutning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga oid chora-tadbirlarni amalga oshirish, o‘quv jihozlari va boshqa zarur ta’lim vositalarining saqlanishini va ulardan samarali foydalanishni ta’minlash;
–jismoniy va yuridik shaxslarning yozma hamda og‘zaki murojaatlarini, ariza va shikoyatlarini ko‘rib chiqish;
–o‘z vakolatlari doirasida buyruqlar chiqarish, ishonchnomalar berish;
–g‘aznachilik bo‘linmalarida hisob raqamlari va boshqa bank hisob raqamlari ochish;
–institutda olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar va ilmiy-uslubiy ishlarni muvofiqlashtirish;
–sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |