Ota-onalar uchun axborot varaqasini yarating va ularga tanishtiring. Oilalar COVID-19
bo‘yicha epidemiologik vaziyatni hisobga olgan holda, bolalar MTT ga borish yoki
bormasligi to‘g‘risida qaror qilishlari uchun, axborot varaqasida quyidagilar bo‘lishi
kerak: mintaqadagi epidemiologik vaziyatning asosiy tibbiy ko‘rsatkichlari (COVID-19
belgilari), koronavirusning boshqa shaxslarga tarqalishini oldini olish bo‘yicha bolalar
va xodimlarni himoya qilish choralari.
■
Ota-onalarning farzandlari uchun stress va tashvishlarini kamaytirish uy va MTT
o‘rtasidagi uzluksizlikni ta'minlash uchun, aloqa va muvofiqlashtirish mexanizmlarini
mustahkamlang, ota-onalar bilan doimiy muloqotlar va o‘zaro aloqalarni rivojlantiring;
Ota-onalar, maktabgacha tarbiya tashkilotlari, klinikalar va mahallalar uchun
foydali plakatlar va ko‘rgazmali vositalardan foydalaning. Masalan, MTV va UNCIEF
tomonidan ota-onalar uchun ishlab chiqarilgan videofilm, broshura, plakatlar va
boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |