Bolalar xarakati - Bolalar kushdek uchishib , erga o‘tirishib gul bulib ochilishadi , qo‘llarini tepaga ko‘tarishib bir –biriga tekgazib tog‘ xosil qilishadi va suv oqgande qo‘llarini to‘lqinlantirishib pastga tushiradi, so‘ngra qo‘llari yuqoriga ko‘tarilib quyosh nur sochganday xarakatlantiriladi.
CHiza-chiza rasm biz,
Biroz dam ham olamiz.
Qalamni to‘g‘ri ushlab,
YAna davom etamiz.
B olalar xarakati - Bolalar bunda qo‘llariga qalamni ushlashib xayolan havoda rasm chizadilar.
Boshimiz qimirlatib ,
Diqqatimiz jamlaymiz.
O‘ng tomonga sakr aymiz,
CHap tomonga sakraymiz.
Sakrab bo‘lib shodlanib,
Mashg‘ulotni boshlaymiz.
B olalar xarakati - Bolajonlar boshlarini qimirlatishib , qo‘llari bilan boshlarini ushlashadilar, o‘ng va chap tomonlarga qarashib joylarida sakrashadilar so‘ngra o‘quvchidak o‘z joylarini egallab o‘tirib oladilar.
O‘ng qo‘limda 5 barmoq,
CHap qo‘limda 5 barmoq .
Qo‘shganimda 10 barmoq,
Bo‘ldilar axil- iroq.
Bolalar xarakati - Bolalar oldin o‘ng keyin chap ko‘llarini ko‘rsatishadilar va ikkalasini xam juplab, so‘ngra jipislashtirib ko‘rsatishadilar.
O‘ng qo‘lim dushanba,
CHap qo‘lim seshanba.
Ko‘ksimdadir chorshanba,
Egilganda payshanba.
Rostlanganda jumada,
O‘tiraman shanbada ,
Dam olaman yakshanbada.
Bolalar xarakati - Bunda bolajonlar xafta kunlar aytilishiga qarab qo‘l xarakatlarini o‘zgartirib bortshadilar yakunida joylariga o‘tirishib qo‘llarini juplashib boshlariga qo‘yishib uxlashadilar va ( quyosh chiqdi tong otdi, qushlarjon sayorab boqdi deb ko‘zlarini ochishadilar)
Ayiqlardek lapanglaymiz,
Quyon bo‘lib sakraymiz.
Och bo‘ridek uvillab,
Tulkiday nozlanamiz.
Ilon kelar fishillab,
Baliq suzar bilqillab.
Toshbaqa sekin yurar
Kirpivoy undan o‘zar.
Bolalar xarakati - Bolalar xar bir aytilgan xayvonlarga mos xarakatlarni bajarishadilar va taqlid qilish qobilyatlari rivojlantirilib boriladi.
Erta tongda uyg‘onib,
Bobo xo‘roz qichqirib.
Ovozini sozladi, ku-kari-ku-ku
Barchani shod ayladi.
Bolalar xarakati - Bolalar ko‘zlarini ishqalashib uyg‘onishadi va bo‘yinlarini cho‘zishadida qichqirishadi so‘ngra do‘stlariga qarab shirin kulishadilar.
Gullar kabi ochilib,
SHamol bo‘lib esamiz.
Dengiz kabi to‘lg‘onib,
Baliq bo‘lib suzamiz.
Endi esa bolalar,
O‘quvchi bo‘lib o‘tiramiz.
Bolalar xarakati - Bolalar gul kabi ochilib qo‘llarini yuqoriga ko‘tarishib shamoldek esishadilar, qo‘llarini pastga tushirib to‘lqirlantiradi va kaftlarini juplab balikdek xarakatlantiriladi so‘ngra bolalar o‘z joylarini egallab o‘quvchidak o‘tirib oladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |