4
KIRISH
Mamlakatimizni yangilash va modernizatsiya
qilishning bugungi yangi
bosqichida madaniyat va san’atning hayotimizdagi o‘rni va ahamiyatini oshirish
yosh avlodimizni milliy va umuminsoniy qadriyatlar, ona-yurtga mehr va sadoqat
ruhida tarbiyalash maqsadida O’zbekiston Respublikasida madaniyat va san’at
sohasini yanada rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha 2017-2021 yillarga
mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturi 31.05.2017 yilda
O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining ПҚ-3022 qarori bilan tasdiqlandi
.
Mazkur dasturda yoshlarni san’at maskanlariga, xususan,
teatr va muzeylar,
kontsert tomoshalariga muntazam jalb etish, o‘zbek va jahon madaniyatining eng
sara namunalaridan bahramand etish orqali ularning ma’naviy-axloqiy, estetik didi
va madaniy darajasini yanada yuksaltirish vazifasi ko‘ngdalang qilib qoyilgan. Bu
vazifa madaniyat va san’at yo‘nalishidagi ta’lim muassasalarining professor-
o‘qituvchilarini oldiga o‘qitishning
samarali tizimini yaratish, zamonaviy ilg‘or
tajribalardan foydalanish, mahorat darslari tashkil etish, o‘quv qo‘llanma va
darsliklar, ilmiy-metodik adabiyotlar yaratish ma`suliyatini yukladi. Mazkur o‘quv
qo‘llanma ham yuklatilgan ma`suliyatning ilk qadamidir.
San’at – ijtimoiy ong shakllaridan biri bo‘lib, manaviy madaniyatning
tarkibiy qismi, dunyoni manaviy anglashning maxsus turidir.
San’at tushunchasi keng qamrovli bo‘lib, inson va jamiyatning rivojlanish va
taraqqiyotida o‘ta muhim o‘rin egallaydi.
«San’at donishmandlik sari qo‘yilgan ilk qadam»
-
degan edi Aristotel.
San’at inson tafakkurining
mahsuli hisoblanar ekan, uning asosiy vazifasi
inson ma’naviy ruhiyatiga ta’sir etishdan iborat. Bu esa san’atkorlardan yuksak
ma’naviyatni talab qiladi.
Mazkur o‘quv qo‘llanmada bo‘lajak aktyorlarni tayyorlash va ularni
tarbiyalash bo‘yicha asosiy vazifalar aks ettirilgan.
Professional tarbiya
K.S.Stanislavskiy uning izdoshlari E.Vaxtangov, V.Meyerxold, M.Chexov hamda
Sh.Abbasov,
M.Abdullayeva,
X.Maxmudova,
J.Maxmudov,
V.Iogelsen,
S.Obrazsov, M.Ashurovalar tomonidan ishlab chiqilgan o‘qitish uslubiyatiga
5
tayanadi.
«Aktyorlik mahorati» fani umumkasbiy fanlar blokiga kiritilgan bo‘lib,
ta’lim yo‘nalishining 1-4-kurslarda o‘qitilishi maqsadga muvofiq. Mazkur fan
boshqa umumkasbiy fanlarning nazariy va uslubiy asosini tashkil qiladi.
O‘quv qo‘llanmada fan dasturida aks ettirilgan o‘quv fanining maqsadi,
vazifalari ko‘rsatilgan. Shu bilan birga «Aktyorlik mahorati»ning
maqsadi bilim,
malaka va ko‘niklalarga talablar, uning boshqa fanlar bilan aloqasi, ko‘rgazmalilik
va o‘qitishda zamonaviy vositalarni qo‘llash, dars jarayonida talabalarning
mustaqil ishlash ko‘nikmalari shakllantirishga doir masalalar yoritilgan.
Talabalarning mustaqil ta’lim olishini boshqarish, ta’lim jarayonida interfaol
metodlarni, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash
masalalariga alohida
e’tibor qaratilgan.
«Aktyorlik mahorati» fanini o‘qitishdan maqsad talabalarni:
-
aktyorlik san’atining barcha jabhalarida yuqori malakali kadrlar
yetishtirish;
-
talabalarning ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda ro‘y berayotgan voqea va
hodisalarni to‘g‘ri anglashi va sahnaviy makonda uni to‘g‘ri talqin qila olish;
-
zamonaviy talablarga javob bera oladigan g‘oyaviy va badiiy pishiq
repertuar yaratishda aktyorlik san’atining ijro usullarini o‘rgatish;
-
jahon teatr san’atida aktyorlik san’atining ilg‘or
tajribalariga tayangan
holda mavjud o‘zbek milliy teatri maktabini takomillashtirish va davom ettirish;
-
teatr san’ati qonuniyatlarini his qilishi, rang-barang harakterdagi obrazlar
psixologiyasini chuqur tushuna bilish qobiliyatini tarbiyalash;
-
aktyorlik san’ati sohasi bo‘yicha ko‘nikma va malakasini shakillantirish.
Fanning vazifasi o‘quv jarayonida sahnada tabiiy holatni yaratish,
oddiylikdan asta-sekin murakkablikga o‘tish, muallif
tomonidan berilgan shart-
sharoitda yashash, ertak, tarixiy, fojeaviy, komediya, vodevil kabi turli janrlarga
murojaat
qilinish, aktyorni timsol qiyofasida qayta gavdalanishi, ham ichki, ham
tashqi holat va xususiyatlarini yarata olishlik, diplom spektakli tayyorlash va katta
sahnada ko‘rsatish, barcha o‘zlashtirgan ijro usullarini namoyish etish.