O’zbekiston respublikasi madaniyat vazirligi o‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston respublikasi madaniyat vazirligi


QABUL (IDROK) QILISH VA KUZATUVCHANLIK UCHUN



Download 0,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/57
Sana14.07.2022
Hajmi0,88 Mb.
#795595
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   57
Bog'liq
fayl 1441 20210810

QABUL (IDROK) QILISH VA KUZATUVCHANLIK UCHUN 
MASHQLAR 
Inson borki, uning sezgi a’zolari bor:
- ko‘rish 
- eshitish 
- sezish 
- hid bilish 
- ta’m-maza totish. Bu tuyg‘ular kundalik hayotimizda asqotadi. Bu his-
tuyg‘ularni boshqarish, uni jilovlash, tarbiyalash, unumli foydalanish san’atkor 
hayotida muhim rol o‘ynaydi. Inson faol turmush tarzida, beixtiyor: 
- idrok qiladi 
- ta’sirlanadi 
- kuzatadi va u-bu voqealarga munosabatini shu tuyg‘ular orqali ifodalaydi, 
izhor qiladi. Kechinma san’atining mohiyatini buyuk shoir A.S.Pushkin drama 
yozuvchilaridan «ko‘zlangan holatlarda haqqoniy tuyg‘u va ehiroslarni his eta 
olish, idrok qilish, tafakkur etish talab etiladi», degan edi. Darhaqiqat, tuyg‘ular 
haqqoniyatini his qila olish yozuvchidangina emas, san’atkor aktyordan ham 
yuksak darajada talab qilinadi. Insoniy tuyg‘ularning o‘ta o‘zgaruvchanligi, 
jilovlash qiyinligi, atrof-muhit ta’sirida tez beqaror bo‘lish, turlanish xususiyatlari 
bor.
Inson kayfiyati bir kunda necha bor munosabat va muloqot jarayonida, 
to‘qnashuvlar ta’sirida o‘zgaradi:
-
xursand bo‘ladi 
-
kuladi 
-
qo‘rqadi 
-
yig‘laydi 
-
darg‘azab bo‘ladi va hokazo.
Birlamchi va ikkilamchi tuyg‘ular bor. Birlamchi tuyg‘ular butun hayvonot 
dunyosiga molik:
-
ochlik 


101
-
tashnalik 
-
qorin to‘ydirish kabilar.
Ikkilamchi tuyg‘ular faqat insonlarga xos, asab faoliyatiga bog‘liq tuyg‘ular. 
Ong, tafakkurdan kelib chiqadigan ijtimoiy tabiatga ega tuyg‘ular:
-
do‘stlik 
-
inoqlik 
-
vatanparvarlik 
-
muhabbat 
-
hasad 
-
rashk va hokazolar.
Biz sahna san’ati shartli san’at dedik. San’atkor aktyor hayotiy chin tuyg‘u 
bilan shartli haqqoniylikka erishish holatini esdan chiqarmasligi kerak. Bo‘lmasa 
har ijroda rashk o‘tida yongan Otello Dezdemonani bo‘g‘ib tashlayveradi, 
Kumushlar zahar ichib o‘laveradi. Ishontirish san’ati, chinlikka erishish kechinma 
san’atining asosiy hislatidir. Haqiqiy tuyg‘uni sahnada chorlay olish va uni jilovlay 
olish ham san’atdir. Bu uning psixo-fizik holatiga, tafakkur kuchiga, idrok va 
irodasiga bog‘liqdir.
 
Mashq – mushtra-trening ham deyishadi. Ayniqsa bu professional aktyorlar 
uchun suv bilan havoday zarur. Ba’zan tarbiya kundalik hayotimizda qanchalik 
ehtiyojga aylangan bo‘lsa, trening ham aktyorlarga kundalik zaruratga aylanishi 
kerak. Ovoz yo‘llari, jussa xatti-harakati kundalik mashqqa ruju qo‘ymasa, 
beso‘naqay jasadga aylanadi, sahnani tezda tark qiladi. Plastik jussa bilan yuksak 
mahoratga ega bo‘lgan san’atkor sahnada, ekranda uzoq yashaydi.
 
San’at 
maktablarida 
aktyorning 
kuzatuvchanligini 
rivojlantirishga 
bag‘ishlangan ko‘plab mashqlar ishlab chiqilgan. Masalan: bo‘ljak aktyorlarga 
o‘zlariga tanish joy, voqea va undan olgan ta’surot va x.k. kabi vazifalar 
topshiriladi, vazifalarni bajarishlari uchun mashqlardan foydalanadilar. Bunday 
mashqlar qatoriga: 
-
eshitish xotirasini rivojlantirishga bag‘ishlangan mashqlar:
-
yomg‘ir 


102
-
bo‘ron 
-
momoqaldiroq 
-
bulbul ovozi 
-
yoqimli kuy kabi tovushlarni eslash; 
-
xid bilish sezgisi rivojlantirishga bag‘ishlangan mashqlar:
-
o‘zi yoqtirgan gul xidini eslash;
-
ta’m bilish sezgisi rivojlantirishga bag‘ishlangan mashqlar:
-
achchiq 
-
sho‘r 
-
xushta’m kabi mazalarni eslash mashqlari kiradi.
Ba’zi voqea va joy manzarasini eslash orqali yuqoridagi barcha sezgi 
organlari his etgan hissiyot xotiralarini ham harakatga keltirish mumkin. Masalan: 
xushmanzara tog‘ qo‘yni, momoqaldiroq ovozi va yomg‘ir, tog‘ yonbag‘irlariga 
oqib tushayotgan yomg‘ir suvi, pana joyda yoqilgan o‘choq tafti, unda pishirilgan 
ovqat ta’mi kabi. Talabaning xotirasida aynan mayda detalllargacha muhrlanib 
qolgan tog‘ sayrini yana bir bora eslashi hissiyot xotirasini uyg‘otish va uni 
rivojlantirish uchun aynan kerakli mashq bo‘lishi mumkin. 
Mashqlarda hissiyot xotirasining aniq va yaqqolligiga erishish muhim 
ahamiyatga ega. Mashqlarda ko‘zlangan natijaga erishish va uni boshqarish, 
mashqlarni nazorat qilish dastlab albatta qiyin kechadi. Biroq, pedagog mashqlar 
orqali kerakli natijaga erishib, hissiyot xotirasini rivojlantirish borasida doimiy 
nazoratga erishgandagina keyingi bosqichga o‘tishi maqsadga muvofiqdir.
 
xotirani 
shakllantirishning asosida kuzatuvlar yotadi. Kuzatuvchan bo‘lish aktyorni 
tabiatiga xos narsadir 
Kuzatuv mashqlari bir necha turga bo‘linib, ular aktyor uchun turli harakterlar 
mavjudligini anglashga, ularning o‘ziga xos harakterliligi boshqalardan ajralib 
turishi mumkinligini tushunishga hamda ularni amalda sinab ko‘rish imkoniyatini 
beradi. 
Masalan: auditoriyada dars jarayonidagi kuzatuvlar bo‘lajak aktyorlar bir – 
birini fe’lini, boshqalardan ajralib turadigan jihatlarini yaxshi o‘rganishga yordam 


103
beradi. Bu kuzatuv esa birinchi kursning ilk darsidan boshlansa maqsadga muvofiq 
bo‘ladi. 
1. Bundan tashqari darsda o‘tirgan bo‘lajak aktyorlardan o‘qituvchiga qarab 
o‘tirgan holida butun auditoriya’ni kuzatib o‘tirish talab qilinadi. Uni kuzatuv 
doirasi 1800li burchakni tashkil qilishi shart. Qolgan bo‘lajak aktyorlar ham dars 
jarayonida shu tariqa kuzatuvchan bo‘lib o‘tirishlari shart. 
2. Bo‘lajak aktyorlar ko‘zini yumib kursdoshlarini ismini va qay tartibda 
o‘tirganini aytib beradi. Bo‘lajak aktyorlar o‘tirgan o‘rinlarini almashtiradilar 
mashq bajaruvchiga mashqni boshlashdan oldin kursga bir nazar tashlashga ruhsat 
beriladi. U yana kursdoshlari qay tartibda o‘tirganlarini aytib beradi va ko‘zini 
ochadi. 
3. Auditoriyada qanday o‘zgarish bor? 
4. Kursdoshlarda-chi? 
5. O‘quv ustaxonasida necha xil rang mavjud? Degan savollardan keyin 
hammaga ko‘zini yumish buyuriladi. Eng kuzatuvchan, mashqlarda faol ishtirok 
etgan bo‘lajak aktyorga mukofot e’lon qilinadi. 
Bu savollar bo‘lajak aktyorlarni atrof muxitni ham diqqat bilan kuzatish 
ko‘nikmasini tarbiyalaydi. Mashqlar shu darajada ishlanishi kerakki, aktyorda 
sahnadagi har bir komponentlarni kuzatish, ularni nazorat qilib borish beixtiyor 
bajariladigan ko‘nikmaga aylanib borishi kerak. 
Masalan: Mashq bajarayotgan bo‘lajak aktyor chap tomonida o‘tirgan 
kursdoshidan boshlab ularning ustidagi kiyimlarini rangini ko‘zini yumgan xolda 
oqdan qoraga qarab borish tartibida aytib berishi talab qilinadi. Boshqa talabaga 
sport zalda qanday jihozlar borligini eslab aytib berish vazifasi topshiriladi. 
Kursdoshlari uning e’tiboridan chetda qolgan jihozlarni, ularning joylashish 
tartibini eslatib, to‘ldiradi. Bu jarayon talabalarni yanada kuzatuvchan bo‘lishga 
o‘rgatadi. Yuzlab roller yaratgan mashxur aktyorlarimiz ayrim obrazlarini talqin 
qilishda ko‘p izlanishlar olib borganini, yaratayotgan obrazi ishonarli chiqishi 
uchun hattoki ruhiy kasalxonalarda ham kuzatuvlarda bo‘lganliklarini, natijada 
yaratgan obrazi muvofaqqiyatli chiqqanini xotirlashadi. Ular kuzatuvchanlik - 


104
aktyorni obraz yaratish, rol ustida ishlash jarayonida doimo tayanch nuqtasi 
bo‘lishini ta’kidlaydilar.
 
Dars jarayonida hayvonot olamini kuzatish bo‘lajak aktyorni harakter yaratish 
va biron jonivorning harakterlilik jihatlarini o‘zlashtirishga sharoit yaratadi.
 
Keyingi bosqichda mashqlar birmuncha murakkablashtiriladi. Endi bo‘lajak 
aktyor ma’lum voqeani xotirasida qayta gavdalantirib, hissiyot xotirasini harakatga 
keltiribgina qolmay, xotirasidagi mazkur voqeani so‘zlar yordamida ifodalashga va 
boshidan kechirgan, kechirayotgan kechinmalari orqali atrofdagilarga ham ta’sir 
o‘tkazishga o‘rganishi kerak bo‘ladi. Albatta, bayon qilish uslubiga oid mashqlar 
to‘laligicha ikkinchi bosqichda adabiy asarni ifodalashga bag‘ishlangan darslarda 
o‘tiladi. Ammo, buning dastlabki pog‘onasi birinchi bosqichda egallanishi lozim. 
Bo‘lajak aktyorlar turli mashqlar va etyudlarni bajarishda bevosita so‘zga murojaat 
qilishlariga to‘g‘ri kelib qolishi mumkin. Bunda ular muallif so‘zlarini emas, o‘z 
so‘zlari yordamida biror bir voqea-xodisani ifodalashga harakat qiladilar. Shuning 
uchun ham pedagog dastlabki darslardanoq so‘zning ahamiyatini va uni texnik, 
mexanik ravishda emas, jonli, samimiy, hayotiy ifoda etilishiga katta e’tibor 
qaratish talab etiladi. 

Download 0,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish