O’zbekiston respublikasi madaniyat vazirligi o‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston respublikasi madaniyat vazirligi



Download 0,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/57
Sana14.07.2022
Hajmi0,88 Mb.
#795595
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   57
Bog'liq
fayl 1441 20210810

Xulosa o‘rnida, 
aktyorning takroriy kechinmasi ilk marotabadagidan ko‘ra 
kuchsiz yoki aksincha kuchli bo‘lishi mumkin. Bu albatta aktyorning xatti-
harakatga qay yo‘l bilan yondoshuviga bog‘liq. Biroq, xatti-harakat mantiqini 
aktyor har safar aniq va to‘g‘ri ifoda etishga majburdir. Buning uchun aktyorga 
albatta, aktyorlik mahorati texnikasi va organik ijod metodi yordam beradi. 
MAQSADGA QARATILGAN VA MA’NOLI HARAKATLAR
Maqsadga qaratilgan va ma’noli harakatlar, bu xatti-harakat mantig‘idir. 
Xatti-harakat mantig‘i aktyorda ma`suliyat uyg`otadi. Masalan, eng muhim deb 
hisoblagan voqea asar o‘qilib, undagi faktlar va voqealar aniqlangach, ular 
orasidan tanlab olinadi, endilikda, aktyor oldida o‘z obrazi xatti-harakatini qanday, 
qay tarzda amalga oshirish masalasi turadi. Aktyor sahnada voqea amalga oshishi 
uchun aktyor obrazi qiyofasida ma’lum bir qilgan harakati albatta, mantiqqa 
asoslanishi kerak. Aktyorning sahnada amalga oshirayotgan xatti-harakatida 
muayyan ko‘zlangan maqsad, mantiq bo‘lishi shart, aks holda bu shunchaki uzuq-
yuluq harakatlar yig‘indisi bo‘lib qoladi.
Mahorat sirlarini o‘rganayotgan aktyor ish jarayonida oliy maqsad va 
yetakchi xatti-harakat elementlari bilan xatti-harakat mantiqini chalkashtirib 
yubormasligi kerak. Zero, maqsad va mantiq o‘rtasidagi salmoqli farqni tushunib 
yetishi kerak. 


76
Xatti-harakat mantiqi oliy maqsad va yetakchi xatti-harakatga yo‘naltriluvchi 
va ularning har ikkisini ham o‘z ichiga oluvchi muhim asos hisoblanadi. Sahnada 
xatti-harakat mantiqi bo‘lmas ekan aktyorning bajarayotgan harakatlari ishonarsiz 
bo‘lishi bilan birga partnyor(sherigi)ning organik xatti-harakatlariga ham putur 
yetadi.
Pyesada nimaiki ro‘y bermasin, undagi barcha katta-kichik vazifalar, rolga 
monand bo‘lgan artistning hamma ijodiy fikr-zikri hamda xatti-harakatlari 
pyesaning oliy maqsadini bajarishga qaratiladi. Spektaklda sodir bo‘layotgan 
voqealarning u bilan umumiy bog‘lanishi va unga qaramligi shu qadar kuchliki, 
oliy maqsadga aloqador bo‘lmagan hatto eng kichik detal ham ortiqcha, zararli, 
diqqatni asarning asosiy mohiyatidan chetga tortuvchi bo‘lib koladi.
Oliy maqsadga intilish yaxlit, uzluksiz, butun pyesa mazmuni bo‘yicha o‘tib 
borishi lozim. Ijodiy intilishning asl maqsadini tushungandan so‘ng, harakatga 
keltiruvchilar va elimentlarning hammasi avtor ko‘rsatgan yo‘lga qarab, umumiy, 
eng asosiy maqsadga-ya’ni oliy maqsadga qarab intiladilar.
Artist-rolning psixik hayotini harakatlantiruvchilarning butun pyesa 
bo‘yicha o‘tadigan bu xatti-harakatini, ichki intilishi artist-rolning yetakchi xatti-
harakati, deb ataladi. 
Ma’lum bir voqeani tashkil etish uchun topilgan xatti-harakat qanchalar 
chiroyli, ishonarli bo‘lishidan qat’iy nazar agar u asar mazmun-mohiyatini 
ochishga xizmat qilmas ekan, bunday xatti-harakatdan voz kechgan ma’qul. 
Yo‘qsa, bu asarning oliy maqsadi va yetakchi xatti-harakatiga putur yetkazadi. 
Xatti-harakat mantiqini izlash jarayoni bir vaqtning o‘zida rol borasidagi 
ijodiy tahlil bosqichi hamdir. Xatti-harakat mantiqini tashkil etishda ruhiy yo‘l 
bilan emas, balki, tabiiy, organik jismoniy tabiati orqali borishi aktyorga 
birmuncha qulaylik tug‘diradi. 

Download 0,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish