Islom abdug`aniyevich karimovning o'zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida asar mazmun mohiyatini o`rgatish reja: Kirish



Download 105,5 Kb.
Sana24.01.2020
Hajmi105,5 Kb.
#37045
Bog'liq
ISLOM ABDUG`ANIYEVICH KARIMOVNING O'ZBEKISTON MUSTAQILLIKKA ERISHISH OSTONASIDA ASAR MAZMUN MOHIYATINI

ISLOM ABDUG`ANIYEVICH KARIMOVNING O'ZBEKISTON MUSTAQILLIKKA ERISHISH OSTONASIDA ASAR MAZMUN MOHIYATINI O`RGATISH

Reja:

Kirish

I.bob Islom Karimov O`zbekiston yengilmas kuch asari

1.1 O`zbekiston yengilmas kuch asari

1.2 O`zbekiston yengilmas kuch asari mazmun mohiyati

II.bob O`zbekiston yengilmas kuch asarini o`quvchi yoshlar ongiga singdirish

2.1 O`zbekiston yengilmas kuch asari tarixi



Xulosa

Foyadalanilgan adabiyotlar

Birinchi prezidentimizning “O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” asari respublikamiz mustaqillik tarixining beqiyos manbasi bo‘lib, biz yoshlar uchun O‘zbekiston tarixining o‘zimiz bilmagan ko‘plab qirralarini yanada chuqurroq anglashda va tushunishimizda katta ahamiyat kasb etadi. Bu kitob yaqin o‘tmishimizning murakkab tarixiy-siyosiy bosqichlarini, jumladan, g‘oyat og‘ir va tahlikali bir vaziyatda O‘zbekiston rahbari sifatida ish boshlagan YUrtboshimizning mamlakatimizni chuqur inqirozdan olib chiqish, uni qat’iyat va matonat bilan istiqlol sari boshlash, mashaqqatlar bilan o‘tgan faoliyat davrini o‘z ichiga oladi. Kitobga kiritilgan nutq va ma’ruzalarda o‘sha davrdagi o‘ta dramatik voqealar, tarixiy o‘zgarishlar qanday murakkab vaziyatlarda yuz bergani, ularning chuqur tahlil va tafsiloti, sabab va oqibatlari atroflicha yoritib beriladi. YUrtboshimizning har bir chiqishlari asosida to‘plangan materiallarni biz yoshlar mutolaa qilish jarayonida yangi tariximizning o‘zimiz bilmagan, anglamagan yana ko‘plab qirralarini yanada chuqurroq tushunib tasavvur qilamiz. Zero, kitobda mamlakatimiz mustaqilligi arafasida va mustaqillikning dastlabki davrida (1989-1991 yillarda) YUrtboshimiz olib borgan jo‘shqin va serqirra siyosiy-ijtimoiy faoliyatni aks ettiradigan ma’ruza va nutqlar, suhbat, maqola va intervyular o‘rin olgan.

YUrtboshimizning shunday og‘ir yillarda davlatimiz rahbari sifatida O‘zbekistonning kelajagini, ayniqsa, biz yoshlarning kelajagi yorug‘ istiqboliga doir muammolarni hal etishga e’tibor bilan qarab, ishonch bildirgani muhim ahamiyat kasb etadi.
SHu munosabat bilan YUrtboshimiz 1990 yilda — respublikamizda ilm-fan va ta’lim sohasining moddiy-texnik bazasi, kadrlar tarkibi achinarli ahvolga tushib qolganligi va 1700 ta maktab binosi avariya holatida ekanligini alohida ta’kidlab, kelajakda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul qilish g‘oyasini o‘rtaga tashlaydi.
Yurtboshimiz ushbu asarida har bir insonni o‘z xalqining tarixini, madaniyatini va milliy qadriyatlarini anglashga undaydi. Qalbida g‘ururi bor xalq buyuk ishlarga qodir degan g‘oya asarning mag‘ziga va mazmuniga singdirib yuborilgan. Unda milliy o‘zlikni anglash har bir insonning qalbidan joy olmog‘i lozimligi alohida ta’kidlangan.
Ushbu asarni o‘qigan o‘quvchi mustaqillik o‘z-o‘zidan osongina qo‘lga kiritilmaganiga yana bir ishonch hosil qiladi. Davr sinovlarida, har jihatdan og‘ir va murakkab kechgan yillarda davlatimiz birinchi rahbari Islom Karimov har tomonlama puxta o‘ylangan siyosat olib borganligini yaqqol anglab etadi. Asarda, 1991 yilning 9 dekabrdagi Namangan voqealari va 1992 yil 16 yanvarda Toshkent shahridagi Talabalar shaharchasida alamzada, ekstremistik kuchlar tomonidan janjal chiqarilgan paytlarda birinchi YUrtboshimiz Islom Karimovning ko‘rsatgan jasorati bitilgan sahifalar har bir kishini hayajon va hayratga soladi.
Birinchi prezidentimiz Islom Karimovning “O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” nomli kitobi xalqimizning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqiga ega bo‘lganligi, birinchi prezidentimiz rahnamoligida hozirgi hamda kelajak avlod oldida ibrat va namuna bo‘ladigan jasoratli buyuk ishlarni amalga oshirgani bu buyuk g‘oya va yo‘lni mustahkam davom ettirishimiz lozimligini g‘urur va iftixor bilan ta’kidlashga asos bo‘ladigan mazmun-mohiyati bilan o‘ta muhimdir.
Mazkur asar har birimizning dilimizdan alohida joy olib, mustaqil mamlakatimiz har bir fuqarosining siyosiy, huquqiy va tarixiy dunyoqarashini yanada kengaytiradi, qalbimizda mustaqilligimizni asrab-avaylash, Vatanni qadrlash tuyg‘ularini oshiradi.

Kitob shaklida ilk bor chop etilayotgan bu chiqishlarning “O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” deb nomlanishi albatta bejiz emas. Bu kitob yaqin o‘tmishimizning murakkab tarixiy-siyosiy bosqichlarini, jumladan, tasavvur qilish ham qiyin bo‘lgan g‘oyat og‘ir va tahlikali bir vaziyatda O‘zbekiston rahbari sifatida ish boshlagan Islom Karimovning o‘lkamizni chuqur inqirozdan olib chiqish, uni qat’iyat va matonat bilan istiqlol sari boshlash, Vatanimiz mustaqilligini e’lon qilish, umumxalq saylovida g‘olib chiqib, Prezidentlik qasamyodini qabul qilishigacha bo‘lgan, tinimsiz kurashlar, keskin sinov va mashaqqatlar bilan o‘tgan faoliyat davrini o‘z ichiga oladi.



Kitobga kiritilgan nutq va ma’ruzalarda o‘sha davrdagi o‘ta dramatik voqealar, tarixiy o‘zgarishlar qanday murakkab vaziyatlarda yuz bergani, ularning tafsiloti, sabab va oqibatlari atroflicha yoritib beriladi.
Ma’lumki, 1989 yilning o‘rtalarida KPSS Markaziy Komiteti, sovet hukumati tomonidan O‘zbekistonga nisbatan qatag‘on siyosati yangi bosqichda davom ettirilib, “paxta ishi”, “o‘zbeklar ishi” deb nom olgan siyosiy kampaniyalar avj olgan edi. Kommunistik partiyaning bosh nashri bo‘lgan “Pravda” gazetasining “Oltin xazinasi ustidagi ilon” deb nom olgan maqolasida, boshqa etakchi markaziy nashrlarda xalqimiz boshiga tinimsiz tuhmat va bo‘htonlar yog‘dirilmoqda edi. Sobiq Markazdan yuborilgan, el-yurtimiz o‘rtasida “desantchilar” deb nom olgan guruhlar tomonidan qancha-qancha begunoh insonlar, butun-butun oilalar tazyiq va ta’qiblarga uchraganini jamoatchiligimiz yaxshi eslaydi.
Ana shunday og‘ir bir sharoitda YUrtboshimiz tomonidan xalqimiz qalbidagi asriy orzu – istiqlol g‘oyasi ulkan jasorat bilan ilgari surilib, uni amalga oshirish uchun tarixiy qadamlar qo‘yilgani kitobning asosiy mavzusini tashkil etadi. Agarki bu kitobning ma’no-mazmunini bir so‘z bilan ifoda etadigan bo‘lsak, Vatanimiz mustaqilligi, ta’bir joiz bo‘lsa, yangi hayot, yangi jamiyat binosi uchun zamin bo‘lgan hal qiluvchi dasturiy maqsad va g‘oyalarni Islom Karimov o‘sha dolg‘ali yillardayoq, uzoqni ko‘rgan holda, o‘ziga nechog‘lik aniq-ravshan tasavvur etgani mazkur to‘plamning har bir sahifasidan bamisoli “qizil ip” bo‘lib o‘tishini ta’kidlash o‘rinlidir.
SHu davr mobaynida o‘lkamizda ro‘y bergan Farg‘ona, Guliston, Bo‘ka, O‘sh, Namangan voqealari paytida, tarixda “GKCHP” deb nom olgan, SSSR davlatining so‘nggi kunlarida bir guruh imperiyaparast kuchlar tomonidan amalga oshirilgan siyosiy to‘ntarish chog‘ida va boshqa shu kabi o‘ta keskin vaziyatlarda Islom Karimovning yakkayu yagona to‘g‘ri yo‘lni topa olgani, xalqimizning tinchligi va xavfsizligini ta’minlash uchun kechayu kunduz tinimsiz mashaqqatli faoliyat olib borganini tasdiqlaydigan tarixiy manbalar ham ushbu kitobda o‘z aksini topgan.
Mamlakatimizni jar yoqasiga olib kelib qo‘ygan og‘ir ijtimoiy-iqtisodiy ahvolni o‘nglash, xalq dardiga darmon bo‘lish, yillar davomida echilmasdan kelgan muammolarni hal etish maqsadida aholiga uy-joy qurish uchun uchastka maydonlari va tomorqa erlari ajratish, paxta yakkahokimligiga barham berish borasida davlatimiz rahbari tomonidan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Ana shunday chora-tadbirlar tufayli respublika bo‘yicha 700 mingta oilaga er berilgani, muallif ta’biri bilan aytganda, kichikroq bir davlatning aholisiga teng bo‘lgan 1,5 million yangi oila paydo bo‘lgani, qurilish materiallari ishlab chiqarish, odamlarga kredit berish, o‘z xo‘jaligini yuritish uchun urug‘lik, chorva mollari va parranda ajratishga qaratilgan ulkan ishlar haqida ma’lumot beradigan chiqishlar ham shu to‘plamdan o‘rin olgan.
Bugungi kunda dunyoda “o‘zbek modeli” deb nom olgan taraqqiyot yo‘limizning asosiy prinsiplarining dastlabki kurtaklari sokin kabinetlarda emas, aksincha, o‘sha yillarda keskin siyosiy kurashlar, bahs va tortishuvlar jarayonida tug‘ilib, 90-yillarga kelib yaxlit ta’limotga aylangani haqida ushbu kitobdagi chiqishlar orqali har tomonlama tasavvurga ega bo‘lish mumkin.
Mustaqillik g‘oyalari keng qanot yoza boshlagan, xalqimiz ozodlik va erkinlikka intilgan bir paytda yurtimizning dadil qadamlarini ko‘rolmaydigan g‘arazli kuchlar sobiq Markazda ham, o‘zimizda ham topiladi. Bunday siyosiy o‘yin va fitnalarga bir misol sifatida 1991 yil 17-19 avgust kunlari – Islom Karimov Hindiston Respublikasida rasmiy safarda bo‘lgan paytda yuz bergan voqealarni keltirish mumkin. Mamlakat rahbarining O‘zbekistonda emasligidan foydalanib, yurtimizdagi ayrim rahbarlar GKCHPning noqonuniy qarorlarini qo‘llab-quvvatlaydi, shu tariqa o‘zining siyosiy va ma’naviy qiyofasini ko‘rsatadi. Faqatgina YUrtboshimizning mustahkam irodasi, oqilona va vazmin siyosati tufayli GKCHP tarafdori bo‘lgan siyosiy avantyuristlar o‘z qabih niyatiga etolmagani ham kitobdagi chiqishlarda ifodasini topgan.
Afsuski, bugun vaqt o‘tishi bilan ana shu voqealarni ko‘rgan-bilgan, ularga bevosita guvoh bo‘lgan odamlarning soni tobora kamayib bormoqda. YAqin tariximizning mash’um bir davrida sodir bo‘lgan bu voqealarni bilmasdan, ularning mohiyatini chuqur anglamasdan turib el-yurtimizning istiqlolga erishish yo‘lidagi kurashlar tarixini barcha murakkabliklari bilan to‘liq tasavvur etib bo‘lmaydi. SHu nuqtai nazardan qaraganda, mazkur kitobdan o‘rin olgan tarixiy hujjatlar, nutq va ma’ruzalarning bugungi va ertangi kunimiz uchun o‘ta muhim ahamiyatga ega ekani yanada yaqqol ayon bo‘ladi.
Muxtasar aytganda, to‘plamga kiritilgan har bir chiqishni mutolaa qilish jarayonida biz yangi tariximizning o‘zimiz bilmagan, anglamagan yana ko‘plab qirralarini yangitdan kashf etamiz, istiqlol mohiyatini, “tarixiy burilish pallasida xalq dardi, millat qayg‘usi buyuk shaxslarni yaratishi”ni yanada chuqurroq anglaymiz.
Shu ma’noda, birinchi prezidentimiz Islom Karimovning “O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” kitobi xalqimizning siyosiy tafakkur xazinasiga qo‘shilgan bebaho hissa bo‘lib, mamlakatimizning istiqlol tarixini o‘rganish va anglashda beqiyos tarixiy ahamiyat kasb etadi.

“O‘zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan birinchi Prezident Islom Karimovning “O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” deb nomlangan yangi kitobi nashr etildi. Kitobdan birinchi yurtboshimizning mamlakatimiz mustaqilligi arafasida va mustaqillikning dastlabki davrida (1989-1991 yillarda) olib borgan jo‘shqin va serqirra siyosiy-ijtimoiy faoliyatini aks ettiradigan ma’ruza va nutqlar, suhbat, maqola va intervyular o‘rin olgan.

Kitob shaklida ilk bor chop etilayotgan bu chiqishlarning “O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” deb nomlanishi albatta bejiz emas. Bu kitob yaqin o‘tmishimizning murakkab tarixiy-siyosiy bosqichlarini, jumladan, tasavvur qilish ham qiyin bo‘lgan g‘oyat og‘ir va tahlikali bir vaziyatda O‘zbekiston rahbari sifatida ish boshlagan Islom Karimovning o‘lkamizni chuqur inqirozdan olib chiqish, uni qat’iyat va matonat bilan istiqlol sari boshlash, Vatanimiz mustaqilligini e’lon qilish, umumxalq saylovida g‘olib chiqib, Prezidentlik qasamyodini qabul qilishigacha bo‘lgan, tinimsiz kurashlar, keskin sinov va mashaqqatlar bilan o‘tgan faoliyat davrini o‘z ichiga oladi.

Kitobga kiritilgan nutq va ma’ruzalarda o‘sha davrdagi o‘ta dramatik voqealar, tarixiy o‘zgarishlar qanday murakkab vaziyatlarda yuz bergani, ularning tafsiloti, sabab va oqibatlari atroflicha yoritib beriladi.

Ma’lumki, 1989 yilning o‘rtalarida KPSS Markaziy Komiteti, sovet hukumati tomonidan O‘zbekistonga nisbatan qatag‘on siyosati yangi bosqichda davom ettirilib, “paxta ishi”, “o‘zbeklar ishi” deb nom olgan siyosiy kampaniyalar avj olgan edi. Kommunistik partiyaning bosh nashri bo‘lgan “Pravda” gazetasining “Oltin xazinasi ustidagi ilon” deb nom olgan maqolasida, boshqa yetakchi markaziy nashrlarda xalqimiz boshiga tinimsiz tuhmat va bo‘htonlar yog‘dirilmoqda edi. Sobiq Markazdan yuborilgan, el-yurtimiz o‘rtasida “desantchilar” deb nom olgan guruhlar tomonidan qancha-qancha begunoh insonlar, butun-butun oilalar tazyiq va ta’qiblarga uchraganini jamoatchiligimiz yaxshi eslaydi.

Ana shunday og‘ir bir sharoitda birinchi yurtboshimiz tomonidan xalqimiz qalbidagi asriy orzu – istiqlol g‘oyasi ulkan jasorat bilan ilgari surilib, uni amalga oshirish uchun tarixiy qadamlar qo‘yilgani kitobning asosiy mavzusini tashkil etadi. Agarki bu kitobning ma’no-mazmunini bir so‘z bilan ifoda etadigan bo‘lsak, Vatanimiz mustaqilligi, ta’bir joiz bo‘lsa, yangi hayot, yangi jamiyat binosi uchun zamin bo‘lgan hal qiluvchi dasturiy maqsad va g‘oyalarni Islom Karimov o‘sha dolg‘ali yillardayoq, uzoqni ko‘rgan holda, o‘ziga nechog‘lik aniq-ravshan tasavvur etgani mazkur to‘plamning har bir sahifasidan bamisoli “qizil ip” bo‘lib o‘tishini ta’kidlash o‘rinlidir.

Shu davr mobaynida o‘lkamizda ro‘y bergan Farg‘ona, Guliston, Bo‘ka, O‘sh, Namangan voqealari paytida, tarixda “GKCHP” deb nom olgan, SSSR davlatining so‘nggi kunlarida bir guruh imperiyaparast kuchlar tomonidan amalga oshirilgan siyosiy to‘ntarish chog‘ida va boshqa shu kabi o‘ta keskin vaziyatlarda Islom Karimovning yakkayu yagona to‘g‘ri yo‘lni topa olgani, xalqimizning tinchligi va xavfsizligini ta’minlash uchun kechayu kunduz tinimsiz mashaqqatli faoliyat olib borganini tasdiqlaydigan tarixiy manbalar ham ushbu kitobda o‘z aksini topgan.

Mamlakatimizni jar yoqasiga olib kelib qo‘ygan og‘ir ijtimoiy-iqtisodiy ahvolni o‘nglash, xalq dardiga darmon bo‘lish, yillar davomida yechilmasdan kelgan muammolarni hal etish maqsadida aholiga uy-joy qurish uchun uchastka maydonlari va tomorqa yerlari ajratish, paxta yakkahokimligiga barham berish borasida davlatimiz rahbari tomonidan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Ana shunday chora-tadbirlar tufayli respublika bo‘yicha 700 mingta oilaga yer berilgani, muallif ta’biri bilan aytganda, kichikroq bir davlatning aholisiga teng bo‘lgan 1,5 million yangi oila paydo bo‘lgani, qurilish materiallari ishlab chiqarish, odamlarga kredit berish, o‘z xo‘jaligini yuritish uchun urug‘lik, chorva mollari va parranda ajratishga qaratilgan ulkan ishlar haqida ma’lumot beradigan chiqishlar ham shu to‘plamdan o‘rin olgan.

Bugungi kunda dunyoda “o‘zbek modeli” deb nom olgan taraqqiyot yo‘limizning asosiy prinsiplarining dastlabki kurtaklari sokin kabinetlarda emas, aksincha, o‘sha yillarda keskin siyosiy kurashlar, bahs va tortishuvlar jarayonida tug‘ilib, 90-yillarga kelib yaxlit ta’limotga aylangani haqida ushbu kitobdagi chiqishlar orqali har tomonlama tasavvurga ega bo‘lish mumkin.

Mustaqillik g‘oyalari keng qanot yoza boshlagan, xalqimiz ozodlik va erkinlikka intilgan bir paytda yurtimizning dadil qadamlarini ko‘rolmaydigan g‘arazli kuchlar sobiq Markazda ham, o‘zimizda ham topiladi. Bunday siyosiy o‘yin va fitnalarga bir misol sifatida 1991 yil 17-19 avgust kunlari – Islom Karimov Hindiston Respublikasida rasmiy safarda bo‘lgan paytda yuz bergan voqealarni keltirish mumkin. Mamlakat rahbarining O‘zbekistonda emasligidan foydalanib, yurtimizdagi ayrim rahbarlar GKCHPning noqonuniy qarorlarini qo‘llab-quvvatlaydi, shu tariqa o‘zining siyosiy va ma’naviy qiyofasini ko‘rsatadi. Faqatgina Yurtboshimizning mustahkam irodasi, oqilona va vazmin siyosati tufayli GKCHP tarafdori bo‘lgan siyosiy avantyuristlar o‘z qabih niyatiga yetolmagani ham kitobdagi chiqishlarda ifodasini topgan.

Afsuski, bugun vaqt o‘tishi bilan ana shu voqealarni ko‘rgan-bilgan, ularga bevosita guvoh bo‘lgan odamlarning soni tobora kamayib bormoqda. Yaqin tariximizning mash’um bir davrida sodir bo‘lgan bu voqealarni bilmasdan, ularning mohiyatini chuqur anglamasdan turib el-yurtimizning istiqlolga erishish yo‘lidagi kurashlar tarixini barcha murakkabliklari bilan to‘liq tasavvur etib bo‘lmaydi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, mazkur kitobdan o‘rin olgan tarixiy hujjatlar, nutq va ma’ruzalarning bugungi va ertangi kunimiz uchun o‘ta muhim ahamiyatga ega ekani yanada yaqqol ayon bo‘ladi.

Muxtasar aytganda, to‘plamga kiritilgan har bir chiqishni mutolaa qilish jarayonida biz yangi tariximizning o‘zimiz bilmagan, anglamagan yana ko‘plab qirralarini yangitdan kashf etamiz, istiqlol mohiyatini, “tarixiy burilish pallasida xalq dardi, millat qayg‘usi buyuk shaxslarni yaratishi”ni yanada chuqurroq anglaymiz.

Shu ma’noda, birinchi Prezident Islom Karimovning “O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” kitobi xalqimizning siyosiy tafakkur xazinasiga qo‘shilgan bebaho hissa bo‘lib, mamlakatimizning istiqlol tarixini o‘rganish va anglashda beqiyos tarixiy ahamiyat kasb etadi.

Jamiyat ijtimoiy-siyosiy hayotida tub o’zgarishlar bo’lishiga umidning so’nishi 80 – yillarning boshlarida ayniqsa kuchaydi. Buning oqibatida, bir tomondan, ma’muriy-siyosiy biqiqlik kuchaygan bo’lsa, boshqa tomondan, jamiyat a’zolari mehnat intizomining pasayishi, ijtimoiy loqaydlik, befarqlik kuchayib bordi. Jahonning rivojlangan va demokratiya tarkib topgan mamlakatlaridagi ijobiy o’zgarishlar, demokratiya va inson huquqlarini himoya qilishdagi olg’a siljishlar, xalq turmushi sharoitidagi yangi imkoniyatlar sovet jamiyatidan nafratlanish, jiddiy tub o’zgarishlarni amalga oshirishga moyillik hissini paydo qildi.

1985 yil aprelь plenumida SSSR MK Bosh kotibi M.S.Gorbachyov tomonidan Ittifoqda “qayta qurish” siyosati e’lon qildi. Qayta qurishning asosiy mohiyati jamiyatning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy sohalarida to’planib qolgan inqirozli holatlarni bartaraf etish rejasidagi siyosat edi. Aslida qayta qurishni amalga oshirish ikki bosqichga bo’lingan edi. Ulardan birinchisi 1985 - 1987 yillar bo’lib, ikkinchi bosqichi – 1987 - 1990 yillarni o’z ichiga olga. Biroq qayta qurish o’zining birinchi bosqichidayoq inqirozga yuz tutdi. Buning sabablari quyidagilardan iborat bo’ldi:

1.Qayta qurishning aniq, izchil, ilmiy jihatdan puxta ishlab chiqilgan aniq dasturi yo’q edi.


2. Mamlakatdagi partokratik rahbariyat “nomenklatura”ni saqlab qolishdan manfaatdor edi, chunki mamlakatni boshqarish ma’muriy-buyruqbozlik usuli orqali oson kechardi. 3.M.Gorbachyov g’oyasi asosida qayta qurishni amalga oshirish mumkin emasdi. Sotsializmga xos mulkiy munosabatlar, ijtimoiy sohadagi siyosat, yakkapartiyaviy rahbarlik, mustabid boshqaruv usuli hech qachon demokratiya bilan kelisha olmas edi. Bir so’z bilan aytganda, qayta qurish mustaqillikka intilishni yanada tezlashtiruvchi omil bo’ldi.

80-yillar oxiri 90-yillar boshlarida O’zbekistonda mustaqillikka intilish harakatlari kuchaya borib, uni qo’lga kiritish shart-sharoitlari vujudga keldi. 1989 yil oktyabrda “Davlat tili to’g’risidagi qonun”ning qabul qilinishi mustaqillik yo’lida muhim bosqich bo’ldi. Qonunni amalga oshirish maqsadida O’zbek tilini o’qitish maxsus kurslari tashkil etildi, o’zbek tilidagi adabiyotlar, darsliklar nashr etilishiga va o’quv yurtlarida o’qitilishga e’tibor kuchaydi. 1990 yil bahorda Markazning qattiq qarshiligiga qaramasdan Prezidentlik lavozimi ta’sis etildi. Bu o’zbek davlatchiligi va mustaqilligining prinsipial yangi bosqichi bo’ldi. O’zbekiston rahbariyati ba’zi yuqori rahbarlik lavozimlarga tavsiya qilingan shaxslarni Moskvada suhbatdan o’tkazish amaliyotini tugatdi.

I.A.Karimov 1990 yil 14 martda O’zbekiston Oliy Kengashida O’zbekistonning birinchi Prezidenti qilib saylandi. 1990 yil 20 iyunda Mustaqillik to’g’risidagi deklaratsiyaning qabul qilinishi xalqning davlat mustaqilligiga intilishini huquqiy, iqtisodiy va siyosiy mazmun bilan to’ldirdi va g’oyat katta tarixiy ahamiyatga ega bo’ldi. O’zbekiston jamoat tashkilotlari va harakatlari orasida mustaqillik g’oyasi keng qo’llab-quvvatlandi. 1991 yil 31 avgustda O’zbekiston Respublikasi Oliy Soveti XII chaqiriq navbatdan tashqari VI sessiyasi davlat mustaqilligi va mustaqil suveren O’zbekiston Respublikasi davlati tashkil topganligini e’lon qildi. Unda «O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qilish to’g’risida» Oliy Kengash Qarori va «O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to’g’risida»gi qonun qabul qilindi hamda 1 sentyabrь-Mustaqillik kuni, milliy bayram, deb belgilandi. Bu asosiy hujjatlar O’zbekiston oldida turgan maqsad va vazifalarni ko’rsatib berdi.

Mustaqillikning e’lon qilinishi Respublika tarixida muhim voqea bo’lib, u nafaqat butun davlat uchun, O’zbekistonda yashaydigan har bir aholi uchun katta ahamiyat kasb etdi. Ko’pincha mustaqillikka qon to’kishlar yo’li bilan erishiladi. Lekin O’zbekiston bunday yo’ldan bormadi. XXI asr arafasida jahon xaritasida yana bir mustaqil, teng huquqli davlat-O’zbekiston paydo bo’ldi. Jaxon hamjamiyati uni tezda tan ola boshladi. Darhaqiqat, Mustaqillik – o’zaro hurmat, bir-birini tan olish, bir-birini qadrlash asosida mamlakat fuqarolari o’zaro munosabatida ham, davlatlar o’rtasidagi aloqalarda ham ana shu umuminsoniy qadriyatlarga tayanish, umumiy mezonlar asosida yashash demakdir. Mustaqillik – jamiyatdan ajralmagan holda dunyo muammolari va o’z taqdiri bilan bog’liq bo’lgan istiqlol haqida o’ylashdir.


Mustaqillik – erkin dunyoqarash, erkin tafakkurga suyanib yashash salohiyatidir.

Mustaqil demokratik respublikaning tashkil topishi jahonshumul tarixiy ahamiyatga ega bo’ldi. Xalqning asrlar davomidagi mustaqillik uchun kurashi ro’yobga chiqib, mamlakatda huquqiy, demokratik jamiyat shakllanishiga shart-sharoit yaratildi. O’zbekistonning boy imkoniyatlaridan xalq turmushini yaxshilash uchun foydalanish mumkin bo’ldi.

Mustaqil O’zbekiston bozor munosabatlariga o’tishda har xil salbiy holatlar tug’diradigan «falaj» yo’li bilan emas, asta-sekinlik bilan o’tish yo’lini tanladi. Istiqlolga erishgan xalqimiz jaxon minbarida o’z manfaatlari haqida bor ovoz bilan gapirish, xalqaro tashkilotlar ishida faol qatnashish imkoniyatiga ega bo’ldi. Eng asosiy natijalardan yana biri-xalqning tarixiy merosini o’rganish, ma’naviy qadriyatlarni tiklash imkoni tug’ildi. O’zbekistonda mustaqil sharoitda siyosiy va iqtisodiy qayta qurishlar amalga oshirila boshlandi, birinchi navbatda mustaqil davlatning huquqiy asoslari yaratildi. 1991 yil 18 noyabrda Respublika Oliy Kengashi VIII sessiyasi 1991 yil 29 dekabrda O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga va Mustaqil g’oyasini butun xalqning muhokamasidan o’tkazish to’g’risida qaror qabul qilindi. Saylov komissiyalari tashkil qilinib, ularga O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylovlar va referendum to’g’risidagi qonunning bajarilishini ta’minlash, O’zbekiston fuqarolariga o’z xohishlarini erkin bildirish, Prezidentlikka nomzodlar uchun teng shart-sharoitlar yaratish vazifalari yuklandi. 29 dekabrda muqobillik asosida o’tkazilgan saylovda Islom Abdug’aniyevich Karimov nomzodiga saylov qatnashchilarining 86 foizdan ko’prog’i o’z ovozini berdi.

Markaziy Saylov komissiyasi okrug komissiyalari bayonnomalarni ko’rib siqib, O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylov haqidagi qonunning 35-moddasiga asosan I.A.Karimov birinchi O’zbekiston Prezidenti etib saylanganligi to’g’risida qaror qabul qilindi. I.A.Karimov 1991 yil 31 dekabrdan o’z vazifasini bajarishga kirishdi. Prezidentlikka saylovlar bilan bir vaqtda «O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligini qo’llab-quvvatlaysizmi?» savoli bo’yicha referendum ham o’tkazildi. Ovoz berishda ro’yxatga olinganlarning 94,1 foizi qatnashdi. Qatnashganlarning 98,2 foizi mustaqillikni qo’llab ovoz berishdi.

Mustaqil O’zbekiston bozor munosabatlariga asoslangan demokratik jamiyat qurish uchun boy tabiiy resurslar va keng imkoniyatlarga egadir. O’zbekistonda foydali qazilma boyliklarining 2.700 dan ortiqroq o’rni aniqlangan. Har yili Respublika hududidan 5 mlrd. dollardan ortiqroq qimmatdagi foydali yer osti boyliklari qazib olinmoqda. Respublika oltin zahirasi bo’yicha jahonda to’rtinchi, qazib chiqarish bo’yicha jaxonda 7-8 o’rindadir. Rangli metallar, fosforitlar, tabiiy gaz, neftь, ko’mir va boshqalarning zahira manbalari aniqlangan.

O’zbekiston yeri juda ham hosildor bo’lib, bu yerda paxta, don, sabzavot va mevalardan yuqori hosil olish mumkin. Respublika energetikasi bugun 11 mln. kilovatt-quvvatdan ko’proq kuchga ega bo’lgan, 37 issiqlik va gidroelektrostansiyani o’z ichiga oladi. Transport yo’llari bo’yicha katta imkoniyatga ega. Respublikada sanoatning 100 dan ortiq sohasiga oid 2 ming atrofida zavod va fabrikalar ishlab turibdi. Mustaqil O’zbekiston moddiy boyliklar bilan birga katta ilmiy va ma’naviy imkoniyatlarga ham ega.

Har bir mustaqillikka erishgan davlat o’z ramzlariga ega bo’lishi kerak. 1991 yil 18 noyabrda Respublika Oliy Kengashining VIII sessiyasida O’zbekiston davlat bayrog’i tasdiqlandi. Uning belgilari mamlakatimiz hududidagi qadimda mavjud bo’lgan yirik saltanatlarning tug’laridagi an’analarini davom ettiradi hamda xalqning milliy va madaniy o’ziga xosligini, Respublika tabiiy sharoitini aks ettiradi. O’zbekiston Respublika Oliy Kengashining 1992 yildagi X sessiyasida O’zbekiston Respublikaning davlat gerbi to’g’risidagi qonun, 1992 yil 10 dekabrdagi XI sessiyasida O’zbekiston Respublikaning davlat madhiyasi to’g’risidagi qonun qabul qilindi. O’zbekiston Respublikaning davlat ramzlarining qabul qilinishi mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlashda katta ahamiyatga ega bo’ldi.

Konstitutsiya davlatning asosiy qonuni bo’lib, buyuk kelajakning huquqiy kafolatidir. Yangi Konstitutsiyani tayyorlash g’oyasi 1990 yilning mart oyida ilgari surila boshlandi. Ko’p o’tmay, iyunь oyida Oliy Kengashining ikkinchi sessiyasida I.A.Karimov boshchiligida Konstitutsiyaviy komissiya tuzildi. Komissiya mustaqillikning huquqiy asoslariniishlab chiqarish jarayonida xalqaro huquq qoidalariga, Birlashagn Millatlar Tashkiloti hujjatlariga, Butunjahon inson huquqlariga Deklaratsiyasiga tayanadi. Shu bilan birga boy tariximizdagi davlat boshqaruvi va adolatli qonunshunoslik an’analari ham chuqur o’rganildi. Loyihaning dastlabki nusxasi 1991 yil noyabrida tayyorlanib, har tomonlama ko’rib chiqildi va 1992 yilning sentyabrida umumxalq muhokamasi uchun matbuotda e’lon qilindi.

Tuzatishlar va aniqlashlar - loyihaning 60 dan ortiq moddasiga kiritildi. 1992 yil 8 dekabrda O’zbekiston Respublika Oliy Kengashining XII chaqiriq XI sessiyasida Mustaqillik Konstitutsiyasi qabul qilindi. Uning mohiyati Asosiy qoidalar bo’limida bayon etilgan. Bu qoidalar: davlat suvereniteti; xalq hokimiyati; fuqarolar huquq va erkinliklarini himoya qilish; shaxs va davlat birligini ta’minlash; qonuniylik; jamiyatni ajratish; mahalliy o’z o’zini boshqarish; sud tizimi va odil sudlovni tashkil qilish va boshqalardan iborat. Konstitutsiya preambula, 6 bo’lim, 26 bob, 128 moddadan iborat. Mustaqil O’zbekiston Konstitutsiyasi fuqarolarning inson huquqlari demokratik partiyasi bo’lib, insonparvar huquqiy davlat shakllantirishning strategik dasturidir. Uning qabul qilinishi g’oyat katta siyosiy, huquqiy va xalqaro ahamiyatga ega bo’ldi. Mustaqillik Konstitutsiyasi barcha qonunlarning va boshqa davlat va jamoat tashkilotlari huquqiy hujjatlarining asosi bo’lib xizmat qiladi. Jaxon sivilizatsiyasida alohida o’rin tutadigan,ko’p asrlik boy tarixga ega O’zbekiston diyorida butun dunyoga nomi ketgan olimlar, davlat arboblari voyaga yetgan. Buyuk zotlarni buyuk xalq,buyuk el yaratadi.

Xalqimizning ko’p yillar davomida olib borgan kurashi natijasida qaror topgan mustaqil O’zbekistonda bozor munosabatlariga asoslangan demokratik jamiyat qurish stixiyali (ko’r-ko’rona) ravishda emas, balki ilm-fan yutuqlariga, jahon taraqqiyotining, xususan, buyuk zaminimizda yaratilgan tarixiy tajribalarga asoslangan g’oyalarga amal qilib ro’yobga chiqadi. Mustaqillikning ilk kunlaridanoq davlatchilik poydevori yaratildi, hokimiyatning yangicha, o’zimizga xos va mos bo’lgan ko’rinishlari paydo bo’ldi. O’zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati organlarining ko’rinishi quyidagicha: Qonun chiqaruvchi; Ijro etuvchi; Sud hokimiyati; Ommaviy axborot vositalari. O’zbekiston Respublikasi Oliy kengashi 1994 yildan Oliy Majlis deb ataladi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 2004 yildan ikki palata: Senat va Qonunchilik palatasiga bo’lingan.

Asrlarga teng shu qisqa vaqtda erishilgan yutuqlar: mamlakatda o’rnatilgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy barqarorlik, tarixiy, diniy qadriyatlarimizning tiklanishi jamiyatda o’rnatilgan osoyishtalikni, mustaqil O’zbekiston Respublikasining xalqaro jamiyatda tutgan o’rnining ortib borishini butun xalqimiz, jahonning yirik davlat arboblari Islom Karimov nomi bilan bog’laydi.

Dunyo mamlakatlarida yangi jamiyat qurishning «O’zbek modeli» ga (o’zbek yo’li) uning asoschisi va yo’lboshchisi I.A.Karimovning siyosiy chizmasiga qiziqish ortib bormoqda. 1996 yili Venada (Avstriya) «XX asr xalqlar dohiylari» nomida bosib chiqariladigan kitoblarning bir jildi O’zbekiston Prezidentiga bag’ishlangan. Kitob mualliflaridan biri, garvard Universitetining professori Donalьd S. Karlayl «…Islom Karimov kommunizmdan keyingi O’rta Osiyo mintaqasidagi eng buyuk davlat arbobidir» deb tan beradi.

SSSRda, chunonchi O’zbekistonda sotsialistik tizim, kommunistik mafkura har tomonlama inqirozga uchrab, ziddiyatlar bilan to’lib-toshib turgan bir paytda I.A.Karimovning, avvalo O’zbekiston partiyasi rahbarligiga (iyun,1989yil), keyin Prezidentlik lavozimiga (mart,1990yil) tayinlanishi bejiz emas edi. Vaqti, soati yetgan, lekin jon saqlash uchun o’zini har tomonga urayotgan, hech narsadan qaytmaydigan mustabid tizimidan jafokash xalqni, ezilgan el-yurtni mustaqillikka chaqirish uchun sovet tizimining ikir-chikirlarigacha tushunib yetgan katta jur’at egasi, dovyurak Islom Karimovdek rahbar kerak edi.

Islom Karimovning har bir asari, ma’ruza va maqolalari bozor munosabatlariga asoslangan demokratik jamiyat qurishning nazariy asoslarini, amaliy ishlarning kundalik dasturini tashkil qiladi. Shuningdek, yurtboshimiz mustaqillik arafasida O’zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayoti, chuqur inqiroz holati, sovetlarning so’nggi talvasasi, og’ir sharoitlarda O’zbekiston hukumati tutgan yo’li (1989-1990 yillar) haqida O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 20 yilligiga bag’ishlab yozgan “O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” asarida yaqqol ko’rsatgan. G’arb va Sharqning rivojlangan mamlakatlari ko’p yillik taraqqiyot yo’llarini, o’zbek davlatchiligini ming yillar davomidagi tarixiy tajribasini o’rgangan holda yaratilgan I.A.Karimov asarlarida mustaqil O’zbekiston Respublikasini ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’naviy va iqtisodiy taraqqiyotining muhim yo’nalishlari, butun dunyoda tan olingan bozor iqtisodiyoti va demokratik jamiyat qurishning asosiy tamoyillari to’g’risidagi ta’limot yaratildi. Istiqlolning, boshlang’ich bosqichida yorug’likka chiqkan «O’zbekiston o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li», «O’zbekiston - bozor munosabatlariga o’tishning o’ziga xos yo’li» va boshqa asarlarida bayon etilgan O’zbekiston mustaqilligining birinchi navbatdagi kechiktirilmas ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’rifiy-ma’naviy vazifalari keyinchalik «O’zbekiston XXI asrga intilmoqda» asarlarida bayon etib berildi. Islom Karimov donoligining yana bir ko’rinishi bozor munosabatlariga o’tish, demokratik jamiyat qurish jarayonida ma’naviy-ma’rifiy, mafkuraviy ishlarning yuksak ahamiyatini taqqoslab ko’rsatganligidadir.

Parchalangan Ittifoq o’rnida vujudga kelgan mustaqil davlatlarning hech birida ilgari surilmagan ma’naviy-ma’riviy ishlarning vazifalari Prezidentning «Jamiyatimiz mafkurasi, xalqni xalq, millatni millat qilishag xizmat etsin», «Donishmand xalqimizning mustahkam irodasiga ishonaman» asarlarida, «Istiqlol va ma’naviyat» (hujjatlar to’plami) kitobi va boshqa ko’plab maqolalarida bayon etilgan bo’lib, ma’naviyat- kelajagi buyuk O’zbekistonning mustahkam poydevori, milliy mustaqillik mafkurasi, 120 dan ortiq millatlar va elatlardan tashkil topgan O’zbekiston xalqini «O’zbekiston-vatanim manim» shiori ostida yagona, buyuk maqsad uchun birlashtiradigan bayroq sifatida tutgan o’rni ko’rsatib beriladi. Ma’naviy-ma’rifiy, mafkuraviy ishlarning yangi jamiyat qurishning zaruriy sharti sifatida qo’yilishi, o’ziga xos,o’zbek modelining ustivor tamoyillaridan biridir. I.A.Karimov yangi jamiyat qurishda milliy, diniy qadriyatlarimizni tiklash ishlariga, shu maqsadda Vatanimiz tarixini xolisona, yangicha yaratishga e’tiborni kuchaytirmoqda. Prezident istiqlolning dastlabki kunlarida (1992 yil yanvar): «Tarixga, merosimizga bo’lgan munosabat tubdan o’zgartirilishi lozim, yangi darsliklardan tortib oddiy kitoblargacha - hammasiga haqiqat yozilishi shart», deb aniq vazifa qo’ydi.

Vatan tarixini o’rganish uning yangi avlodini tarbiyalashdagi tutgan o’rni, ahamiyati masalalari I.A.Karimovning «Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q» (1998 yil avgust) nomli asarlarida keng bayon qilib berildi. Yurtboshimiz haqqoniy tarix millatining o’zligini anglashning zaruriy sharti, ma’naviy va mafkuraviy ishlarimizning haqiqiy manbai ekanligini qayta-qayta taqqoslab ko’rsatadi. I.A.Karimov har bir «siyosatchiman, arbobchiman degan odam, agar vijdoni bo’lsa, o’z xalqining tarixiy o’tmishini bilishi shart», deb vazifasini keskin qo’yadi. O’tmish davrining murakkab vazifalari, qarama-qarshiliklari davlat rahbaridan boshqaruvning har xil usullarini ishlatishni, kerak bo’lsa qattiq qo’llikni talab qiladi. Prezident I.A.Karimov shunday vazifada xalqqa ma’qul usullarni qo’llab ishlamoqda.

1992 yil Moskvaning «Komsomolьskaya pravda» gazetasi muxbiri: «Muxoliflaringiz sizni totalitarizmda ayblab tanqid qilmoqda», desa, unga javoban I.A.Karimov «Ha, buni men yaxshi bilaman. Muxoliflarim meni diktator qilib ko’rsatishni juda hohlaydilar Tan olaman; ehtimol mening harakatlarimda avtoritarizm nishonalari bordir. Amma men buni faqat bir narsa bilan izohlayman: tarixning muayyan davrlarida, haqiqiy davlatchilik qaror topayotgan paytda, ayniqsa bir tizimdan ikkinchisiga o’tish davrida har holda kuchli jamiyat zarur. Qon to’kilishiga va qarama-qarshilikka yo’l qo’ymaslik, mintaqada millatlararo va fuqarolarning totuvligi, tinchligi va barqarorligini saqlash uchun shunday bo’lishi zarur. Bu yo’lda men jonimni fido qilishga tayyorman», deb javob bergan edi.

Xulosa

O’zbekiston xalqining istiqlol yillarida erishgan eng katta yutug’i-mamlakatda o’rnatilgan tinchlik, osoyishtalik tartib-intizomdir. Respublika aholisining mutloq aksariyati (97,5 foizi) bunday sharoitga bevosita I.A.Karimovning yetakchiligida erishildi deb hisoblaydi. I.A.Karimov yangi davrning jaxon miqyosidagi davlat arbobi. O’zbekiston xalqining buyuk yo’lboshchisi, mamlakatninggina emas, xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlarning bir qancha nishonlari va unvonlari bilan taqdirlangan.

O’zbekiston Respublikasini juda ko’plab davlatlar tan oldi va jahonning ko’pgina nufuzli tashkilotlari bilan siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy va boshqa sohalarda hamkorlik qiladi. U o’z tashqi siyosatini olib borishda quyidagi tamoyillarga tayanadi:

1.Davlat milliy manfaatlarining ustunligi;


2. Xalqaro huquq normalarining davlat ichki huquq normalaridan ustunligi;
3.Boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik;
4.Terrorizm, narkobiznes va korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashish;
5.Bir davlatga yaqinlashish hisobiga boshqasidan uzoqlashmaslik;
6. Tinchlik va mustaqillikka sodiqlik va h.k.

1992 yil fevral oyida YeXHT va shu yilning 2 martida BMTga a’zo bo’lib kirishi uning siyosiy hayotida keskin burilish yasadi. Undan tashqari, O’zbekiston 1995 yil iyulь oyida esa NATOning “Tinchlik yo’lida hamkorlik” dasturiga a’zo bo’ldi, Xalqaro Valyuta fondi, Jahon banki, Xalqaro moliya korporotsiyasi Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, YuNESKO va h.k.lar bilan mustahkam aloqalarni o’rnatdi.

Xulosa o’rnida aytish mumkinki, O’zbekiston xalqi asriy orzusi – mustaqillikni qo’lga kiritdi, shu davr ichida jahon xaritasidan munosib o’rinni egalladi. Bunyodkor xalqimiz o’z salohiyati bilan davlat va jamiyat taraqqiyotiga o’z hissasini qo’shib kelayotir. Har bir fuqaro o’z imkoniyatini to’liq yuzaga chiqarish uchun barcha sharoitlar mavjud. Bu mustaqillikning buyuk ne’matidir.

Adabiyotlar
1. Karimov I.A. Istiqlol yo’li: muammolar va rejalar. Asarlar, 1 – jild, T.: 1992.

2.Karimov I.A. O’zbekistonning siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari. T.: 1995.

3.Karimov I.A. O’zbekiston mustaqillikka erishish yo’lida. T.:O’zbekiston, 2011.

4. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. T.: 2005.



5. Yusupov E. Istiqlol yo’lida. T.: “Fan”, 1996.

6. O’zbekiston yangi tarixi 3 – kitob. T.: 2000.
Download 105,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish