pedagogika tarixi mustaqil tarmoq sifatida pedagogika fanining tarixan rivojlanishi
o‘zida aks ettiriladi. Bunda o‘tmishdagi ilg‘or pedagogik g‘oyalarni paydo bo‘lishi,
rivojlanishi, ularning butungi kundagi ahamiyati, halq merosidan hamda ulug‘
allomalarimizning ijodiyotidan foydalanishning zaruriyati haqida fikr yuritiladi.
Didaktika (“o‘qitish nazariyasi”) pedagogikaning o‘qitish jarayonini umumiy
qonuniyatlarini o‘rganadigan uning tarkibiy qismidir. Didaktika barcha o‘quv fanlari
uchun umumiy qonun va qoidalarni, qonuniyat va tamoyillarni, shakl, metod va
vositalarni belgilab beradi. U “nimani o‘qitish?”, “qanday o‘qitish?”, “qaysi asoslarda
o‘qitish?”, “qaysi qonun-qoidalarga rioya qilish?”, “nimaning yordamida o‘qitish?”
kabi pedagogik savollarga tadqiqotlar jarayonida javob izlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |