Tayanch so‘zlar: allomalar, insoniyat kamoloti, ta'lim-tarbiya mazmun-mohiyati,
axloqiy va salbiy sifatlar.
A) Ma'naviy kamolot yo‘lida. al-Xorazmiy, al-Buhoriy, Farobiy, Beruniy, ibn
Sino.
Xalqi uchun, uning ma'naviy kamoloti yo‘lida riyozat chekkan Muso Muxammad
al-Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Imom Ismoil al-Buxoriy, Abu Rayxon Beruniy, Abu
Ali Ibn Sino, Umar Xayyom, Najmiddin Kubro, Bahovuddin Naqshband,
Abduraxmon Jomiy, Lutfiy, Amir Temur, Alisher Navoiy, Mirzo Ulug‘bek, Bobur,
Lutfiy, So‘fi Ollayor, Binoiy, Koshifiy, Ogahiy, Avaz O‘tar, Uvaysiy, Nodira, Furqat,
Ahmad Donish, Xamza, Munavvarqori Abdurashidxon, Behbudiy, Abdulla Qodiriy,
Abdulla Avloniy, CHo‘lpon, Abdurauf Fitrat, Fayzulla Xo‘jayev, Akmal Ikromov,
Xamid Olimjon, Zulfiya, Oybek, G‘ofur G‘ulom, Sharof Rashidov, Ibrohim
Mo‘minov, Abdulla Oripov, Erkin Vohidov kabi allomalarimiz insoniyat
kamolotining yo‘lchi yulduzlari bo‘lganliklari uchun, biz bilan yonma-yon
yashayotgandek ishimizga, o‘ylarimizga, orzularimizga hamkor, hamnafas, ruhi-
poklari xotiramizda abadiydir. Ular o‘z asarlarida dono fikrlari, go‘zal va betakror
satrlari bilan ma'naviyat, ma'rifat va madaniyat, yosh avlod ta'lim-tarbiyasiga alohida
e'tibor beradilar. Ularning ta'lim-tarbiya mazmun-mohiyati va usullari haqidagi
qarashlari bilan pedagogika nazariya va amaliyotida o‘ziga xos buyuk hayot
maktabini yaratdi. Ular komil insonni shakllantirishga oid bu fikrlari faqat o‘z
14
zamonasi uchun emas, hozirgi davr ta'lim-tarbiya ishlarini takomillashtirishga ham
katta ahamiyatga ega.
Buyuk olim, butun jahon oliy matematikaning asoschisi, astronom, geograf,
o‘zbek halqining o‘g‘loni va ulug‘ zoti Muso Muhammad al-Xorazmiy (783-850)
(olimning “al-Xorazmiy” nomi “algoritm” shaklida jahon fanida abadiy o‘rnashib
qoldi, “Algebra” so‘zining o‘zi esa uning “Al-kitob al-jabr” nomli risolasidan
olingan) nafaqat taniqli olim, balki murabbiy hamdir. Uning shogirdlari matematika,
mexanika, astronomiya, geometriya va boshqa ilmlarda mashhur olim va ilm
homiylari bo‘lib yetishadi. Olim - ustozning asosiy o‘qitish usullari - bu o‘quvchini
evristik vaziyatga qo‘yish (savolni shunday qo‘yish kerakki xulosa va natijaga
tinglovchi o‘zi yetsin), muammolik metodi (o‘rtaga tashlagan muammoni o‘quvchi
oldingi bilimlarini ishga solingan holda yechishidan iborat), suhbat metodi (savol -
javob orqali mavzuni aytib berishi bilan hal qilinadi), tadqiqot metodi (o‘quvchining
mustaqil ravishda ishlashi bilan nazariya amaliyotda ko‘riladi va tajriba orqali
yechiladi) Hozirgi davrda donishmandning xizmatlari jahon afkor ommasi tomonidan
e'tirof etilgan. U o‘z asarlari, ixtirolari bilan nafaqat o‘zbek Vatanimizni, balki butun
aqli inson ilmiy yutug‘i, o‘z davri madaniyatining yuksak natijalarini butun dunyo va
barcha asrlarga mashhur etdi.
Musulmon xalqlari ma'naviyat va ma'rifati rivojiga benazir hissa qo‘shgan o‘zbek
halqining o‘g‘loni va ulug‘ zoti Imom Ismoil al-Buhoriy (810-875) Payg‘ambarimiz
(MRSAV) hadislarni topib va to‘plab 7275 hadisdan iborat “Al-Jomi as-sahih”
(“Ishonarli to‘plam”) nomli asarni yaratdi. Bunda har bir kishining halol, odobli,
ozoda, xushmuomala bo‘lish, hulq-atvorini to‘g‘irlash, mehnatga loiq va mehnatsevar
bo‘lishi bilan oilasini hursand va ota-onasini rozi qilishga chaqiradi va
Payg‘ambarimiz (MRSAV) hayotidan, ish va so‘zlaridan, xatti-harakatlaridan
misollar keltiradi. Bu asar hozirgacha ham o‘qigan odamga katta ta'surot qoldirmoqda
va muallimlar tomonidan yoshlar ta'lim-tarbiya ishlariga keng foydalanilmoqda.
mazkur kitobdan bir rivoyatni misol tariqasida keltiramiz: “Sohibi Amir aytganlar:
Uchta xislatni o‘ziga mujassam qilgan kishining iymoni mukkamal bo‘lg‘aydur:
insofli va odobli bo‘lmoq; barchaga salom bermoq; kambag‘alligida ham sadaqa berib
turmoq”. Bir kishi so‘radi: “Islomda eng yaxshi xislatlar qaysilar? ”. Dedilar: “Ilm
egallang. Ochlarga taom bering. Tanigan va tanimaganlarga salom bering”.
O‘zbek halqining o‘g‘loni va ulug‘ zoti, buyuk faylasuf va pedagog Abu Nasr
Farobiyning (873-950) ta'lim-tarbiya haqidagi qarashlarida insonparvarlik g‘oyalari
alohida o‘rin tutadi. Buyuk donishmand inson tafakkuri va nutqining rivojlanishini
ta'lim-tarbiyaning asosini tashkil etuvchi muhim jarayon deb xisoblaydi. U o‘z
asarlarida insonga yoshligidan ta'lim-tarbiya berish zarurligini aytadi va har bir
odamning asosan ikki tomoniga, ya'ni aql va axloqiga e'tibor beradi. Shuning uchun
ta'lim va tarbiya insonni aqliy va axloqiy tomondan yetuk, mukammal qilib
yetishtirishga qaratilishi lozim. Olim ta'lim va tarbiya berish farqini ko‘rsatadi.
15
Ta'limga muallim oldin bilim nazariyasini ko‘rsatib keyin uni amaliyot mashqlarida
mustahkamlashib o‘rgatadi. Tarbiya esa yosh bolaga amaliy faoliyatda namoyon
bo‘ladi, ota-ona, muallim gapini bajo keltirish bilan, ish-xarakat orqali singdiriladi.
Lekin tarbiya nafaqat bolaning ish-harakati paytida bilinadi, balki ta'lim jarayonida,
ya'ni ma'lum hunarni egallash uchun tarbiyalangan hulq-atvor, intilish va iroda kuchi
zarur bo‘ladi. Faylasuf yoshlar ta'limotining asosida barkamol avlodni shakllantirish
va o‘stirib berishni ta'kidlaydi. Buning uchun bola balog‘atga yetishi bilan aqlli, ruhiy
va jismoniy sog‘lom, bir-ikkita hunarga ega, hulq-atvori fazilatli bo‘lishi shart.
O‘zbek halqining o‘g‘loni va ulug‘ zoti, buyuk faylasuf va pedagog Abu Rayhon
Beruniy (973-1048) ijodida inson va uning ta'lim-tarbiyasi, kamoloti, baxt-saodati
asosiy masala bo‘lgan. U yosh avlodning rivojlanishi va o‘sishi asosan oila ichida
bo‘ladi deb qayd qilgan. Bolalarning yosh hususiyatlarini hisobga olish zarurligini
uqtiradi. O‘qitish payti faqat tushunib o‘rganish to‘g‘ri: “Tushunish yodlashdan
afzaldir, kuzatishning ko‘pligi ko‘rilgan narsalar eslab qolish qobiliyatini yaratadi”.
Olim fikricha eng muhim qoida - bilimni puxta va mustahkam egallash. “Biliming
shunday bo‘lishi kerakki, u har qanday sharoitda ham o‘zingda qolsin”. Ilm
egallashda bolaning intilish va qiziqish muhitini takidlaydi. Barcha illatlar sababi -
ilmsizlik, - deb biladi ustoz. Yomonlik illatini yuqotishning yo‘li uning ildizlarni
topish va kesib tashlashdir. Yomonlikning asosi uch narsa - ta'ma, azob va ilmsizlik.
Bu asoslarning negizi - ishtaha va azobdir. Ishtaha insonga kuchli va halokatli
dushman bo‘lib, insonni nayza (granata) ovqatlarini tanovul qilish lazzati va o‘ch
olish zavqi bilan aldaydi. Bu illatlar ranj va gunohga olib keladi va ularning ta'siriga
berilgan insonlik qiyofasini yuqotadi. Olim jamiyatning ravnaqi ma'rifatning rivojiga
bog‘lik degan g‘oyani ilgari suradi. Har bir kishida komillikning muhim mezoni va
asosiy sifati yuksak axloqiylikdir. Bu xislat oila, maktab va jamoa nufuzi bilan
ijtimoiy muhit orqali tarkib topadi. Pedagog bolaning tarbiyasiga islom dini
talablaridan kelib chiqqan holda ta'rif beradi. Inson kamolotini olg‘a yoki orqa
tortadigan uchta ta'sir - bular irsiyat, muhit va tarbiyadir. Faylasuf nazarida inson
kamolga yetishining muhim omillari - bu ilm-ma'rifatli va yuksak axloqli bo‘lishdir.
Buyuk qomusiy aqli, olim, mutafakkir, jahon ilm-fan va madaniyatning
namoyondasi, hozirgi zamonaviy tibbiyot fani va amaliyotining asoschisi, o‘zbek
halqining o‘g‘loni va ulug‘ zoti, buyuk faylasuf va pedagog Abu Ali ibn Sino (980-
1037) (olimning “Abu Ali ibn Sino - Avitsenna” nomi “meditsina” shaklida jahon
fanida abadiy o‘rnashib qoldi) kamolotga erishish uchun ilmu-ma'rifatni egallashga
chaqiradi. Bola tug‘ilganidan boshlab ma'lum tartibda tarbiyalanib borishi lozim. Bu
tartib o‘z vaqtida yuvinish va cho‘milish, jismoniy va aqliy mashqlar qilish, mehnat
qilish va dam olish, uy-ro‘zg‘or ishlarida faol qatnashish, ovqatlanishlarni ma'lum
qoidalar asosida amalga oshirishi bilan to‘g‘ri ta'sir qiladi. Bolalarning o‘spirinlikka
o‘tish davri tarbiyasi payti ularda xulq-atvor shakllanadi. Bola xulqini mo‘tadillikda
saqlashga u yoshlikdan boshlab yaxshi hulqda o‘sishi va keyinchalik ko‘p mashqlar
16
orqali bu unga malaka bo‘lib qolishi darkor. Kishi bilimga ega bo‘lishi kerak, lekin
har qanday bilim ham haqiqatga olib kelmaydi. Bilim haqiqiyligini bilish uchun kishi
har bir ishiga aqlini, xotira va irodasini, mantiqiy tafakkurini, shaxsiy tajribasini va
odob-ahloqiy fikrlarini ishga solish kerak va har mahal o‘ziga savollar berishi kerak:
Nima uchun bu ishga qo‘l urayapman? Menga shu kerakmi? Atrofdagilarimga - chi?
Maqsadim nima? Shu ishim bilan yaxshilik olib kelayapmanmi, yomonlikmi?.
Olimning ta'limotida suhbat va tushuntirish, mashq qildirish, mantiqiy fikrlash
qobiliyatlarini rivojlantirish, mustaqil ishlarni tashkil qilish, olgan bilimlarni
amaliyotda tadbiq eta olishiga tarkib toptirish bilan o‘quvchiga keng o‘quv
imkoniyatlarni berish kabi vazifalar qo‘yilgan. Insonning kamolga yetishiga uning
axloqiy tarbiyasi muhimligini ta'kidlaydi. Odamning ijobiy axloqiy sifatlarga saxiylik,
kamtarlik, aqllik, qat'iyatchilik va b.q., salbiy sifatlarga esa nodonlik, takabburlik,
nafrat va b.q. kiradi. Axloqiy tarbiya ko‘proq yaxshi axloqiy xislatlarni suhbat orqali,
oilaviy ta'sir, mashq qildirish, odatlantirish orqali amalga oshishi haqida fikr-
mulohazalar keltirgan. Inson rivoji va kamoliga birinchi javobgar oila, ota-ona, keyin
- muallim, ustoz. Ta'lim-tarbiya jarayoniga jismoniy tarbiya orqali olib borish ayni
muddao, chunki sog‘lom tanda sog‘lom fikr bo‘ladi. Shuning bilan insonga, uning
kamolotiga eng kerakligi aqliy, axloqiy va jismoniy tarbiyadir. Shularni ta'lim-tarbiya
jarayonida yaxshi o‘zlashtirib olib bola o‘z xayotiga ega bo‘ladi, o‘zini va
atrofdagilarni baxtli qilishga undaydi. Hozirgi davrda uning xizmatlari jahon afkor
ommasi tomonidan e'tirof etilgan. U o‘z asarlari, ixtirolari bilan nafaqat Vatanimizni,
balki butun aqli inson ilmiy yutug‘i, o‘z davri madaniyatining yuksak natijalarini
butun dunyo va barcha asrlarga mashhur etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |