«Navbahor» ashula va raqs ansambli eng yosh jamoalardan biri hisoblanadi. Mazkur ansambl 2014 yilda tashkil etilgan bо‘lib, ansambl jamoasida 28ta ijodkor, shulardan 11ta musiqachi, 4ta xonanda, 11ta balet artistlari faoliyat kо‘rsatmoqda. Bugungi kunda jamoaga О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan artist Gulmira Madrahimova yetakchilik qilmoqda. Ansambl о‘z faoliyatida о‘zbek milliy ashula va raqs san’ati namunalarini chuqur о‘rganish, shuningdek tomoshabinlarga yuqori darajadagi san’at asarlarini taqdim etishni о‘z oldilariga maqsad qilib qо‘yishgan. Ansambl jamoasi nafaqat respublikamizdagi madaniy tadbirlarda, balki boshqa chet davlatlarida ham о‘z ijodlari bilan faol qatnashib kelmoqda.
Milliy karnay-surnay guruhi 2015 yil dekabr oyida tashkil topgan. Guruh asosan ommaviy tadbirlarga chorlovchi jamoa hisoblanadi. Badiiy jamoaning alohida xususiyati shundaki, u cholg‘u guruxlari ochiq maydonda о‘tkaziladigan tadbirlarda musiqiy ijroni amalga oshiradi. Shu bilan birga karnay-surnay guruhi ijrosida mumtoz hamda an’anaviy uslubdagi kuylarni о‘ziga xos kolorit bilan chalish mumkinligi, musiqa ixlosmandlari uchun juda qiziqarlidir. О‘z ijodiy faoliyati davomida guruh a’zolari О‘zbekiston mustaqilligi bayram tadbirlarida,
«Navrо‘z» umumxalq saylida va boshqa turli davlat tadbirlarida muntazam ishtirok etib kelmoqda.
Qoraqalpoq ashula va raqs ansambli.1957 yili О‘zbekiston va Qoraqalpog‘istonda xizmat kо‘rsatgan san’at arbobi A.Sultanov tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradio qо‘mitasi qoshida xalq cholg‘u orkestri tarkibida tashkil topgan. Keyinchalik 1975 yili «Ashula va raqs» ansambli orkestr tarkibidan ajralib chiqqan. Qator yillar mobaynida ansambl tarkibida xalq artistlari A.Atamuratova, S.Mambetova, О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan artist B.Karimova, Qoraqalpog‘iston xalq artisti B.Utepbergenova,T.Kurbanov,Qoraqalpog‘istonda xizmat kо‘rsatgan artistlar K.Niyettullayev, T.Palimbetovlar faoliyat kо‘rsatdilar.
Xorazm maqomchilar ansambli. 1966 yili Urganch shahar Madaniyat uyi qoshida Xojixon Boltayev rahbarligida tuzilgan. Keyinchalik, 1988 yilda Xorazm
viloyat teleradiokompaniyasi huzurida maqom jamoasi tuzilib,О‘zbekiston xalq hofizi Ruzmat Jumaniyazov rahbarlik qiladi.Xorazm maqom ansamblining asosiy maqsadi yosh avlodning о‘zbek mumtoz musiqa va qо‘shiqchilik san’atiga bо‘lgan qiziqishini oshirish, Xorazm maqom ijrochiligi maktabi an’analarini targ‘ib qilish va ustoz-shogird an’analarini davom ettirishdan iborat.Ushbu ansambl jamoasi faoliyati davomida Xorazm maqomlaridan «Qal’abandi», «Roq» va «Panjgoh» turkumlarining yо‘qolgan qismlarini yangidan bastalab tо‘ldirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |