О‘zbekiston badiiy jamoalari ijodiy birlashmasi qoshidagi badiiy jamoalar haqida ma’lumot:
О‘zbek milliy «Mumtoz» ansambli. 1995 yilda О‘zbekiston xalq hofizi О‘lmas Saidjonov boshchiligida tashkil etilgan. Ansambl tashkil etilishidan maqsad unutilib borayotgan xalq kuy-qо‘shiqlarini tо‘plash, о‘rganish, qaytadan ijro etish orqali kelgusi avlodlarga yetkazish va targ‘ibot qilish kо‘zda tutilgan.
60 X.Boboyev, Z.G‘ofurov. О‘zbekistonda siyosiy va ma’naviy-ma’rifiy ta’limotlar taraqqiyoti.-T. “Yangi asr avlodi”, 2001, 51b.
Shuningdek uzoq va yaqin о‘tmishda yashab, ijod etgan xalq xofizlari, sozandalarining о‘lmas merosini saqlab qolish orqali an’anaviy va xalq qо‘shiqchilik san’atini rivojlantirishning uslubiy asoslarini yaratishdan iborat. Ansambl konsert – gastrol faoliyatida Fransiya, Germaniya, Belgiya, Turkiya, Yaponiya, Xitoy va boshqa chet el davlatlarida katta muvaffaqiyatlarni qо‘lga kiritgan.
Yunus Rajabiy nomidagi «Maqom» ansambli yetuk musiqashunos olim, О‘zbekiston xalq artisti, akademik Yunus Rajabiy tomonidan 1959 yili О‘zbekiston teleradiokompaniyasi qoshida tashkil etilgan. Ansambl tomonidan 1962 yildan «Shashmaqom» va «Toshkent-Farg‘ona maqom yо‘llari» turkumlariga kiruvchi asarlar ilk bora grammplastinkaga yozilgan. Mazkur jarayon hozirgi kunga qadar davom etib kelmoqda.E’tiborli tomoni shundaki, «Shashmaqom»ning Mushkilot va Nasr bо‘limlari to hozirgi kunga qadar 28 marotaba turli yetuk ijrochilar tomonidan qayta yozilgan. 1978- 1987 yillarda Samarqand shahrida bо‘lib о‘tgan simpoziumlarida ansambl muvaffaqiyatli ishtirok etdi. 1979 yili Tojikiston maqom festivali, 1980 yili Ozarbayjonda bо‘lib о‘tgan «Mug‘am» festivallarida О‘zbek milliy san’atidan xorijlik maqom shinavandalarini bahramand etishgan.Ansambl qariyb 60 yildan beri о‘z san’ati bilan milliy merosimizni boyitib kelmoqda. Bu dargohda yetuk xonanda va sozandalar xizmat qilishgan. Xalqimiz ardog‘idagi san’atkorlar kо‘plab yetishib chiqqan.Ansamblning rivojlanishida jonbozlik qilgan sozandalardan О‘zbekiston san’at arboblari Fahriddin Sodiqov, Temur Mahmudov, Turg‘un Alimatov, О‘zbekiston xalq artisti Abdulaxat Abdurashidov, О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan artistlar Abdurahmon Holtojiyev, Abdunabi Ziyoyev, Tohirjon Turg‘unov sozandalar, Qо‘chqor Saidov, Murodjon Norqо‘ziyev, Ikromjon Matanovlarning О‘zbekiston xalq hofizlari Isroil va Ismoil Vahobovlar, Maxmudjon Yо‘ldoshev, Beknazar Dо‘stmurodov, Soyibjon Niyozov, Abdunabi Ibragimov, О‘zbekiston xalq artisti Matluba Dadaboyeva, О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan artistlar Komila Bо‘riyeva, Sharofat Tojiboyeva xonandalardan Ozoda Yorova, Ozodbek Tillanazarov, Tо‘rabek Muxtorov, Bobur Kenjayev nomlarini alohida tilga olish joizdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |