Nazorat savollari:
Konchilik sanoatining xalk xo’jaligidagi ahamiyati va soxaning xududimizdagi ahvoli.
Foydali qazilmalarni qazib olish tarixi va qadimiy makonlar.
Minerallar, madan, tog’ jinsi, konlarining zaxira ahamiyati.
Ruda zaxiralarining qiymatiga ko’ra turlari va madanning og’irlik miqdorlari.
Ruda tanalarining ichki tuzilishi.
Qanday holatda joylashgan konlar ochiq usulda qazib olinadi?
MAVZU 11
Reja
Foydali qazilmalarni ochiq usulda qazib olish. Ochiq kon ishlari.
Ochiq kon ishlarida ochish va qazib olish ishlari.
Ochiq usulda kon tayyorlov ishlari.
Foydali qazilma boyliklariga xo’jalik, qurilish, sanoat va ilmiy maqsadlar uchun qazib olinadigan va xom ashyo holida yoki qayta ishlangandan so’ng ishlatiladigan barcha turdagi tog’ jinslari kiradi. Foydali qazilmalarni ochiq usul bilan qazib olishda qoplovchi va o’z ichiga oluvchi tog’ jinslari ham qazib olinadi. Foydali qazilmalar va qoplovchi hamda o’z ichiga oluvchi tog’ jinslari birgalikda kon massasi tushunchasi bilan birlashtiriladi. Tog’ jinslarini foydali qazilmalarga va qoplovchi jinslarga ajratish bu nisbiy tushunchadir. Qazib oluvchi va qayta ishlovchi texnikalarning rivojlanishi bilan ko’pgina qoplovchi tog’ jinslaridan foydali qazilmalar kabi foydalana boshlandi va bularning soni yildan-yilga oshib bormoqda.
Foydali qazilmalar qurilish va sanoatning asosi hisoblanib, mamlakat iqtisodiyotida katta o’rin egallaydi. Uning qazib olish va qayta ishlash miqiyosi esa davlatning xom ashyo ishlab chiqarish saviyasini, boyligi va iqtisodiy rivojlanishini belgilaydi. Har xil tog’ jinslarini qazib olishda va turli- tuman qazilmalar, chuqurliklarni kovlash maqsadida yer ustida turib olib boriladigan ishlar yig’indisiga ochiq kon ishlari deb aytiladi. Katta miqyosdagi ochiq kon ishlari foydali qazilma boyliklarini qazib olish bilan uzviy aloqadadir. Bunda yer ostida yotgan foydali qazilma boyliklarini qazib olish bilan aloqador barcha ishlar va jarayonlar, ochiq kon inshootlari orqali amalga oshiriladi.
Yer osti usulida qazib olishda esa foydali qazilma boyliklarini maxsus jixozlangan yer osti inshootlari yordamida qazib olinadi. Konlarni ochiq usul bilan qazib olishda konchilik ishlari ikki qismga bo’linadi:
ochish ishlari (qoplovchi jinslarni qazish, tashish va joylashtirish ishlari);
qazib olish ishlari (foydali qazilma boyliklarini qazish, tashish, bir joyga to’plash yoki tushirish ishlari ).
Ishlab chiqarish asoslari va maqsadlari uchun ochuvchi va tayyorlovchi laximlarni birlashtiradigan aloxida kon tayyorlov ishlari o’tkaziladi (asosiy xandak va yarim xandak, qirqma xandak va yarim qirqma xandak va boshqa laximlar). Kon tayyorlov ishlarini o’tkazishdan maqsad shundan iboratki, bu qazish joylariga (zaboylarga) va kon ishlarining boshlanish frontiga transportni kelishini ta'minlash uchun yo’l ochib beradi.
Ochiq usulda qazish quyidagilarni ham o’z ichiga oladi:
kon va uning aloxida uchastkalarini tayyorlash ishlari (asosan ustki qismini tayyorlash);
qazib olinayotgan tog’ jinslari massivi mustahkamligini ta'minlashdagi kon-zaxira muhofazasi va inshootlarini hisobga olish ishlari (suv muvozanatini ta'minlash, kon jinslarining o’z-o’zidan yonib ketishini va yuzaning deformatsiyasi oldini olishdagi qayta tiklash ishlari va x.k. ishlar).
Do'stlaringiz bilan baham: |