4.3 Korxonada mehnatni muhofaza qilish
Mehnat muhofazasi - insonning mehnat jarayonidagi xavfsizligi, sihat-salomatligi va ish qobilyatining saqlanishiga qaratilgan tadbirlar. Qonun hujjatlarida mehnat jarayonida qoʻllaniladigan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnik, sanitariya-gigiyena, davolash-profilaktika chora tadbirlari belgilab qoʻyiladi. Mehnat qiluvchi shaxs xavfsizligi, salomatligi, mehnat qilish qobiliyatini himoyalash, sogʻlom mehnat sharoitlari yaratish, kasb kasalliklari yuz berish xavfini oldini olish, ishlab chiqarishda jarohatlanishlarga yoʻl qoʻymaslik kabilar mehnat muhofazasi oldidagi vazifalar hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasida xavfsiz va qulay mehnat sharoitida ishlash yuzasidan fuqarolarning huquqlari Konstitutsiyada (37-modda) mustahkamlanib qoʻyilgan. Ushbu konstitutsiyaviy kafolatni amalda roʻyobga chiqarilishiga qaratilgan aniq chora tadbirlar Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksida, “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi qonun (1993 yil 6 may)da, boshqa bir qator qonunlar va qonun osti normativ hujjatlarida belgilangan. Oʻzbekistonda Mehnat muhofazasi uchun katta moliyaviy mablagʻlar ajratiladi va oʻzlashtiriladi. Sogʻlom va xavfsiz mehnat sharoitida mehnat qilish huquqi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining eng asosiy mehnat huquqlaridan boʻlib hisoblanadi. Mehnat muhofazasiga oid talablar va standartlar Mehnat kodeksi, “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi qonun talablari asosida ishlab chiqariladigan korxona va tashkilotlarning ichki mehnat tartibi qoidalari, jamoa shartnomalari, tarmoq yoki mintaqaviy jamoa kelishuvlari, korxonalarning boshqa ichki normativ huquqiy hujjatlarida, muayyan soha, kasb, ish joylariga oid boʻlgan Mehnat muhofazasi standartlarida belgilab qoʻyiladi. Mulkchilik shakli va xoʻjalik yuritish usulidan qatʼiy nazar barcha korxona, muassasa, tashkilotlar oʻz xodimlari uchun sogʻlom va xavfsiz mehnat sharoitini yaratishi, xavfsizlik texnikasi choralarini koʻrishi, mehnatni muhofaza qilish xizmatlarini tashkil etishi, boshqa tashkiliy texnik Mehnat muhofazasi qoidalariga rioya etilishi maxsus davlat organlari va jamoatchilik tomonidan nazorat qilib boriladi. Qonunlarga, shu jumladan, Mehnat muhofazasiga oid qonunlarga rioya etilishi ustidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va unga boʻysunuvchi prokurorlar umumiy nazorat olib boradi. Mehnat muhofazasi haqidagi qonun talablarini buzgan korxonalarga moliyaviy-iqtisodiy jazo choralari, ularning mansabdor shaxslariga nisbatan esa institut nizomiy, maʼmuriy-huquqiy, jinoiy javobgarliklar qoʻllanishi, ular aybi bilan yetkazilgan moddiy zararlar qoplantirilishi mumkin.
4.4 Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni hisobga olib borish va tekshirish
Ish beruvchi ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni o‘z vaqtida tekshirishi va hisobga olib borishi shart. Jabrlanuvchining talabiga binoan tekshiruv tugagan kundan e’tiboran uzog‘i bilan uch kun ichida ish beruvchi shu baxtsiz hodisa to‘g‘risida dalolatnoma berishi shart. (O‘zbekiston respublikasi MK). Kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki korxona xodimlarining boshqa vakillik organi 10 kun ichida baxtsiz hodisaning kelib chiqish sabablarini o‘rganib chiqadi, mehnatni muhofaza qilish qoidalari va me’yorlari, mehnat xavfsizligi andozalari buzilishini aniqlaydi.
Ishlab chiqarish jarayonida sodir bo‘lgan quyidagi baxtsiz hodisalar maxsus tekshirish asosida olib boriladi:
bir vaqtning o‘zida ikki va undan ziyod xodimlar bilan yuz bergan guruhiy baxtsiz hodisalar;
o‘lim bilan tugagan baxtsiz hodisalar;
oqibati og‘ir baxtsiz hodisalar.
Guruhiy o‘lim bilan tugagan yoki og‘ir baxtsiz hodisa to‘g‘risida ish bilan ta‘minlovchi darhol keltirilgan sxemaga binoan quyidagilarga:
Davlat mehnat texnika nazoratchisiga;
muttasaddi xo‘jalik organiga;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga;
viloyat va shahar Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish boshqarmasiga;
baxtsiz hodisa yuz bergan joydagi prokuraturaga;
baxtsiz hodisaga uchragan xodimni yuborgan tashkilotga;
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga; «O‘zsanoatkontexnazorat» Davlat qo‘mitasining mahalliy organiga va agar baxtsiz hodisa nazorat ostidagi korxonada yuz bergan bo‘lsa, viloyat kasaba uyushmalari kengashiga xabar berishi kerak. Jarohatlanganlarga korxona tomonidan to‘lanadigan pulning miqdori jabrlangan odamning o‘rtacha oylik ish haqiga bog‘ liq, uni kasbiy qobiliyatini yo‘qotganlik darajasi tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi(TMEK) va kasaba uyushmasi qoshidagi mehnatni muhofaza qilish komissiyasi xulosasini hisobga olgan holda ma‘muriyat tomonidan belgilanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
T.A. Otaqo‘ziyev, G.N. Hakimova, A.A. Nabiyev Energotexnologiya. O‘quv qo‘llanma,O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti Toshkent. 2015, 125 b.
Z.K.Toirov , O.X.Panjiev, O,N Bozorov A.N.Boboqulov Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi, . Darslik. Faylasuflar nashiryoti-Toshkent-2018, 184 b
Otaqo‘ziev T,A, Axmerov Q,A, Turabjonov, S,M, Umumiy kimyoviy texnologiya, Darslik. Niso Polifraf, 2013-600b.
Mirzaev F,M, Linkevich V,A, Otaqo‘ziev T,A, Mirzaqulov X,Ch, Kimyoviy texnologuyaning nazariy asoslari. Darslik. Toshkent,2012, 136b
Otaqo‘ziyev T.A., Turobjonov S.M., Jskenderov A.M. lshlab chiqarish korxonalarini loyihalash asos la ri. Darslik . T., " Faylasuflar nashriyoti", 2017, 2016 b.
Mirziyoev Sh.M.Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz.– T.:O‘zbekiston, 2017. – 488 b.
Mirziyoev Sh.M.Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi.– T.: O‘zbekiston, 2017. – 48 b.
Mirziyoev Sh.M.Erkin va farovon demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz.– T.: O‘zbekiston, 2016. – 56 b.
T.S Xudoyberdiev, B,P,Boltabaev, B,P Shaymardanov, R,A Abduraxmanov, A,N Xudoyorov, Issiqlik texnikasi asoslari, O‘quv qo‘llanma, Toshkent, Cho‘lpon nomidagi nashiriyot-manba ijodiy uyi, 2008, 216b
T,A Otakuziev, Sh,A Yakubov Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi, Toshkent, O‘qituvchi, 2008
Leytis,I,I Sosna M,X, Semenov V,P, V,P. Teoriya i praktika ximicheskoy energotexnologii, M,Ximiya 1988
Bordyonskiy V,M, Fratsher V, Mixalik K, Eksergeticheskiy analiz i ego prilojeniyo M, Energoatomizdat, 1988
Karapetyons V,X Ximicheskoya termodinamika, Moskva 653 s
SokolevE,Y, Brodyonskiy V,M, Energetecheskoe ocnovi transformasii tepla I prosesov oxlajdeniya, M,Energoizdat, 1981
Mezensev A,P, Effektivnost primeniya utlizatorov teploti v ognetexicheskix agregatex L,Nedra 1987
G‘ofurov Q., ShamsidinovI. “Mineral o‘g‘itlar va tuzlar texnalogiyasi”, Toshkent, Fan, 2007.
Основные процессы и аппараты химической технологии. Под ред. Ю.И. Дытнерского. – М.: Химия, 1983.
Иоффе И.Л. Проектирование процессов и аппаратов химической технологии. – Л.: Химия, 1991.
Дыбина И.В. Расчёты по технологии неорганических веществ.- М.: Химия, 1967.
Salimov Z. ,,Kimyoviy tehnalogiyaning asosiy jarayonlari va qurulmalari ’’ Toshkent 1995
Yormatov F. Isomuxammedov Yo.“Mexnatni va atrov muhitni muhofaza qilish”. Toshkent, O‘qituvchi, 2005 y.
Salimov Z. “Kimyoviy texnologiyaning asosiy jarayonlari va qurilmalari”. – Toshkent. “O‘zbekiston.”, 2 – tom 1999.
Vasilev B.T. Otvagina B.I. Texnologiya sernoy kisloti. M. Ximiya. 1985 – 384 s.
Amelin A.G. Texnologiya sernoy kislotы. Ucheb. Posobie dlya VUZov, 2 -e izdan., pererab, M. Ximiya, 1983 – 360 s.
Kutepov A.M. Bondareva T.N. Berengerten M.G. Obshaya ximicheskaya texnologiya. Ucheb, dlya texn. Vuzov. 2-e izd. Ispr. I dop. M. Vis. SHk. 1990 – 520s.
Yakubov SH.A. Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi. Ma‘ruzalar matni Oliy o‘quv yurtlarining noorganik moddalar texnologiyasi va mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish kimyoviy texnologiyasi.
Atroshenko V.I. i dr. Texnologiya svyazannogo azota. L: Ximiya,1986.
Pozin M.E. Rascheti po texnologii neorganicheskix veshestv. M. Ximiya., 1977. 495 s.
Pozin M.E. Rukovodstvo k prakticheskim zanyatiyam po texnologi neorganicheskix veshestv.L.X
Xulosa
Karbamid konsentrlangan, oson hazm bo‘ladigan azotli o‘g‘itdir. U tuproqqa asosiy qo‘llash va o‘simliklarni bargidan oziqlantirish uchun va kavsh qaytaruvchi hayvonlar uchun ozuqa qo‘shimchasi sifatida ishlatiladi. Karbamid tarkibidagi azot miqdori kamida 46,2% ni tashkil qiladi, boshqa azotli o‘g‘itlar bilan solishtirganda, karbamid eng ko‘p azotni o‘z ichiga oladi. Azot miqdori bo‘yicha 100 kg karbamid 225 kg ammoniy sulfat yoki 300 kg natriy nitratga teng. Haroratning oshishi bilan uning eruvchanligi ortadi va 1200 C haroratda u 95,0% ni tashkil qiladi. Karbamid sanoatda qatronlar, yopishtiruvchi moddalar va boshqalarni ishlab chiqarishda xom ashyo sifatida foydalanish uchun mo‘ljallangan. Qishloq xo‘jaligida u o‘g‘it sifatida, shuningdek hayvonlarni boqish uchun ishlatiladi. U farmatsevtika sanoatida ham qo‘llaniladi. Kurs loyihasida karbamid sintezi uchun reaktor hisoblab chiqilgan. Loyihada material va issiqlik balanslarini hisoblash amalga oshirildi, karbamid ishlab chiqarishning mavjud usullarini ko‘rib chiqish va tahlil qilish, sintez ustunining hajmi, balandligi, diametri hisoblab chiqilgan va uning mustahkamligini hisoblash amalga oshirilgan. Ma'lumotlarga qaraganda ekologik fazoning 50 % yo‘qolishi turlarning 10 % ga kamayishiga olib kelar ekan. Biotaning yo‘qolib borishiga yorqin misol o‘rmonlaming kesib yo‘qotilishidir. Hozirgi kunda dunyo bo‘yicha juda katta maydondagi o‘rmon kesib yo‘qotilgan. Ming afsuski, kesib yo‘qotilgan o‘rm on hajmi qayta tiklanmayapti. Ushbu bitiruv loyihasida avtoulovlarni yuvgandan keyin oqava suvlarni tozalashni avtomatik boshqarish tizimi uchun dasturiy ta'minot ishlab chiqilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |