O’zbekiston Respublikasi Jizzax Viloyati
Xalq Ta’limi Xalq Ta’limi
vazirligi boshqarmasi
Mirzacho’l tuman Xalq ta’limi muassasalari
faoliyatini metodik ta’minlash
va tashkil etish
bo’limi tasarrufidagi 10-Umumiy
o’rta ta’lim maktabi
Boshlang’ich sinf o’qituvchisi
Tovbayev Umrzoqning
O’qish fanidan bir soatga mo’ljallangan
Annotatsiya:
Dars ishlanma “Zahriddin Muhammad Bobur” mavzusida umumiy o’rta ta’lim maktablarining 3- sinflari uchun Davlat ta’lim standartlari va o’quv dastur asosida yozildi . Zahriddin Muhammad Bobur hayoti va unga ism qo’yish marosimi haqida o’quvchilar ongiga turli usullar (tarmoqlash,venn diagrammasi va boshqalar) orqali singdiriladi.
Mavzuda manaviy – axloqiy va estetik tarbiya o`quvchilarda ajdodlarimizga ular qoldirgan meroslarni asrash va urf –odatlarimizga bo’lgan hurmatini shakllantirish,vatanga bo’lgan hurmatini tarkib topishidan iborat.
Fan: O’qish
Sana: 16-fevral 2016-yil
Sinf: 3”V”-sinf
107-Mavzu: “Zahriddin Muhammad Bobur” Xayriddin Sulton
Darsning maqsadi:
Ta'limiy: “Zahriddin Muhammad Bobur” matni mazmuni bilan tanishtirish, Zahriddin Muhammad Bobur hayoti haqida ma’lumot berish, matn orqali ifodali o’qishni o’rgatish,urf – odat va ananalarimiz haqida tushuncha berish.
Tarbiyaviy: O’quvchilarda milliy urf odatlarimiz bo’lgan hurmat,Boburdek vatanparvar bo’lishga undash,vatanga muhabbatni tarbiyalash, ota onasiga bo’lgan hamda,bir biriga bo’lgan hurmatni shakllantirish.
Rivojlantiruvchi: O’quvchilarda to’g’ri, ifodali o’qish malakalarini rivojlantirish. Mustaqil fikrlash qobilyatlarini o’stirish, og’zaki bayonni rivojlantirish.
Dars turi:Yangi bilim beruvchi.bilimlarini shakllantiruvchi
Darsda foydalaniladigan turi hil mеtodlar: “Tarmoqlash” “Aqliy hujum”, individual va jamoa bilan ishlash, ko’rgazmalilik va sahnaviy ko’rinish asosida tushuntirish,Venn diagrammasi.
Darslik jihozlar: 3-sinf O’qish darsligi,
Didaktik jihozi:Har bir guruh uchun A4 formatidagi qog’oz,rasmlar,tarqatma materiallar.
Texnik jihozi: Kompyuter,proektor,monitor.
Darsning oltin qoidalari: 1. Intizom. 2. O`zaro hurmat. 3. Faollik. 4. Vaqtga rioya qilish. 5. Fikrni takrorlamaslik. 6. O`ng qo`l qoidasi. 7. To`g`ri javob uchun rag`bat.
Darsning tеxnologik xaritasi
Mavzu: “Zahriddin Muhammad Bobur” Xayriddin Sulton
|
Mavzuning qisqacha ta'rifi:
|
Dars turi:Yangi bilim beruvchi.bilimlarini shakllantiruvchi
Darsda foydalaniladigan turi hil mеtodlar: “Tarmoqlash” “Aqliy hujum”, individual va jamoa bilan ishlash, ko’rgazmalilik asosida tushuntirish
|
Darsning maqsad va vazifalari:
|
Ta'limiy: “Zahriddin Muhammad Bobur” matni mazmuni bilan tanishish, Zahriddin Muhammad Bobur hayoti haqida ma’lumot berish, matn orqali ifodali o’qishni o’rgatish
Tarbiyaviy: O’quvchilarda milliy urf odatlarimiz bo’lgan hurmat, ota onasiga bo’lgan hurmatni,bir biriga bo’lgan hurmatni shakllantirish.
Rivojlantiruvchi: O’quvchilarda ifodali o’qish ko’nikmalarini rivojlantirish. Mustaqil fikrlash qobilyatlarini o’stirish, og’zaki bayonni rivojlantirish.
|
Kutilayotgan natija:
|
Dars yakunida o’quvchilar: Matnni ifodali o’qish malakasiga ega bo’ladilar, ijodiy, mustaqil fikrlash qobilyatlari ortadi, vatanga bo’lgan mehr muhabbat va unga sodiq bo’lish, milliy urf-odatlarimiz, ajdodlarimiz haqida va ular amalga oshirgan ishlar hamda qoldirgan meroslari haqida tushuncha oladilar.
|
Dars jarayoni va uning bosg’ichlari:
|
Ishning nomi
|
Bajariladigan ish mazmuni
|
Mеtod
|
Vaqt
|
1-bosg’ich tashkiliy qism
|
Salomlashish,navbatchi axborotini tinglash, o’quvchilarni darsga tayyorgarliklarini kuzatish.
|
“Tarmoqlash”
|
4 daq.
|
2-bosg’ich O’tgan darsni mustahkamlash
|
Uy vazifani aniqlash. Mashg’ulotning borishi haqida tushuncha bеrish. Uy vazifa “Navoiyning do’sti” mavzusida har bir o’quvchining fikrini bilish.
|
“Aqliy hujum”, ko’rgazmalilik asosida savol-javoblar o’tkazish
|
10 daq
|
3-bosg’ich
Darsning borishi
|
O’quvchilarga Zahriddin Muhammad Bobur matni o’qib beriladi va ma’zmuni tushuntiriladi. O’quvchilarga zig-zag tarzda o’qitiladi.
|
“Zig-zag”
“Venn”
|
15 daq
|
4-bosg’ich_Mustahkamlash'>4-bosg’ich Mustahkamlash
|
Savol javoblar orqali mavzuni mustahkamlash.
|
“Tarmoqlash”
“Aqliy hujum”
|
7 daq
|
5-bosg’ich Baholash Dars yakuni
|
Darsni umumlashtirib yakunlash O’quvchilar javobini izohlab baholash.
|
O’quvchilarni baholash,
Rag’batlantirish
|
7 daq
|
6-bosg’ich
Uyga vazifa
|
Uy vazifa topshirish va qanday bajarish kеrak ekanligi haqida tushuncha bеrish
|
|
2 daq
|
1-bosg’ich (4 daqiqa)
Salomlashish, navbatchi axborotini tinglash, davomatni aniqlash, sinf xonasi tozaligi, gigenik talabga javob berishini tekshirish, o’quvchilarni darsga tayyorgarliklarini kuzatish.Darsning oltin qoidalari bilan tanishtiriladi.O’quvchilarda shukuronalik tuyg’usini uyg’otish.Bizlarga yaratib berilgan sharoitlarni, yurtimiz tinch osudaligiga shukur qilib uning qadriga yetish va o’z hissamizni qo’shish. Dars shiori ishlab chiqiladi.
“A’lo mamlakatning, a’lo farzandi bilib qo’yki seni vatan kutadi”
2-bosg’ich (10 daqiqa)
O’tgan darsdagi “Navoiyning do’sti” matni bo’yicha bilimi tеkshiriladi va ma’zmuni savol-javob orqali so’raladi. Alisher Navoiyning va Zahriddin Muhammad Bobur rasmi ilib qo’yiladi.O’quvchilarga tarqatma savollar beriladi.
1. Alisher Navoiyning do’sti kim edi?
2.Pahlavon Muhammadga qanday jazo berdilar? Nima uchun?
3.Navoiy do’sti uchun nima qilmoqchi edi?Siz ham shunday qilgan bo’larmidingiz?
4.Alisher Navoiy haqida nimalarni bilishingizni xattaxtaga birin ketin yozing.
Dam olish daqiqasi o’tkaziladi.(1 daqiqa)
O’ng qo’limiz ko’taramiz, oldi tomon ko’rsatamiz, orqa tomon ko’rsatamiz va ozgina silkitamiz,raqs tushamiz bugi - bugi ,aylanamiz bugi - bugi o’ynab qarsaklar chalamiz davrada.
Chap qo’limiz ko’taramiz, oldi tomon ko’rsatamiz, orqa tomon ko’rsayamiz va ozgina silkitamiz raqs tushamiz bugi - bugi aylanamiz bug -i bugi o’ynab qarsaklar chalamiz davrada.
3-bosg’ich (14 daqiqa)
Sinf o’quvchilariga yangi mavzu ifodali o’qib beriladi va uning ma’zmuni bilan tanishtiriladi.
Zahriddin Muhammad Bobur
Xayriddin Sulton
I
Andijon.
Umarshayx Mirzo sroyi.
Beklar,saroy amaldorlari, shariat peshvolari tizilib o’tirishibdi.To’rdagi taxtda Umarshayx Mirzo. Bugun chaqoloqqa ism qo’yish marosimi o’tkazilmoqda.Umarshayx Mirzo mavlono Munirxo’jaga qarab:
-So’zingizga intizormiz dedi.Munirxo’ja Marg’iloniy o’rnidan turib ta’zim qildi va :
-Go’dakka “Zahriddin Muhammad” deb nom bermoq lozim dedi.
-Ma’qul.Xo’p, ma’qul! – dedi Umarshayx Mirzo.
II
Qutlug’ Nigorxonimning xos xonasi.Beshikda oydek bo’lib, pahlovon go’dak jilmayib yotibdi. Umarshayx Mirzo, Yunusxon va Eson Davlatbegim baxtiyor onani qutlab turadilar.
-Ko’z tegmasin, bahodir o’g’lon tug’ilibdur, - dedi Yunusxon.-Ismi ne bo’ldi?
-“Zahriddin Muhammad” - dedi Umarshayx Mirzo.Qutlug; bo’lsin, ulug’larning ismi,
-dedi Yunusxon kulimsirab.
-Nasib etsa, inshoolloh, yo’lbarsdek bahodir bo’lg’usidir.Shunday ekan, “Bobur - yo’lbars” deb chaqirsak ham bo’ladi.
Umarshayx Mirzo yalt etib unga qaradi va:
-Yo’lbars?! Xonota, yo’qsa, ismini “Zahriddin Muhammad Bobur” deb aytaylik, -dedi hayajonlanib.
III
Yunusxon beshik ustidan bir hovuch tilla tanga sochdi.Kanizaklar talashib-tortishib terib olishdi.
Beshikdagi go’dak guvranib-jilmayib qo’ydi.
-Bahodir, sarkarda bo’lsin, - deb duo qildi bobosi.
-Olamgir podshoh bo’lsin,- deb tilak qildi otasi.
-Nuridiydam olim bo’lsin,- deb niyat qildi momosi.
-Bolaginam shoir bo’lsin, - deb orzu qildi onasi.
O’quvchilarga tushunishida qiyinchilik tug’dirgan so’zlar ma’nosi tushuntiriladi.
Lug’at:
Bobur-“Yo’lbars” Yo’lbarsdek kuchli,baquvvat,epchil,qo’rqmas,botir.
Podshoh- mamlakatni boshqaruvchi kishi.
Sarkarda- askarlarga boshchilik qiluvchi kishi.
Xos xonasi- O’zining, o’ziga tegishli xona.
Saroy amaldorlari- O’sha davrning boy,yuqori ishlarda ishlaydigan kishilar.
Shariat peshvolari – O’sha davr mulla,imomlari.
“Zahriddin Muhammad Bobur” matni o’quvchilarga ro’llarga bo’lib o’qitiladi va matnda asosiy qanday fikr ilgari surilganligi to’g’risida so’raladi. O’qituvchi o’quvchilarning bеrgan javoblarini umumlashtiradi. O’quvchilarga yangi dars uchun tayyorlangan slaydlar ko’rsatiladi va tushuntiriladi. “Zahriddin Muhammad Bobur” va Alisher Navoiyning o’xshash tomonlari “Venn” diagrammasi orqali ko’rsatilib o’tiladi.O’quvchilarni birgalikda javob berishi uchun o’qituvchi umumiy savol beradi va xattaxtaga yozadi.
4-bosg’ich. (7 daqiqa)
O’quvchilarni uch guruhga bo’lib oladi.
1-guruh “Temuriylar”
Buyuk sarkarda, elim deb yurtim deb, yashagan inson,vatani uchun o’z jonini ayamagan.
2-guruh “Navoiy”
Buyuk shoir, alloma,mutafakkir, so’z mulkining sultoni to’g’ri so’z maslahatchi vazir,sodiq do’st.
3-guruh “Boburiylar”
Shoh va shoir,juda ko’p g’azal va ruboiylar yozgan hamda buyuk sarkarda,o’z vatani uchun jonini ayamagan.
O’quvchilar xotirasini charxlash va qanchalik darjada yangi mavzuni o’zlashtirganligini tekshirish maqsadida darslik kitobini yopib qo’yish bilan guruhlarga “Tarmoqlash” metodidan foydalanib A4 qog’ozi va markеrlar tarqatiladi, “Zahriddin Muhammad Bobur” matnidagi qatnashgan obrazlar va ularning gaplarini yozing deb topshiriq beriladi.Bu shartning qoidasi shundan iboratki har bir guruh a’zosi qatnashishi bunda har bir guruh a’zosi o’z fikrlarini yozishi shart.O’qituvchi tomonidan o’quvchilar faoliyati nazorat qilib boriladi.
O’qituvchi o’quvchilar yozgan javoblarni o’qib qaysi guruh ko’p va to’g’ri yozganligini tekshirib o’quvchilarga baholarni eshtirib o’tadi.
5-bosg’ich Muhokama. (7 daqiqa)
Dars sizga yoqdimi?Nimasi yoqdi?
Bugungi mavzudan nimalarni o’rgandingiz?
Bobur so’zining ma’nosini ayting?
Siz ham o’z isdaqgizni ma’nosini bilasizmi?
4-bosg’ichdagi vazifani bajarish jarayonida o’z fikrini aniq bayon etishda qiynalayotgan o’quvchilarga o’qituvchi yordam bеrishi. Agar so’zlarni yozish jarayonida ba'zi o’quvchilar imlo xatolariga yo’l qo’ygan bo’lsalar, o’qituvchi o’quvchilar bilan birgalikda xattaxtaga yozib bu xatolarni to’g’rilashlari kеrak.
Baholash: O’quvchilar uy vazifasini so’rashda bеrgan javoblari va fikrni aniq ifoda etishlari, ifodali o’qishlari, muhokama paytida bеrgan javoblariga qarab rеyting tizmi asosida baholanadi.
6-bosg’ich(2 daqiqa)
Uyga vazifa: “Zahriddin Muhammad Bobur” matnini o’qib kelish va mazmunini so’zlab berish. Zahriddin Muhammad Bobur haqida qo’shimcha ma’lumotlar o’rganib kelish.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.M.Umarova, X.Hamraqulova, R,Tojiboyeva “3-sinf o’qish darsligi”
2.T.G’offorova, X.G’ulomaova, “O’qish darslari” o’qituvchi uchun metodik qo’llanma
3.Safo Matchonov,Xolida G’ulomova “Ona tili o’qitish metodikasi”
4.Multimedia.uz
5.ZiyoNet.uz Zahriddin Muhammad Bobur va Alisher Navoiy suratlari.
O’quv tarbiyaviy ishlar bo’yicha director o’rinbosari:_____________A.Yunusov
Do'stlaringiz bilan baham: |