O‘zbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi


-modda. Depozitariy vazifalarini amalga oshirish



Download 1,43 Mb.
bet47/71
Sana22.04.2022
Hajmi1,43 Mb.
#572531
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   71
Bog'liq
1.2.-UMK-STM-RAHBAR-kadrlar

32-modda. Depozitariy vazifalarini amalga oshirish
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ko‘p tomonlama xalqaro shartnomalarning depozitariysi vazifalarini, agar ushbu shartnomalar shartlariga muvofiq bunday vazifalar O‘zbekiston Respublikasining zimmasiga yuklatilgan bo‘lsa, amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasining ko‘p tomonlama idoralararo shartnomalari depozitariysining vazifalari, agar ushbu shartnomalar shartlariga muvofiq bunday vazifalar O‘zbekiston Respublikasining zimmasiga yuklatilgan bo‘lsa, ushbu shartnomalar qaysi davlat organlarining nomidan tuzilgan bo‘lsa, o‘sha davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
4-bob. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini bajarishga doir chora-tadbirlar
33-modda. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini bajarish
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari O‘zbekiston Respublikasi tomonidan xalqaro huquq normalariga muvofiq og‘ishmay va majburiy tarzda bajariladi.
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasini bajarish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatini qabul qilish zarur bo‘lgan hollarda, manfaatdor davlat organlari O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi normalarini implementatsiya qilish masalalari bo‘yicha tegishli hujjat qabul qilish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Adliya vazirligi bilan kelishgan holda takliflar taqdim etadi.
34-modda. O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining bajarilishini ta’minlash
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga va O‘zbekiston Respublikasi tomonidan qabul qilingan majburiyatlarga rioya etilishini ta’minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bajarilishini ta’minlash yuzasidan amaliy choralar ko‘radi va O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bajarilishi uchun javobgarlik o‘z zimmasiga yuklatilgan davlat organlari va mansabdor shaxslarni o‘z vakolatlari doirasida belgilaydi.
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bilan tartibga solinadigan masalalar o‘z vakolatiga kiradigan davlat organlari O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bajarilishini, bunday shartnomalardan kelib chiqadigan, O‘zbekiston Respublikasiga tegishli bo‘lgan huquqlarga rioya etilishini ta’minlaydi va O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining boshqa ishtirokchilari tomonidan o‘z majburiyatlari bajarilishini kuzatib boradi.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bilan tartibga solinadigan masalalar ikki yoki undan ortiq davlat organlarining vakolatlariga kirsa, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining taklifiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi shartnoma bo‘yicha majburiyatlarning bajarilishini muvofiqlashtirish o‘z zimmasiga yuklatiladigan davlat organini belgilaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bajarilishi ustidan o‘z vakolatlari doirasida nazoratni amalga oshiradi.
35-modda. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari qoidalarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi tushuntirish
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro artnomalari qoidalarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi tushuntirish O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bilan tartibga solinadigan masalalar o‘z vakolatiga kiradigan davlat organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishilgan holda yozma shaklda beriladi.
36-modda. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bajarilishi yuzasidan monitoring
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bajarilishi yuzasidan monitoring O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini yagona tarzda hisobga olishning, inventarizatsiya qilishning va ularning amalga oshirilishi yuzasidan monitoring qilishning elektron ma’lumotlar bazasi asosida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bilan tartibga solinadigan masalalar o‘z vakolatiga kiradigan davlat organlari har yili 31 dekabrga qadar O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining yil davomidagi bajarilishi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shaklga muvofiq axborot yuboradi.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi davlat organlarining axborotini o‘rganish asosida:
O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining bajarilishi holati samaradorligiga baho beradi;
O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining bajarilishini tegishli tarzda ta’minlash yuzasidan takliflar tayyorlaydi;
har yili 1 martga qadar bo‘lgan muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, alohida hollarda esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga umumlashtirilgan axborotni tegishli takliflar bilan kiritadi.
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bilan tartibga solinadigan masalalar o‘z vakolatiga kiradigan davlat organlari O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bajarilishi yuzasidan o‘z vakolatlari doirasida monitoringni amalga oshiradi.

Download 1,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish