4.2. Shartnomaviy munosabatlar.
Jamoa shartnomalari va jamoa kelishuvlari.
Mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish, ishtimoiy -siyosiy barqarorlikni ta’minlanshda mehnat munosabatlari ishtirokchilari urtasida uzaro samarli xamkorlikning yo‘lga kuyilishi muxim axamiyatga ega. Bunday xamkorlik qilinishi xodimlar manfaatlariga xam, ish beruvchi manfaatlariga xam tula muvofik keladi .
Ish beruvchilar va xodimlar jamoasi urtasidagi xamkorlikning asosiy shakllaridan biri jamoa shartnomalari va jamoa kelishuvlari tuzilishi, ularning ijro etilishini ta’minlanishidan iboratdir.
Jamoa shartnomasi ish beruvchi va xodimlar jamoasi o‘rtasidagi mehnatga oid ijtimoiy - iqtisodiy va kasbga oid munosabatlarni tartibga soluvchi kelishuvga ega bo‘lgan ichki hujjatdir.
Jamoa shartnomasi mazmuni korxonani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, xodimlarning mehnat va boshka ijtimoiy - iqtisodiy huquqlarni ta’minlash kabi masalalarni o‘z ichiga olib mehnat va ijtimoiy huquqlar sohasida korxonada qo‘llanadigan o‘ziga xos xususiyatilari, qo‘shimcha kafolatlarini aks ettiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksida jamoa shartnomasini tuzish tartibi, ijro etilishi, bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlash tartiblari va shakillari, uning talablari bajarilmaganligi uchun javobgarlik masalalari belgilangan. Jamoa shartnomasi tushunchasi, vazifalari, axamiyatga taalukli masalalar Mehnat kodeksida “Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida” gi Qonunlar va boshqa qoidalarda batafsil bayon etilgan.
Mulkchilik shaklidan ka’tiy nazari barcha korxonalarda jamoa shartnomasi tuzish va uni bajarilishini ta’minlash ijtimoiy adolatni qaror toptirishda katta axamyatga ega.
Jamoa kelishuvi – muayan kasb, tarmoq, hudud xodimlari uchun mehnat shartnomalari, ish bilan ta’minlash va ijtimoiy kafolatlarni belgilash borasidagi majburiyatlarni o‘z ichiga oluvchi xodimlar vakillik organlari bilan ish beruvchi vakillari o‘rtasidagi bitm, ichki me’yoriy hujjatdir. Jamoa shartnomasi mazmuni va shartlari uni tuzayotgan xodimlar vakillari, ish beruvchi yoki uning vakili tomonidan aniqlanadi, xamda amaldagi qonunlarga zid bo‘lmagan, taraflarning kamsitilishiga yo‘l qo‘yilmaydigan xar kanday shartlar kiritilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 37-moddasida, jamoa shartnomasidagi ish beruvchi va xodimlarning kuyidagi masalalar buyicha o‘zaro majburiyatlari ko‘zda tutilgan. Ular katoriga:
- Mehnatga hak to‘lash shakli, tizimi va mikdori, pul mukofotlari, nafaqalar, kompensasiyalar, qo‘shimcha to‘lovlar.
- narxlarning o‘zgarib borishi, infilatsiya darajasi, jamoa ko‘rsatkichlari bilan belgilangan ko‘rsatkichlarning bajarilishiga qarab mehnatga hak to‘lashning tartibga solish mexanizmi;
- xodimlarni ish bilan ta’minlash, qayta o‘kitish, ishdan bo‘shatib olish shartlari;
- ish vaqti va dam olish vaqti masalalari.
- mehnat sharoiti masalari;
- ijtmoiy sug‘urtaga ajratmalar;
- xususiylashtirish masalari;
- jamoa shartnomasini bajarilishini tekshirib borish kabilar kiritilishi mumkin.
Jamoa shartnomasiga boshqa majburiy yoki ixtiyoriy shatlar kiritilishi mumkin.
Jamoa shartnomasi taraflar belgilagan muddatda amal kiladi.
Jamoa shartnomasida nazarda tutilgan majburiyatlarning bajarilishini taraflarning vakillari, mehnat jamoasi shuningdek, O‘zbekistonn Respublikasi Mehnat vazirligining tegishli organlari tekshirib boradilar.
Jamoa shartnomasini imzolagan shaxslar xar yili yoki shartnomaning o‘zida kursatilgan muddatlarda majburiyatlarning bajarilishi haqida mehnat jamoasining umumiy majlisida hisobot berib turadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |