O’zbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi o’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti eshkak eshish nazariyasi va uslubiyati chirchiq-2020 yil



Download 4,17 Mb.
bet51/135
Sana21.04.2022
Hajmi4,17 Mb.
#571296
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   135
Bog'liq
Eshkak eshish referat

Eshishni yaxlit mustahkamlash. Eshishni yaxlit mustahkamlash olib o’tishning har xil vaziyatlarida gavda holatini aniqlovchi mashqlardan boshlanadi:
1. Qayiq harakatisiz eshkak eshish. Dastlabki holat – gavda to’g’irlangan. To’liq eshish bajariladi.
2. Qayiq harakatisiz eshkak eshish. Dastlabki holat – gavda ko’krakdan oldinga egilgan. To’liq eshish bajariladi.
Shug’ullanuvchilarning diqqati olib o’tish va o’tkazishda eshkak yuzasining gorizontal holatiga hamda olib o’tishda tirsak harakatiga qaratilishi lozim. Qo’llar to’g’irlanishini o’zgartirish eshkak harakati tezligini o’zgartirishi mumkin.
Keyin gavdani burishni o’rganishga kirishiladi “o’z tomoniga” bir eshkakli qayiqlarda eshkak eshishda va qo’llarni yonga “o’tkazish” – juft eshkakli qayiqlarda eshkak eshishda.
Gavdani burish shartli ravishda ikki qismga bo’linadi – tizzalargacha-oldinga va tizzalardan-yonga.
Nazorat savollari

  1. Akademik eshkak eshish texnikasini o’rgatish qaysi elementlardan boshlanadi?

  2. Akademik eshkak eshishda eshkakni ushlash qanday o’rgatiladi?

  3. Akademik eshkak eshishda asosiy va dastlabki holatni egallash qanday o’rgatiladi?

  4. Akademik eshkak eshishda eshish elementlari qanday o’rgatiladi?

  5. Akademik eshkak eshishda eshishni yaxlit mustahkamlash qanday amalga oshiriladi?

  6. Akademik eshkak eshishda eshish harakatlarini quruqlikda o’rgatish haqida nimalarni bilasiz?



14-mavzu. Baydarka va kanoeda eshkak eshish texnikasini o’rgatish uslubiyati


Baydarkada eshkak eshishda eshkakni ushlash, asosiy va dastlabki holatni egallashni va eshishni bajarishni o’rgatish. Baydarkada eshkak eshishni o’rgatish quruqlikda boshlanadi. Buning uchun yangi shug’ullanuvchiga ikki yuzali eshkak moslamasi va eshkakni individual tanlash qoidalari tushuntiriladi. Keyin shug’ullanuvchi tik turgan holda eshishni bajarishni immitatsiya qiladi. Butun diqqatni qo’l harakatiga, ayniqsa, itaruvchi qo’lning iloji boricha oldinga o’tkazishda to’xtashiga qaratiladi. Eshish harakatlari dastlabki holatda to’xtash bilan bajariladi. Bu yuzaga kelgan xatolarni to’g’irlashga imkon beradi.
Olib o’tish oxirini immitatsiya qilishda eshkak eshuvchining butun diqqati itaruvchi qo’lning to’xtashi vaqtida tortuvchi qo’l harakatiga qaratiladi. Bu harakatning bajarilishini nazorat qilish tortuvchi qo’lning tirsak va panjasi holati bo’yicha amalga oshiriladi. Tortuvchi qo’l tirsagi va panjasi taxminan bir xil darajada bo’ladi.
Tik turgan holatda immitatsiya qilishni o’rgangandan keyin shug’ullanuvchi xuddi shu mashqlarni o’tirgan holatda va o’quv apparatida bajaradi.
O’quv apparatida o’rgatish eshish texnikasini o’rgatishdan boshlanadi va quyidagi mashqlar qo’llaniladi:
Dastlabki holatda to’xtash bilan eshkak eshish. To’xtashlar murabbiy komandasi bo’yicha yoki sportchining o’zi belgilagan eshishlar sonidan so’ng bajariladi.
Eshkakni sekinlashtirib o’tkazish bilan eshkak eshish. Olib o’tish odatiy tezlik bilan bajariladi. Asosiy diqqat eshish ritmining to’g’riligi uchun olib o’tishda mushaklarning zo’riqishiga va tayyorlanishda ularning bo’shashishiga qaratiladi. Bulardan tashqari boshqa mashqlar ham qo’llaniladi, lekin bu ikki mashqning ahamiyati katta hisoblanadi. Chunki to’xtash vaqtida va sekinlashtirilgan o’tkazishni bajarishda tananing turli qismlarini va eshkakni nazorat qilish hamda tuzatishlar kiritish mumkin.
O’quv apparatida eshkak eshish ayrim eshish elementlarini – suvni ilishni, olib o’tishni va olib o’tish oxirini o’rgatishda foydalaniladi. Bu maqsadda qo’llaniladigan mashqlar bevosita qayiqda bajarilishi bilan ahamiyatlidir.
Ochiq suv havzasida eshkak eshishni o’rgatish baydarkani olib chiqish, suvga qo’yish va unga o’tirishni o’rgatishdan boshlanadi. Dastlab bittalik baydarkani ikki kishi bo’lib olib chiqish, keyin bir kishi qayiqni yelkaga qo’yib olib chiqish o’rgatiladi. Baydarkaga o’tirishni o’rgatish maxsus jihozlangan qirg’oqda amalga oshiriladi. Qayiq bortini qirg’oqqa yaqin qilib, eshkakni oldingi falshbortga yaqin qilib ko’ndalang qo’yiladi. Shug’ullanuvchi bir qo’li bilan falshbortdan mahkam ushlab, qayiqqa yaqin oyog’ini, keyin bir qo’l bilan qirg’oqqa tayanib ikkinchi oyog’ini qayiq tubiga qo’yadi. Shundan keyin ohista o’rindiqqa o’tiriladi.
Ko’p kishilik baydarkaga birinchi bo’lib tumshuq tomondagi eshkak eshuvchi o’tiradi. U qayiqqa o’tirib qirg’oqni ushlab turadi. Bu orqali jamoani boshqa a`zolarining qayiqqa bemalol o’tirishi ta`minlanadi.

Download 4,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish