Mashg’ulot jarayonini komplektlash va tashkil qilish. Quyidagi o’quv guruhlarini ajratish mumkin: boshlang’ich tayyorlov guruhlari (o’qish-3 yil), o’quv-mashg’ulot gurahlari (o’qish-4 yil), sport takomillashuvi guruhlari (o’qish-3 yil) va oliy sport mahorati guruhlari -3 yil va undan ko’proq.
BO’SM bo’limlari boshlang’ich tayyorlov guruhlari va o’quv mashg’ulot guruhlaridan shakllanadi.
O’quv-mashg’ulot guruhlari bitiruvchilarning yuqori sport natijalariga erishishlari va ularning sportda natijalarining o’sishlari uchun zarur sharoitlar mavjud bo’lganda sport takomillashuvi guruhlari yaratilishi mumkin.
Ixtisoslashtirilgan bolalar va o’smirlar olimpiya zahiralari maktablarida boshlang’ich tayyorlov guruhlari, o’quv-mashg’ulot va sport takomillashuvi guruhlari yaratiladi. Bu guruhlardan tashqari oliiy sport takomillashuvi guruhlari yaratilishi mumkin.
Oliy sport mahorati maktablarida faqatgina sport takomillashuvi va oliy sport mahorati guruhlari yaratiladi va faqat ayrim hollarda OSMMda o’quv-mashg’ulot guruhlari yaratilishi mumkin.
Sport turlari bo’yicha sport ixtisosligidagi maktab-internat bo’limlari mashg’ulotlarga eng qobiliyatli, BO’SMda muayyan tayyorgarlikni o’tgan yoki musobaqalarda o’zini yaxshi namoyon qilgan bolalar va o’smirlar konkurs saralash orqali komplektlanadi. SIMIda o’quv-mashg’ulot guruhlari va sport takomillashuvi guruhlari yaratiladi.
Barcha turdagi sport maktablari uchun yagona dastur tashkiliy tuzilmani yosh sportchilarning ko’p yillik tayyorgarligi-boshlang’ich tayyorlov guruhdan oliy sport mahorati guruhigacha-ilmiy-uslubiy tizim bilan qo’shib olib borishga imkon beradi.
Turli darajadan sport maktablarida zahiralar tayyorlashda qo’yidagi asosiy uslubiy qoidalari hisobga olinadi:
Sport maktablari dasturi doirasida texnik-taktik harakatlarga o’rgatish bilan nazariy masalalarni chuqur o’rganishni qo’shib olib borish.
Yosh sportchilar bilan ko’p yillik ishlash jarayonida mashg’ulot va musobaqa yuklamalarini qo’llashda tadrijiylik qoidalariga qat`iy riol qilish.
Sportchilarning ko’p yillik tayyorgarliklarini to’g’ri tashkil qilish va sport maktablari o’quvchilarning o’qish va tarbiya natijalarining birgalikdagi baholarini majburiy hisobga olingandagina bu qoidalarni mavuffaqiyatli amalga oshirish mumkin.
BO’SM va IBO’OZMda o’quv mashg’ulot darslari asosiy shakllari qo’yidagilardan iborat:
- jadval bo’yicha nazariy va amaliy guruhli darslar:
- shahsiy reja bo’yicha mashg’ulotlar, uy vazifalarini bajarish;
- o’quv videfilmlari va kinofilmlar, kinogramma va sport musobaqalarini tamosha qilish;
- sport maktabini otaliqqa olgan tashkilot tomonidan tasdiqlangan sport tadbirlarining kalendar rejasiga muvofiq sport musobaqalari, match musobaqalarida qatnashish.
Yil davomida o’quvchilarni o’quv mashg’ulotlari va faol dam olish bilan ta`minlash maqsadida sport maktablarida qishki va yozgi ta`til davrlarida sport sog’lomlashtirish oromgohlari tashkil etaladi.
Haftalar bo’yicha o’quv-mashg’ulot ishlarining hajmi va shiddati hisobini o’qituvchi-murabbiy jurnalda va sportchi kundalikda olib boradilar, ularda barcha rejalashtirilgan parametlar bo’yicha o’quv-mashg’ulot ishlarining bajarilishi aks ettiriladi.
Sport maktabi shifokori o’quv-mashg’ulot jarayonida va musobaqalar davrida tibbiy nazoratni amalga oshiradi.
Murabbiylar va maktab ishi sifatini ta`minlovchi eng asosiy omillardan biri-yosh sportchilarni saralash va guruhlarni komplektlashni tashkil qilish.
Talabalarni o’quv-mashg’ulot guruhlariga qabul qilish va guruhdan-guruhga hamda o’quv yiliga qarab o’tqazish quyida bayon etilgan antropometrik talabalarni hisobga olgan holda ushbu o’quv yillining barcha guruhlar mashqlarining ballar yig’indisi bo’yicha nazorat va o’tkazish me`yorlarini bajarganda murabbiylar kengashi qarori asosida amalga oshiriladi.
Sport guruhida har bir o’quv yili uchun qabul normativlari bo’lib oldingi o’quv yilining o’tkazish me`yorlari hisoblanadi. Barcha shug’ullanuvchi guruhlar uchun asosiy nazorat me`yori bo’lib, tayyorlov rejasida ko’zda tutilgan mashg’ulot yuklanmalarini bajarish hisoblanadi.
Bunda sport natijalari va qabul normativlardan tashqari sporchining jismoniy rivojlanish darajasi va dinamikasi, ahloqiy-irodaviy sifatlari va maqsadga intiluvchaligini hisobga olish zarur.