Izometrik mashqlar ishlab turgan mushaklar harakat birliklarining maksimal sonini birdaniga kuchaytirish imko-niyatiga ega. Ular quyidagilarga bo’linadi:
♦mushaklarning sust harakatidagi mashqlar (qo’llarda, elka-larda, belda og’irlikni ushlab turish) ;
♦ma`lum vaqt davomida va ma`lum holatda mushaklarning faol kuchayishidagi mashqlar(yarim bukilgan oyoqlarni to’g’rilash.)
Mushaklar haqida qisqacha ma`lumotlar. Mushak - anatomik to’qima bo’lib, asab impulslari ta`si-rida qisqaradigan, ko’ndalang - chiqish yoki silliq mushak to’qimasi-dan iborat bo’lgan inson tanasining organi.
Skelet mushaklari - skelet muskullari - alohida boylamlar tashkil qilib, biriktiruvchi to’qimalardan yupqa parda bilan o’ralgan. Mushaklar paylar orqali suyaklarga yopishadi va inson harakatlanishini ta`minlaydi.
Trener, jismoniy tarbiya o’qituvchisi yoki sportchi alohida mushak guruhlarining joylanishi va ular yordamida bajarila-digan harakatlarni yaxshi biladilar. SHuning uchun ular mashq dasturlarining mohiyatini va mazmunini yaxshiroq tushunadilar, mustaqil ravishda mashqlar majmuasiga zarur bo’lgan mashqlarni tanlab oladilar yoki bu mashg’ulotlarning dasturlarini mustaqil ravishda ishlab chiqa oladilar.
Tezlik kuchini rivojlantirish. Tezlik kuchi - nisbatan katta bo’lmagan tashqi qarshiliklarga qarshi tezkor harakatlar sharoitida namoyon bo’ladi va AMAning mushaklarni start va tezlanuvchi kuchini belgilovchi xususiyatlari bilan ta`daqlanadi.
Tezlik kuchini rivojlantirish uchun dinamik urinishlar usiladan foydalaniladi. Bu usul mashg’ulot mashqlarini maksimal tezlikda, nisbatan katta bo’lmagan - 30%gacha og’irlik bilan bajarishga asoslangan. Bunday usul tezlik - kuch qobiliyatlarini, tez va portlash kuchini rivojlantirish uchun qo’llaniladi.
Asosiy shartlardan biri - og’irlik harakat amallari tex-nikasiga halaqit bermasligi uni buzmasligi, hamda amal baja-rilish tezligini pasaytirmasligi lozim.
Kuch chidamliligini rivojlantirish. Kuch chidamliligi deb insonning tashqi qarshiliklarga uzoq vaqt bardosh berish yoki unga qarshi turish qobiliyatiga aytiladi. Kuch chidamliligini rivojlantirish murakkab texnologik jarayon hisoblanadi. Uning murakkabligi majmuali yondashuvning talablariga muvofiq bir mashg’ulotda ham vegetativ funksiyalarga, ham kuchni takomil-lashtirishga yo’naltirilgan ta`sir vositalarini qo’llashda ko’zga tashlanadi. Ta`sir vositalari va usullari shunday tanlanadiki,ular bir-biriga qarshi bo’lmasdan, chidamlilikning rivojlanishi va namoyon bo’lishiga ko’mak bermog’i, mashg’ulotdan mashg’ulotga natijalarning yaxshilanishiga olib kelishi kerak. Kuch chidamliligini rivojlantirish uchun takroriy chegaraviy bo’lmagan urinishlar usuli qo’llaniladi. Kuch chidamliligini rivojlanti-rishning bir necha yo’llari mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |