Topshiriqli matn
Bir bola ulg`aygach, otasi unga pul topib keltirishni buyuradi, lekin ko`ngilchan ona “O`g`lim qo`lini qavartirib qiynalib yurmasin ” ,deb eridan o`g`rincha pul beradi. Sezgir ota o`g`li keltirgan pulni o`tga tashlaydi. Bola beparvo, loqayt turaveradi. Bu hol ikkinchi bor ham takrorlanadi. O`g`lining uchinchi marta olib kelgan pulini o`tga otmoqchi bo`lganida, bola uning qo`liga yopishib , yondirmasligini so`raydi. Ota shundagina bu safar o`g`lining haqiqiy peshana teri bilan pul topganiga ishonadi va unga shunday deydi : “O`g`lim, mehnat bilan topilgan pul qadri mashaqqat bilan qo`lga kiritilgan barcha narsalar singari azizdir ”.
Topshiriq
1.Matnni qayta hikoya qiling.
2.Matndagi imlo xato bilan yozilgan so`zni aniqlang.
3.O`g`lim so`zi gapda qanday gap bo`lagi vazifasida kelganini aniqlang.
4. Matnda ishtirok etgan harflar birikmasi mavjud so`zga 3 ta misol keltiring.
8-Mavzu:
Ilmiy uslubning grammatik xususiyatlari.Akademik yozuv tushunchasi. Kasbiy nutq.
Do'stlaringiz bilan baham: |