Jismoniy tarbiya va sport sohasiga oid hujjatlar va ularning rasmiylashtirish.
Jismoniy tarbiya va sport sohasiga oid hujjatlar va ularning rasmiylashtirishda boshqaruv jarayoning murakkabligi serqirraligiga muvofiq ravishda idoraviy ish yuritish qog‘ozlari, hujjatlar ham xilma xil va miqdoran juda ko‘p. Hujjatlarni maqsadi, yo‘nalishi xajmi, shakli va boshqa bir qator sifatlari ham turlichadir. Hujjatlar tegishli jixatiga ko‘ra xizmat yoki rasmiy hujjatlar va shaxsiy hujjatlarga ajratiladi.
Hujjatlarning tayyorlanish xususiyati va darajasi ham benihoyat muhim. Bu jihatiga ko‘ra hujjatlar quyidagicha tasniflanadi: qoralama, asl nusxa, nusxa, ko‘chirma (dublikat).
Ma’muriy-boshqaruv faoliyatida xizmat mavqeiga ko‘ra hujjatlar quyidagicha tasniflanadi: tashkiliy hujjatlar, farmoyish hujjatlar, ma’lumot-axborot hujjatlari, xizmat yozishmalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |