Tashkiliy hujjatlar. Mazmuni tashkilot, muassasa va korxonalarning huquqiy maqomi, tarkibiy tarmoqlari va xodimlari boshqaruv jarayonining borishida jamoa ishtirokining qayd qilinishi, boshqa tashkilotlar bilan aloqalarning huquqiy tomonlari kabi masalalarni aks ettiradi. Bulardan tashqari, farmoyish hujjatlari (buyruq, ko‘rsatma, farmoyish), ma’lumot- axborot hujjatlari (dalolatnoma, ma’lumotnoma, ariza, tushuntirish xati, hisobot, ishonchnoma, tavsifnoma), xizmat yozishmalari kabi hujjatlarmavjud.
Hujjat matni aniqlik, ixchamlik, lo‘ndalik, mazmuniy to‘liqlik kabi talablarga javob berish kerak. Ushbu talablarga javob bera olmaydigan hujjat chinakam hujjat bo‘la olmaydi, bu kabi hujjatlar ish yuritish jarayoniga halaqit beradi, ishning samaradarligini pasaytiradi. Hujjatlar matnining xolislik, aniqlik, ixchamlik, lo‘ndalik, mazmuniy to‘liqlikdan iborat zaruriy sifatlari hujjatchilik tilining o‘ziga xos so‘z qo‘llash, morfologik va sintaktik xususiyatlar orqali ta’min etadi.Hujjatlar tilida ot turkumiga oid so‘zlar ko‘p qo‘llaniladi. Hatto fe’l bilan ifodalanuvchi harakatvaholatlarifodasiuchunhamotgayaqinso‘zshakllaritanlanadi,ya’ni
―harakatnomi deb ataluvchi so‘z shakllari faol ishlatiladi:
―....tayyorgarlikni borishi haqida,―..qarorning bajarilishi to‘g‘risida,
―...yordam byerish maqsadida,―...qabul qilishingizni so‘rayman kabi.
Fe’l shakllarining qo‘llanishida ham birmuncha o‘ziga xosliklar mavjud. Xususan, majhul nisbatdagi 3-shaxs buyruq-istak maylidagi yoki o‘tgan (yoki hozirgi-kelasi) zamondagi fe’l shakllarining qo‘llanish darajasi ancha yuqori:topshirilsin, tasdiqlansin, bajarilsin, bo‘shatilsin, tayinlansin;eshitildi, qaror qilindi, ko‘rib chiqildi, ko‘rsatib o‘tildikabi. Hujjatlardagi gap qurilishi tasniflash, mayda qismlarga ajratishga, qayd etuvchi va qaror qiluvchi qisimlarning birligiga, umuman, sabab-oqibat va shart oqibat munosabatlarga asoslanadi. Shuning uchun ham hujjatlarda uzun jumlalar, murakkablashgan, uyushiq bo‘lakli gaplar ko‘p qo‘llanadi. Gap tartibi, so‘z tartibiga qat’iy rioya qilinadi, badiiy va boshqa asarlarda mumkin bo‘lgan g‘ayriodatiy so‘z tartibi (inversiya)ga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatlarning mohiyati va maqsadiga muvofiq ravishda, ularda so‘roq va undov gaplar deyarli qo‘llanmaydi, asosan, darak va buyruq gaplar ishlatiladi. Zero, hujjatlarda tilning ikki vazifasi - xabar berish va buyurish vazifalari amalgaoshadi.
Masalan: ma’lumotnomada axborot ifodalanadi, buyruqda buyurish aks etadi, bayonnomada esa ham axborot (―eshitildi..), ham buyurish (―Qarorqilindi...) o‘z ifodasini topadi.
Hujjatlar matni birinchi shaxs yoki uchini shaxs tilida yoziladi. Yakka rahbar nomidan yoziladigan farmoyish hujjatlar (buyruq, farmoyish, ko‘rsatma kabilar) birinchi shaxs tilida bo‘ladi. Shuningdek, ayrim shaxs tomonidan yozilgan hujjatlar (ariza, tushuntirish xati kabi) ham birinchi shaxs, birlik, sonda yoziladi. Boshqa hujjatlar esa yo birinchi shaxs ko‘plik sonda, yoki uchinchi shaxs birlik sonda tuziladi:“...ga ruhsat berishingizniso‘raymiz”, “...deb hisoblaymiz”, ma’muriyat talab qiladi”, oshqarma so‘raydi”kabi.
Hujjat matni tuzishda turg‘unlashgan, qoliplashgan so‘z birikmalaridan ko‘proq foydalanish kerak. Chunki qoliplashgan, yagona doimiy shaklga ega bo‘lgan so‘z tizimlari, iboralar, muhandislik psixologiyasi ma’lumotlarga ko‘ra, boshqa so‘z birikmalariga qaraganda 8 – 10 marta tez idrok qilinar ekan. Shuni nazarda tutish kerakki qoliplashgan so‘z birikmalari hujjatlarni tayyorlash va ulardan foydalanish jarayonlarini anchagina tezlashtirish imkonini beradi.Shuningdek, har bir hujjat turining mohiyati va maqsadi bilan bog‘liq ravishda o‘ziga xos qoliplashgan sintaktik tuzilmalar shakllana boradi.
Masalan, buyruqda quyidagicha qoliplashgan tuzilmalar qo‘llanishi mumkin:“...so‘m maosh bilan ...lavozimigatayinlansin”;
“...o‘z xohishiga ko‘ra ...lavozimidan ozodqilinsin”;
“...boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan ...lavozimidan ozodqilinsin”;
Yoki xizmat yozishmalarida quyidagi tayyor nutq qurilmalari foydalanishmumkin:―Sizga...ni ma’lum qilamiz‖;
―Sizga...ni bildiramiz;
―Sizga...ni eslatamiz;
―...yordam tariqasida...;
―...munosabati bilan...;
―...qaroriga muvofiq ravishda...;
―...ga korxona ma’muriyati qarshi emas;
―...ga korxona kafolat byeradi.
―shu asosda,―shunga ko‘ra,―...ma’lum qilamizki,―...nie’tiborgaolib ,
―...ga ko‘ra,―...biz quyida imzo chyekuvchilar,―...ga asosan (muvofiq),―...uchun,
―...dan kelib chiqib,―...sharti bilan,―...berilsin,―...taqdirlansin kabi hujjat matnining darak-hikoya xarakterida bo‘lishini, so‘zlarning bir ma’noda ishlatilishini, badiiy-tasviriy vositalarning bo‘lmasligini, fe’lning majhullik va buyruq-istak shakllarining, qo‘chma gap turlarining keng qo‘llashmumkin.
Hamonki, har qanday hujjat, eng avvolo, axborot tashuvchi vosita ekan, uning axborot sig‘imini kengaytirish, fikrning teran mantiqli bo‘lishi muhimdir.
Shuning uchun hujjatda tilining ortiqchalik prinsipini chetlab o‘tish, so‘zlarning tejash prinsipidan oqilona foydalana bilish kerak. Buning uchun qisqartmalarni qo‘llash yaxshi natija beradi, bunda me’yorga qat’iy va izchil amal qilmoq lozim, chunki qisqartmalar o‘zbek tilining tabiatiga u qadar mos emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |