Biotin va uning uglevod almashinuvidagi vazifasi
Biotin (H vitamini) piruvatkarboksilaza fermentining faol markazi tarkibiga kiradi. Piruvat karboksilaza fermenti piruvatni karboksillanishi reaksiyasini katalizlaydi va oksaloatsetat hosil bo‘ladi. Biotin fermentga CO2 biriktirib, «CO2-ning faol shakli» yuzaga keladi. Biotin karboksilaza fermentining kofermenti vazifasini bajaradi va piruvat, a-ketoglutarat, aspartat kislotalarining karboksillanishireaksiyasida qatnashadi. Shuning uchun, biotin avitaminozida yuqoridagi kislotalarni karboksillanishi buzilib, ko‘p simptomli kasalliklar yuz beradi. Masalan: terilarning yallig‘lanishi, soch to‘kilishi, yog‘ bezlaridan ko‘p miqdorda yog‘ ajralishi (seboreya) va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |