Hokimiyatlar bo'linishi prinsipi. U demokratik jamiyatlarning siyosiy tizimiga xosdir. Mazkur prinsipning qo'llanishi hokimiyatning suiiste`mol qilinishiga to'siq qo'yadi, fuqarolarni mansabdor shaxslarning tazyiqidan himoya qiladi, davlat idoralari faoliyatining samarali bo'lishiga sharoit yaratadi.
Hokimiyatlar bo'linishi har bir hokimiyat tarmog'ining o'z vakolati doirasida mustaqil bo'lishini taqozo etadi. Shu bois, har qanday mamlakatda yagona qonun chiqaruvchi organ, yagona ijro etuvchi organ hamda yagona sudlov organi (tizimi) mavjud bo'lishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |