24
– huquqiy akt
– huquq ijodkorligi natijasi hisoblanadi
– umummajburiylik
– rasmiy hujjat ko‘rinishida tuziladi
– huquq me’yorlarini guruhlashda ma’lum bir tartibga rioya qilinadi.
Me’yoriy huquqiy hujjatlar turlari.
O‘zbekiston Respublikasining
2012-yil 24-dekabrdagi «
Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida
(yangi
tahriri)»gi qonunining 5-moddasi me’yoriy huquqiy hujjatlarning turlarini
aniqlaydi:
Quyidagilar me’yoriy huquqiy hujjat hisoblanadi:
– O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi;
– O‘zbekiston Respublikasi qonunlari;
– O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari;
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari;
– O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari;
– Vazirliklar, davlat komitetlari va tashkilotlari hujjatlari;
– Davlat hokimiyatining joylardagi organlari qarorlari.
Me’yoriy huquqiy hujjatlar qonunchilik hujjatlari hisoblanadi va
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligini tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston
Respublikasi
Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari
qonunchilik hujjatlari hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Vazirliklar, davlat komitetlari
va tashkilotlari aktlari, davlat hokimiyatining joylardagi organlari qarorlari
qonunosti hujjatlari hisoblanadi (ushbu qonunning 6-moddasi).
Axborot xavfsizligini ta’minlashda me’yoriy-huquqiy boshqaruvning
zarurligi.
Huquqiy baza axborotga egalik huquqiga va uni muhofaza
qilishga oid vazifalarni yechish imkonini berishi zarur. Himoyalanayotgan
axborotga tahdidni aniqlashi va uni himoyalash tartibini belgilashi kerak.
Huquqiy davlatda barcha
tashkilot va muassasalar, rahbar shaxslar va
fuqarolar faoliyati amaldagi qonunlar doirasida tashkil etilishi lozim.
Axborotni muhofaza qilish sohasiga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlarda:
– axborotni muhofaza qilish, uning maxfiyligi va himoya uchun
o‘rnatilgan qoidalar sohasida turli subyektlarning huquqlari ifodalanishi;
– himoyalanayotgan axborotga noqonuniy tahdid qilish yoki uning
egasiga zarar yetkazuvchi oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan
harakatlar
uchun jinoiy, ma’muriy, moddiy va ma’naviy javobgarlik
belgilanishi kerak.
25
O‘zbekiston Respublikasida axborot xavfsizligi va ma’lumotlarni
himoyalash bo‘yicha me’yoriy huquqiy hujjatlar.
Axborotni huquqiy himoya-
lash zaxira sifatida davlat va xalqaro miqyosda tan olingan hamda xalqaro shart-
noma, konvensiya va deklaratsiyalarda aniqlanadi. Davlat miqyosida axborotni
huquqiy himoyalash davlat va tashkilot hujjatlari orqali nazorat qilinadi.
Bizning mamlakatimizda bunday me’yoriy hujjatlarga Konstitutsiya,
O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, Hukumat qarorlari, fuqarolik, ma’muriy
va jinoyat kodekslarida keltirilgan tegishli moddalar kiradi. Tashkilot
me’yoriy hujjatlariga esa ushbu tashkilot doirasida amal qilinuvchi buyruq,
yo‘riqnoma, ko‘rsatma kabilar kiradi.
Axborot xavfsizligi va ma’lumotlarni himoyalash sohasida me’yoriy
huquqiy hujjatlarni qabul qilish va amal qilishda tizimli ketma-ketlik.
Xavfsizlikni ta’minlash muammosi kompleks xarakterga ega.
Uni hal
qilish uchun huquqiy hamda tashkiliy choralar va dasturiy-texnik
ta’minotni (identifikatsiya va autentifikatsiya; ruxsatni boshqarish;
protokollashtirish va audit; kriptografiya) birgalikda ko‘rish
talab etiladi
(misol uchun, korxona boshqaruvi miqyosida uning kompyuter axborot
tarmog‘ida axborot xavfsizligini ta’minlash uchun xavfsizlik siyosatini
ishlab chiqish hamda kerakli resurslar talab etiladi).
–
bu huquqiy asosda axborotni muhofaza qilishni
ta’minlovchi maxsus huquqiy aktlar,
qoidalar,
jarayonlar va tadbirlardir
Do'stlaringiz bilan baham: