Bosh miyaning shikastlanish hollari
Tinchlik davrida ham bosh suyak shikastlanishi tez-tez uchrab
turadi. Turli mamlakatlar statistikasi oxirgi o‘n yilliklarda bunday
turdagi shikastlanishlar soni ko‘payganligidan dalolat bermoqda. Bu
barcha turdagi transport vositalarining rivojlanishi hamda sanoat va
qishloq xo‘jaligida texnikaning keng qo‘llanishi bilan bog‘liqdir.
Urush davrida bosh suyak shikastlanishlari, kontuziyalar keskin
96
ortadi. Tinchlik vaqtida bosh suyagining yopiq shikastlanishi hollari
ko‘proq uchraydi.
Bosh suyak shikastlanishi ochiq va yopiq, ya’ni bosh suyaklar
yaxlitligining buzilishi yoki buzilmasligi bilan kechadigan turlarga
bo‘linadi. Bosh suyakning yopiq shikastlanishi hollarini guruh-
lashtirish xususida ko‘pincha «kommotsiyalar» (miya chayqalishlari),
«kontuziyalar» (miya lat yeyishlari), «kompressiyalar» (miyaning
ezilishlari) atamalari qo‘llaniladi.
Bunday lat yeyish hollarining to‘rt bosqichi ajratiladi: bosh-
lang‘ich bosqich, kuchaygan bosqich, kechki bosqich va ancha vaqt
o‘tgan davr.
Boshlang‘ich bosqichga
ongning turli darajada va muddatga
(karaxtlikdan boshlab komatoz holatgacha) buzilishi xos bo‘lib, ular
bevosita shikastlanishdan so‘ng boshlanadi. Ong buzilishining
asosida muhofaza xususiyatiga ega bo‘lgan miya hujayralari
tormozlanish ko‘rinishlari yotadi. Ong buzilishining chuqurligi va
davom etish muddati muhofazaviy tormozlanishning intensivligi va
tarqalganligiga bog‘liq. Olingan bosh miya jarohatining og‘irligiga
qarab ong buzilishining chuqurligi va davomiyligi haqida xulosa
chiqariladi. Koma holatida bemorlarda har xil tashqi ta’sirlarga,
jumladan og‘riq beruvchi ta’sirlarga javob reaksiyasining yo‘qligi,
rang oqarishi, ba’zan yuzning ko‘karishi kuzatiladi. Aksariyat
hollarda bosh miya jarohatidan bevosita keyin ong buzilishi komatoz
darajaga yetmay gangish yoki esning kirarli-chiqarli bo‘lib qolishi
tipi bo‘yicha kechadi. Bunda harakatlarda qo‘zg‘alish va
atrofdagilarni aniq idrok etmaslik kuzatiladi.
Ong tiniqlashgach ikkinchi bosqich boshlanadi.
Kuchaygan
bosqich
2–8 hafta davom etadi. Bu davrda, ayniqsa og‘ir kommot-
siyalardan keyin, umumiy tormozlanish va barcha ruhiy reaksiyalar-
ning sekinlashshuvi, keskin adinamiya kuzatiladi. Eyforiya va
tanqidiy qaramaslik bilan kechadigan psixomotor qo‘zg‘alishlar,
hattoki psixomotor qo‘zg‘alishli o‘tkir shikastlantiruvchi psixozlar
uchrashi mumkin. Shikastlanishdan keyingi o‘tkir davrning boshqa
alomatlariga psixoz bilan keskinlashgan hollarda ham, psixozsiz
hollarda ham harakat va ruhiyatning tormozlanishi, kayfiyat buzi-
lishlari bilan kechadigan jiddiy serebral asteniya simptomlari kiradi.
97
Bu davrda fikrlashning qiyinlashuvi yorqin namoyon bo‘ladi, xotira
buziladi, ruhiy toliqish va kuchli charchoq hollari kuzatiladi. Havo
kontuziyasi bo‘lganida ba’zan kar-soqovlik sindromi namoyon
bo‘ladi. Bosh miya jarohatlanishining o‘tkir davrida talvasa xurujlari
va turli xil boshqa nevrologik simptomlar (falaj, shol) uchrashi
mumkin. Yengil o‘tgan hollarda esa barcha kasallik ko‘rinishlari
o‘tkir davrdayoq kamayadi, odatda asteniya ancha uzoq cho‘ziladi.
Miya shikastlanishining
kechki bosqichida
ko‘pincha miya
qobig‘i va qobiq ostidagi o‘zaro munosabatlarning ancha buzilishi
bilan bog‘liq har xil isterik ko‘rinishlar kuzatiladi.
Ancha vaqt o‘tgan davrda
travmatik serebrosteniya, travmatik
serebropatiya (uning turlaridan biri travmatik aqli ojizlik) va
travmatik epilepsiya tipidagi qoldiq simptomlar kuzatiladi.
Travmatik serebrosteniyaning
ancha vaqt o‘tgan davri deganda
beqarorlik hodisalar bilan kechadigan tamoman ishdan chiqish va
toliqish sindromi tushuniladi. Bunday shaxslar yorqin ifodalangan
affektiv tutaqishga ega bo‘lgan katta emotsional labillik jihatlar bilan
ajralib turadilar. Noqulay tashqi sharoitda bemorlarning ahvoli
yomonlashadi. Dam olish odatda ularning o‘zini his qilishi
yaxshilanishiga olib boradi. Bemorlarda intellektual sohaga uncha
zarar yetmagan. Asablarning tamoman ishdan chiqishi va diqqatning
buzilishidan tashqari, xotiraning biroz pasayishi kuzatiladi. O‘tmish
xotiralari ancha saqlanib qolgan bo‘ladi.
Travmatik serebropatiyada ruhiy nuqsonlarning simptomlari
ancha yorqin ifodalangan bo‘ladi, xotira buzilishi, diqqatning
pasayishi, affektiv buzilishlar, ish qobiliyatining pasayishi kuzatiladi.
Falajlik va shollik ko‘rinishidagi nevrologik va harakat buzilishlari
aniq ko‘rinib turadi. Travmatik serebropatiyada psixopatologik
buzilishlar ancha xilma-xil ko‘rinishga ega bo‘ladi.
Organik psixopatiya yoki psixopatiyasimon holat deb tavsifla-
nuvchi shaxsning shikastlanishi katta sud psixiatrik baholashda
ahamiyatga ega bo‘ladi. Bunda emotsional beqarorlik bilan ajralib
turuvchi affektiv-irodaviy buzilishlar psixikaning tamoman ishdan
chiqishi bilan kechadi. Bemorlarda o‘ta ta’sirchanlik, «portlash»
bilan bir qatorda arzimagan sabablar tufayli kayfiyatning o‘zgarishiga
moyillik kuzatiladi. Travmatik serebropatiya bilan kasallangan
98
ko‘pchilik shaxslar spirtli ichimliklarni suiste’mol qiladilar, bu esa
shaxsdagi posttravmatik va alkogoldan bo‘ladigan o‘zgarishlar
hissasini aniqlashda qiyinchiliklar tug‘diradi.
Travmatik aqli zaiflikning
asosiy belgisi oliy aqliy funksiya-
larning, birinchi navbatda tafakkurning buzilishi bo‘lib, bu tanqidiy
qarashning buzilishi, xotiraning pasayishi, asablarning haddan
tashqari toliqishida namoyon bo‘ladi. Miya aterosklerozi, alkogolizm,
takroriy jarohatlar qo‘shilganida travmatik aqli ojizlik o‘sib boruvchi
xususiyat kasb etishi mumkin.
Travmatik epilepsiya.
Uning bosh miya jarohatlarining barcha
hollariga nisbatan uchrash tezligi 6 %dan 50–60 %gacha o‘zgarib
turadi. Travmatik epilepsiyaga psixopatologik ko‘rinishlarning xilma-
xilligi xosdir. Generalizatsiyalashgan talvsalar bilan kechadigan katta
epilepsiya xurujlari, kichik xurujlar, qisqa vaqtga ongning o‘chishi,
turli darajadagi va davomiylikdagi esi kirdi-chiqdi bo‘lish holatlari,
kayfiyat buzilishlari uchrab turadi va ular salbiy kechinmalar bilan
birga keladi.
Sud-psixiatrik baholash.
Bosh miya shikastlanishining boshlan-
g‘ich davrida huquqbuzarliklar ong buzilishi komatoz darajaga
yetmagan, balki gangish va esi kirdi-chiqdi bo‘lish (ong xiralashuvi)
holatida bo‘lgan taqdirda sodir etiladi. Agar huquqbuzarlik bu davrda
sodir etilsa, uni sodir etgan shaxs aqli noraso deb topiladi, chunki
unda bu davrda o‘z harakatlarini tushunish, ayniqsa boshqarish
imkoni bo‘lmaydi.
Travmatik shikastlanishlarning kechki bosqichlarida, ijtimoiy
mehnat adaptatsiyasi yetarli bo‘lgani holda xatti-harakatdagi
muayyan tormozlanish hollari kuzatilishi mumkin. Ushbu holat
subyektning o‘z xatti-harakatini boshqarishi mumkinligini istisno
etmaydi va travmatik miya shikastlanishi psixopatologik variantida
ko‘rilmog‘i kerak. Bosh miya shikastlanishining barqaror amnestik
sindrom yoki travmatik aqli ojizlik ko‘rinishidagi og‘ir oqibatlarida
aqli rasolik va muomala qobiliyatiga egalik masalasi salbiy hal
qilinadi. Subyekt huquqbuzarlik sodir etganidan keyin katta
oqibatlarga ega bo‘lgan bosh miya jarohatini olgan hollarda unga
nisbatan jazo qo‘llash mumkin emasligi va tibbiy yo‘sindagi chora
tayinlash masalasi kelib chiqadi. Agar ilgari sodir etilgan jinoyatlari
99
uchun hukm qilingan shaxslarda travmatik psixoz takroran paydo
bo‘lsa, yoki uzoq davom etsa, ular jazoni ijro etish muassasalarida
saqlanishlari mumkin emas, balki komissiyadan o‘tkazilishlari hamda
yashash joyida davolanishlari va kuzatilishlari kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |