O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/61
Sana31.05.2022
Hajmi0,53 Mb.
#623145
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   61
Bog'liq
2012-sud-psix-yallayev-lot unlocked

Sud-psixiatriya baholashi
. Kasallik bilan bog‘liq mayllar ta’sirida 
bemorlar atrofdagilarga ham, o‘zlariga ham xavfli bo‘lgan hara-
katlarni sodir etishlari mumkin. Involyutsion melanxoliya bilan 
og‘rigan bemorlar ba’zan o‘zlari va oila a’zolariga go‘yoki 
kutilayotgan azobli halokatdan qutulish uchun o‘z oilasini va o‘zini 
o‘ldiradilar. Bemorlar ta’qib etish yoki rashk xususiyatiga ega 
bo‘lgan vasvasa g‘oyalari ta’sirida boshqa shaxslar, xayoliy ta’qib 
etuvchilar yoki raqiblarga qarshi xavfli harakatlar sodir etishlari 
mumkin. Bemorlarni sud-psixiatriya ekspertizasiga yuborish nafaqat 
ularning ijtimoiy xavfli harakatlari, balki fuqarolik protsessiga 
aloqador masalalar (ajralishga oid ishlar, mulkiy bitimlar va h.k.) 
bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Sud-psixiatriya ekspertizasi ko‘pincha 
bemorlarning vasiyat qilish qobiliyati haqidagi masalaga ham javob 
berishi kerak.
Chuqur affektiv buzilishlar (xavotir va siqilish) yoki gallyutsi-
natsiya ko‘rinishdagi vasvasa kechinmalari holatida jinoyat sodir 
etgan bemorlar aqli noraso deb topiladi.


94
Ayrim shaxslarda keksalik oldi psixozi sud ishi boshlanganidan 
keyin yoki jazo o‘tash davrida rivojlanishi mumkin. Bunday hollarda 
tekshirilayotgan shaxslarning javobgarligi masalasi turlicha hal 
qilinadi. Affektiv buzilishlari mavjud bo‘lgan, ammo kasallik 
nisbatan yengil kechayotgan bemorlar ruhiy kasallar shifoxonasida 
vaqtincha statsionar sharoitda davolanishga muhtoj bo‘ladilar. 
Kasallik holatidan o‘tgach ular jazo o‘tashni davom ettirishlari 
mumkin.
Qarilik psixozlari (senil psixozlar)
organizmning yosh bilan 
bog‘liq patologik o‘zgarishlari bilan bog‘liq bo‘lib, kuchayib 
borayotgan aqli ojizlik, affektiv buzilishlari va gallyutsinator-vasvasa 
kechinmalarida namoyon bo‘ladi. Kasallik odatda oz-ozdan, sezilmay 
boshlanadi. Asta-sekin bemorning ruhiy qiyofasi o‘zgaradi. Aksariyat 
hollarda illat 70 yoshdan va undan ham keyinroq yuzaga keladi. 
Erkaklar va ayollar o‘rtasidagi kasallikka chalinish ehtimolligi 
taxminan bir xil. Qarilik psixozlari klinikasida (kechishida) ikki turi – 
keksalik aqli pastligi va qarilik psixozlari ajratiladi.
Keksalik aqli pastligida tanqidiy qarash darajasi, fikrlash 
qobiliyati keskin pasayadi. Vaqt va makonda yo‘nalish olish 
qobiliyati buziladi, vaziyat va sharoitni yaxlit to‘g‘ri baholash 
mumkin bo‘lmaydi. Xotiraning avvalo kundalik hodisalarga nisbatan 
buzilishlari namoyon bo‘ladi, keyinchalik u ancha ilgari ro‘y bergan 
voqealarga taqaladi. Xotiradagi kamchiliklarni bemorlar o‘ylab 
topilgan hodisalar bilan to‘ldiradilar. Bemorlarning hissiy holati 
keskin torayadi, xulqda loqaydlik va turg‘unlik namoyon bo‘ladi, 
bemorlar hech narsa bilan shug‘ullana olmaydilar, bezovtalanadilar, 
narsalarini yig‘ishtiradilar, qayergadir ketishga urinadilar, ko‘p 
hollarda bemorlarning xatti-harakati mayl buzilishlari – ishtaha 
ochilishi va boshqa holatlar bilan belgilanadi. Bemorlar ochofatlik 
bilan ko‘p ovqat yeydilar, ovqat qoldiqlarini to‘playdilar, o‘zlarini 
boqmayotganliklaridan shikoyat qiladilar. Jinsiy tiyilmaslik rashk 
g‘oyalarida va kichik yoshdagi bolalarga nisbatan turli xatti-
harakatlarga urinishlarda namoyon bo‘ladi. 
Qarilik psixozlari chog‘ida vasvasa va gallyutsinator kechinmalar 
ko‘rinishidagi ruhiy buzilishlar ham aqli pastlik kabi tez-tez uchrab 
turadi. Qarilik psixozining bunday shakli bemorlarda aksariyat 


95
hollarda kasallikning boshlang‘ich davrida yorqin ko‘rinib turgan aqli 
ojizliksiz kuzatiladi. Depressiya fonida bemorlar o‘zlarini birovlar 
ta’qib etayotganligi, aybdor, gunohkor va qashshoq bo‘lib 
qolganliklari haqidagi vasvasa g‘oyalarini bildiradilar va hokazo. 
Bunday g‘oyalar aniq vaziyat va shart-sharoit bilan bog‘liq bo‘ladi. 
Vasvasa so‘zlarida mavjud voqelikdagi ayrim faktlar bo‘ladi. 
Vasvasa kechinmalari bilan bir qatorda gallyutsinatsiyalar ham 
kuzatiladi. Gallyutsinatsiyalar barcha turlarda uchraydi va mazmunan 
vasvasa g‘oyalar bilan bog‘liq bo‘ladi. 
Sud-psixiatriya baholashi.
Bemorlar aqli ojizligi, shuningdek 
vasvasa motivlari bilan bog‘liq ravishda xavfli xatti-harakatlar sodir 
etishlari mumkin. Jinsiy buzilish bilan kechadigan kasalliklarda 
bemorlar yosh bolalar va voyaga yetmaganlarga nisbatan buzuq 
harakatlar sodir etadilar. Vasvasa g‘oyalari rashk bilan bog‘liq 
bo‘lganida xotini, eri yoki tasavvuridagi dushmanni o‘ldirishga 
suiqasdlar bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha bunday bemorlarni fuqarolik 
ishlari, masalan, meros, hadya dalolatnomalari, bitimlar, nikoh tuzish 
kabi ishlar bilan bog‘liq hollarda sud-psixiatriya ekspertizasi 
o‘tkazish zarurligi haqidagi masala yuzaga keladi. Shuni nazarda 
tutish lozimki, qartayganlikning jismoniy va ruhiy belgilari 
mavjudligining o‘zi hadya bilan bog‘liq nizolar, meros va boshqa 
bitimlarni imzolash uchun muomala layoqatiga egalikni istisno 
etmasligi mumkin.
Keksalik psixozi aqli ojizlik, shuningdek yorqin ifodalangan 
depressiv kechinmalar shaklida namoyon bo‘lganida bemorlar aqli 
noraso va muomala layoqatiga ega emas deb topiladilar. Jazoni ijro 
etish muassasalari jazo o‘tayotgan shaxs keksalik psixozi bilan 
kasallangan taqdirda bundan keyin jazo o‘tashdan ozod qilinadi. 

Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish