Muallif asab tizimining uchta asosiy
xususiyatiga alohida aha-
miyat beradi, chunonchi: 1) qo‘zg‘alish jarayoni va tormozlanish
(to‘xtalish) jarayonining kuchi; 2) qo‘zg‘alish kuchi bilan tormozla-
nish kuchi o‘rtasidagi muvozanatlik darajasi (asab tizimining muvoza-
natlashgani); 3) qo‘zg‘alishning tormozlanishi bilan almashinish tezli-
gi (asab jarayonlarining harakatchanligi). Uning ko‘rsatishicha, har bir
hayvonning temperamenti ham mazkur xususiyatlarning u yoki buni-
siga aloqador bo‘lmay, balki
ularning majmuaviy tarziga, qonuniy
birlashuviga bog‘liqdir.
I. P. Pavlov shartli reflektor faoliyatining individual xususiyatlari
bilan temperamentga aloqador asab tizimi xususiyatlarining o‘zaro
qo‘shiluvini asab tizimining turi deb nomlaydi va uni to‘rtta turga
ajratadi: a) kuchli,
muvozanatli, epchil; b) kuchli, muvozanatsiz,
epchil; ) kuchli, muvozanatli, sust; d) kuchsiz tur.
Gippokratning to‘rt xil modda (suyuqliklar) aralashmasi, ya’ni
«temperament» tushunchasi va uning tipologiyasi (sangvinik, xolerik,
flegmatik, melanxolik) ramziy ma’noda
hozirgi zamon psixologiyasi-
da ham qo‘llanib kelinmoqda.
Organizmda suyuqliklarning aralashuvi (u qonning ko‘pligi bilan
tavsiflanadi)
sangvinik temperament deb ataladi (lotin tilidagi «sang-
vis» – qon so‘zidan); limfa ko‘p bo‘lganda
flegmatik temperament
(yunoncha «flegma» – shilimshiq parda degani); sariq o‘tning ko‘pay-
ganligini xolerik temperament (yunoncha «xola» – o‘t so‘zidan); qora
o‘t ko‘p bo‘lganda
melanxolik temperament deb (yunoncha «melayna
xole» – qora o‘t) deb ataladi.
Kishi temperamenti haqidagi tasavvur, odatda, shu shaxsning
ayrim psixologik xususiyatlari asosida vujudga keladi.
Sezgilari psixik faollikka ega bo‘lgan, atrofda bo‘layotgan vazifa-
larga tez munosabatini bildiruvchi, taassurotlarni hadeb o‘zgartirishga
intiluvchi, ko‘ngilsizliklarni nisbatan yengil o‘tkazib yuboruvchi,
jonli, harakatchan, ifodali mimikasi va harakatlari bo‘lgan
kishi
sangvinik deyiladi.
Yuragi keng, barqaror intilishlarga va kayfiyatlarga, doimiy va
chuqurroq his-tuyg‘ularga ega, harakatlari va nutqi bir xil maromda
bo‘lgan, ruhiy holatini tashqi tomondan ifoda etadigan kishi
flegmatik
deb ataladi.
83
Juda g‘ayratli, ishga juda ehtiros bilan berilish qobiliyatiga ega
bo‘lgan, tez va shiddatli, qizg‘in emotsional «portlash» va kayfiyat-
ning keskin o‘zgarishlariga moyil, ildam
harakatlar qiladigan kishi
xolerik deb ataladi.
Ta’sirchan, chuqur kechinmali, gap ko‘tara olmaydigan, ammo
atrofdagi voqealarga unchalik e’tibor bermaydigan, o‘zini to‘xtata ola-
digan va sekin ovoz chiqaradigan kishilar
melanxoliklar deb ataladi.
Kishilarning oliy asab faoliyati turlarini tavsiflovchi asab jarayon-
lari kuchi, muvozanati va harakatchanligining u yoki bu nisbati ular
temperamentining fiziologik asosidir.
I. P. Pavlov o‘rganish uchun oliy asab tizimini oldi. Uning fikri-
cha, shartli reflekslar asab tizimining xususiyatlari asosida paydo bo‘-
ladi. I. P. Pavlov ana shunday xususiyatlarning uchtasini ajratib ko‘r-
satadi:
1) qo‘zg‘alish va
tormozlanish jaryonining kuchi;
2) qo‘zg‘alish kuchi bilan tormozlanish kuchi o‘rtasidagi muvoza-
nat darajasi;
3) qo‘zg‘alishning tormozlanish bilan almashish tezligi yoki
boshqacha qilib aytganda, asab jarayonining harakatchanligi.
Muvozanat qo‘zg‘alish jarayoni va tormozlanish jarayonining
muayyan tengligidir. Bu jarayonlar kuch jihatidan bir-biri bilan
muvozanatda bo‘lishi yoki bo‘lmasligi mumkin.
Harakatchanlik bir jarayonning boshqa jarayonga almashish tezli-
gidir. U sharoitning tasodifiy va tez o‘zgarishiga ko‘nikishni ta’min-
laydi.
I. P. Pavlov
shu narsani aniqlaydiki, temperament yuqorida aytil-
gan xususiyatlarning bittasiga emas, balki ularning birikmasiga bog‘-
liq. Temperamentni aniqlaydigan asab tizimi xususiyatlarining bunday
uyg‘unlashganligi asab tizimining turi deb ataladi. Asab tizimining
asosan, to‘rt turi bor. Ulardan uchtasi kuchli va bittasi kuchsizdir:
1) kuchli, muvozanatsiz, behalovat – xolerik;
2) kuchli, muvozanatli, epchil – sangvinik;
3) kuchli, muvozanatli, sust – flegmatik;
4) kuchsiz – melanxolik.
Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining faoliyatida tem-
peramentning o‘rni beqiyosdir. Shuni unutmaslik kerakki, tempera-
mentning yaxshi yoki yomon ko‘rinishi mavjud emas. Chunki har bir
84
temperament turi o‘ziga xosdir. Turli jabhalarida xizmat burchini ba-
jarayotgan huquqni muhofaza qilish organlarining xodimlari
faoliyatida turli xildagi temperament vakillarini ko‘rishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: