3. “Iqtisodiyotni yana-da rivojlantirish va liberallashtirish” deb nomlangan uchinchi yo‘nalishda milliy valyuta va narxlarning barqarorligini taʼminlash, valyutani tartibga solish, O‘zbekistonga xorij investitsiyalarini keng jalb qilish, yetakchi xalqaro va chet el moliyaviy institutlari bilan aloqalarni kengaytirish, eksportga mo‘ljallangan tovarlar ishlab chiqarishga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, mamlakatning xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yuksaltirish, umuman, mamlakat iqtisodini jadal rivojlantirish bo‘yicha tegishli vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari muhim o‘rin tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |