Milliy g‘oya
|
Xalqning tub manfaatlarini ifoda etadigan, uni o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlari sari birlashtiradigan va safarbar etadigan g‘oyadir.
|
|
Renessans
|
Fransuzcha - “Uyg‘onish”, “qayta tug‘ilish” demakdir. Markaziy Osiyo, Eron, Xitoy
(IX-XII va XV-asrlar), G‘arbiy Yevropada yuz bergan alohida madaniy va tafakkuriy taraqqiyot davri. “Renessans” atamasi dastlab Italiyadagi madaniy-maʼnaviy yuksalish (XIV-XVI-asrlar)ga nisbatan qo‘llanilgan, uni o‘rta asrchilik turg‘unligidan yangi davrga o‘tish bosqichi deb baholaganlar.
|
|
Gender tengligi
|
xotin-qizlar va erkaklar o‘rtasidagi munosabatlarning jamiyat hayoti va faoliyatining barcha sohalarida namoyon bo‘ladigan ijtimoiy tengligi.
|
|
Ombudsman
|
Shvedchada “ombudsman” - biron kishi manfaatlarining vakili. Turli xil maʼmuriy organlar tomonidan inson huquqlariga rioya etishini nazorat qilish uchun saylab (tayinlab) qo‘yiladigan mansabdor shaxs.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |