Profilaktika inspektorlari faoliyati bo‘yicha
|
mahalla osoyishtaligini taʼminlash bilan bog‘liq huquqbuzarliklar bo‘yicha maʼmuriy jazo qo‘llash vakolati kengaytiriladi;
|
vakolatiga kiruvchi maʼmuriy huquqbuzarliklar bo‘yicha ish yurituvi to‘liq elektron shaklga o‘tkaziladi;
|
sud majlislarida “masofaviy” tarzda qatnashish amaliyoti joriy etiladi;
|
shaxslarni profilaktik hisobga olishning elektron tizimi joriy etiladi;
|
profilaktik hisobga olinadigan shaxslar ro‘yxati qisqartiriladi;
|
|
Yagona “poytaxt mintaqasi” tamoyili asosida
|
Toshkent shahridagi patrul-post xizmati batalyonlari Toshkent shahar IIBBning bevosita bo‘ysunuvidan chiqarilib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri tuman ichki ishlar organlari tarkibiga o‘tkaziladi;
|
Toshkent shahar va Toshkent viloyati IIBBlari boshliqlarining hamraisligida Jamoat xavfsizligini taʼminlash masalalari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil etiladi;
|
Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya va Toshkent shahar hokimligining Toshkent shahar IIBB huzurida Yagona tezkor boshqaruv markazi tashkil etiladi;
|
|
|