Mavzu Elektron hukumat tizimi va uning ahamiyati
Reja:
1 Elektron hukumat tizimi va uning ahamiyati
2 Elektron hukumat tizimini rivojlantirish. Elektron xujumatni joriy etishning xalqaro tajribasi
3 Elektron hukumat tizimini rivojlantirish – korrupsiyaga qarshi kurashning muhim boʼgʼini
Elektron hukumat — Barcha ham „ichki“, ham „tashqi“ aloqalar va jarayonlar majmuasi bo'lib, tegishli axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan quvvatlanib va taʼminlanib turadigan hukumat. Kommunikatsiya tarmoqlari (shu jumladan Internet) orqali axborotga ishlov berish, uni uzatish va tarqatishni elektron vositalari asosida davlat boshqaruvini tashkil qilishni, davlat hokimiyati organlarini barcha boʻgʻinlari tomonidan fuqarolarning barcha toifalariga elektron vositalar bilan xizmatlar koʻrsatish, oʻsha vositalar yordamida fuqarolarga davlat organlarining faoliyati haqida axborot berish. „Elektron hukumat“ tushunchasi 1990-yillarning boshida paydo boʻlgan, lekin amaliyotga soʻnggi yilardan boshlab tatbiq qilina boshladi. Elektron hukumatni ishlab chiqish bilan birinchi galda AQSh va Angliya, hamda Italiya, Norvegiya, Singapur, Avstraliya va ayrim boshqa davlatlar (Fransiya, Germaniya, Katar, BAA va h.k.) shugʻullandilar. Elektron hukumatning uch asosiy rivojlanishi tizimi ajratiladi:- hukumat- aholi (G2C);- hukumat — biznes (G2B);- hukumat — hukumat (G2 G).Oʻzbekistonda ham elektron hukumat barpo qilish ishlari boshlab yuborilgan. Jahon tajribasiga mavjud amaliyotga koʻra, u ikki oʻzaro bogʻlangan, lekin funksional jihatdan mustaqil qismlardan, Hukumat Intranetidan va tashqi infratuzilmadan tarkib topgan. Hukumat Intraneti axborot tizimining ichki infratuzilmasini qamrab oladi, u davlat tuzilmalari tomonidan davlat korporativ vazifalarini amalga oshirishdagi oʻzaro munosabatlarda foydalaniladi. Tashqi infratuzilma, davlatni fuqarolar (G2C) va tashkilotlar (G2B) bilan oʻzaro ishlashini taʼminlaydigan ommaviy axborot infratuzilmasini qamrab oladi. Axborot kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) taraqqiy etishi bilan hayotimizni qulayliklar bilan boyitish maqsadida taqdim etilayotgan tejamkor va ishonchli imkoniyatlardan biri «Elektron hukumat» tizimining joriy etilishidir. Ma’lumki, «Elektron hukumat» tizimi jahon amaliyotida o‘zining afzalliklarini namoyon etib ulgurgan tizim hisoblanadi. O‘zbekistonimizda ham keng miqyosda rivojlanib borayotgan mazkur tizim mamlakatimiz davlat hokimiyati organlari, biznes sohasi, ayniqsa, fuqarolarga turli davlat xizmatlarini ko‘rsatish bilan axborot xizmatini taqdim etadi. Mazkur dolzarb masala haqida batafsil ma’lumotlar olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi huzuridagi “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi direktori Sherzod Habibullaxo‘jayevga savollar bilan murojaat etdik.
— «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazining asosiy vazifalari nimalardan iborat?
— O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi huzuridagi «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazi (keyingi o‘rinlarda markaz) «Elektron hukumat» tizimi borasida jahondagi rivojlanish odimlari hamda xorijiy mamlakatlar tajribasini tahlil qilish va tadqiq etish asosida takomillashtirish va yanada rivojlantirishning strategik yo‘nalishlarini ishlab chiqish maqsadida tashkil etilgan. Bundan tashqari, markaz davlat organlarida foydalaniladigan ma’lumotlar bazasi va axborot-resurslarini loyihalashtirish, ishlab chiqish va mujassamlashtirish mexanizmini nazarda tutadigan «Elektron hukumat» tizimini shakllantirishga yagona texnologik yondashuvni ta’minlashi, loyihalarini amalga oshirishni ta’minlovchi me’yoriy-huquqiy bazaning tashkil etilishiga yordam berishi zarur. Markazning muhim vazifalaridan yana biri davlat organlari faoliyatining funksional va operatsiya jarayonlarini tizimli asosda qayta tashkil etish, davlat xizmatlari ko‘rsatish bilan bog‘liq biznes jarayonlarini boshqarishning innovatsion mexanizmlarini joriy etish, takomillashtirish va optimallashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlashdan iboratdir. Shuni ham ta’kidlash lozimki, markaz «Elektron hukumat» tizimining samarali joriy etilishi uchun amaldagi me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish bo‘yicha tahlil va takliflarni tayyorlaydi.Shu bilan birga, markaz tizimli monitoring o‘tkazish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish holati va rivojlantirishga baho berish, jumladan, axborot tizimlari va resurslaridan foydalanish samaradorligini o‘rganish, shuningdek, «Elektron hukumat» tizimi doirasida davlat organlari faoliyatiga AKT’ni joriy etishning samaradorligini baholashning reyting tizimini yuritish ishlarini olib boradi.
Bundan tashqari, «Elektron hukumat» tizimi loyihalarini amalga oshirishda interaktiv davlat xizmatlarini taqdim etish va foydalanish samarali tayanch ko‘rsatkichlari usullarini ishlab chiqish ham markazning muhim vazifalaridan hisoblanadi. Yana shuni ham ta’kidlash zarurki, O‘zbekistonda elektron hukumat tizimini joriy etish: interaktiv xizmatlar imkoniyatini taqdim etish; hokimiyat organlari hisobotlarining ochiq-oydinligi; xizmatlarga ulanishning qulayligi va individuallashtirilganligi; siyosiy jarayonlarda fuqarolar ishtirokining axborotlashganligi va natijaliligi; axborotlarning erkin almashinuvi; aholi va biznes sohasiga davlat xizmatlari ko‘rsatishni optimallashtirish; fuqarolar o‘z-o‘ziga xizmat imkoniyatlarini qo‘llab-quvvatlash va kengaytirish; mamlakat rahbariyatining barcha saylovlar hamda davlat boshqaruvi jarayonlarida ishtiroklari darajasini oshirish va boshqalarni yanada yaxshilashga qodir davlat boshqaruvining mukammal elektron apparatini yaratishdan iborat.
— Markaz va mintaqaviy bo‘linmalar tashkiliy tuzilmasi va ularda faoliyat yurituvchi xodimlar tarkibi borasida to‘xtalsangiz.
— O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi huzuridagi «Elektron hukumat» tizimida har biri o‘z vazifalariga ega bo‘lgan, bir necha bo‘limdan tashkil topgan quyidagi yettita departament mavjud:
Strategik rejalashtirish va prognozlash departamentining vazifalari — «Elektron hukumat» tizimini joriy etish va yanada rivojlantirish rejalarini tuzish, zamonaviy va xalqaro tendensiyalarning tayanch rivojlanish yo‘nalishlarini belgilash, shuningdek, tizimni samarali joriy etishga ta’sir etuvchi dalillarni jamlash va tahlil etish, maxsus tadqiqotlarni tayyorlashdan iborat.Operatsion va funksional jarayonlarini optimallashtirish departamenti mavjud jarayonlar bo‘yicha tahlil o‘tkazish hamda davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari faoliyati jarayonlari operatsion va funksional jarayonlarini tizimli optimallashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, «Elektron hukumat» tizimini joriy etish doirasida aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini ko‘rsatishni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash, shuningdek, interaktiv davlat xizmatlarini ko‘rsatish va foydalanishda samarali ko‘rsatkichlarni aniqlash usullarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi.
AKT’ni joriy etish holatini tahlil etish va holatini baholash departamentining asosiy vazifalariga: davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari, mahalliy hokimiyat organlari, shuningdek, mintaqalarda AKT joriy etilishi holatining monitoringi, davlat va xo‘jalik boshqaruv organlariga AKT joriy etilishi holatini tahlil etish va baholash kiradi. Elektron hukumat axborot tizimini rivojlantirish departamenti majburiyatlariga elektron hukumat arxitekturalarini va axborot tizimlari majmuasini rivojlantirish, shuningdek, axborot tizimlarida ekspertiza o‘tkazish vazifalari kiradi.
Navbatdagi bo‘linma — Elektron hukumat axborot-resurslarini rivojlantirish departamenti — elektron hukumat ma’lumotlar bazasini markazlashtirish, idoraviy axborot-resurslari, shuningdek, interaktiv xizmatlar yagona portalini rivojlantirish bilan shug‘ullanadi.
Mintaqalarda «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish departamenti — kompyuterlashtirish markazlarini muvofiqlashtirish va mintaqalarda foydalanuvchilarni qo‘llab-quvvatlash markazlarini rivojlantirish ishlari bilan shug‘ullanadi.Bulardan tashqari, markaz tarkibida Ixtisoslashgan tuzilmaviy bo‘linmalar faoliyatlarini muvofiqlashtirish departamenti ham faoliyat yuritadi, uning majburiyatlariga davlat organlari va xo‘jalik boshqaruv organlari, shuningdek, mahalliy hukumat organlari maxsus bo‘linmalarining faoliyatlarini muvofiqlashtirish kiradi. Yuqorida sanab o‘tilgan departamentlardan tashqari, Markaz tuzilmasiga moliyaviy, xalqaro, shuningdek, boshqa bo‘lim ma’muriy xodimlari xizmatlari ham kiradi.Markaz xodimlari tarkibi — juda xilma-xil bo‘lib, ham ko‘p yillik tajribaga ega, ham yosh mutaxassislardan tashkil topgan. Markazni malakali xodimlar bilan to‘liq ta’minlash uchun hozirgi vaqtda 500dan ortiq nomzod-izlanuvchilar rezyume (ma’lumotnomalari) ko‘rib chiqilmoqda. Hozirgi davrda markazda 74 nafar xodim faoliyat yuritadi. Ulardan, 5 nafari «Iste’dod» Respublika Prezidenti jamg‘armasi granti sohiblari, bir xodimimiz O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat Boshqaruvi Akademiyasining doktorlik ilmiy darajasi izlanuvchisi, 2 nafar xodim Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universiteti doktorlik ilmiy darajasi izlanuvchilaridir, 35 nafar xodim magistr, 36 nafari bakalavr darajasiga ega mutaxassis, 10 nafar xodim AQSH, Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya, Germaniya, Avstraliya, Shveytsariya, Rossiya kabi xorijiy mamlakatlar oliy ta’lim muassasalarida tahsil olgan mutaxassislar, shuningdek, 10 nafari chet ellarda malaka oshirganlik sertifikatiga ega xodimlardir.Shuni ham ta’kidlash zarurki, markaz malakali xodimlarni saralab olishga yo‘naltirilgan o‘z ishlarini davom ettirib, Toshkent shahridagi 12ta yetakchi oliy ta’lim muassasalari, xususan, Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiyasi Universiteti, Toshkentdagi Xalqaro Vestminster Universiteti, Toshkentdagi Menejmentni rivojlantirish Singapur instituti va boshqa OTMlarning bitiruvchi hamda magistrlari bilan uchrashuv-suhbatlar o‘tkazmoqda. Mazkur oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilaridan ko‘plab rezyume (obyektivkalar) qabul qilingan. Ularning safidan munosiblarini saralab olish hamda kelgusida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti qoshidagi «Elektron hukumat» o‘quv markazida malaka oshirishlarini rejalashtirganmiz. Shundan keyin muvaffaqiyat bilan attestatsiyadan o‘tgan talabgorlarni ishga qabul qilish uchun suhbatga taklif etiladilar.
— Markaz faoliyati, dastlabki natijalar borasida so‘z yuritsangiz.
— Markaz tashkil etilganiga ko‘p bo‘lgani yo‘q, biroq shunga qaramay, talaygina ishlar amalga oshirildi. Sohaga oid qonunchilik-me’yoriy bazasi shakllantirildi va yanada takomillashtirish bo‘yicha faol ishlar olib borilmoqda. Davlatimiz tomonidan 2013–2020 yillarda O‘zbekiston axborot-kommunikatsiya tizimlarini kompleks rivojlantirish dasturi qabul qilinib, unda aholining davlat hokimiyati organlari bilan elektron shaklda o‘zaro aloqalarda bo‘lishini ta’minlash, davlat boshqaruvi tizimida «yagona oyna» tamoyilini joriy etish bo‘yicha vazifalar belgilandi. «Elektron hukumat» axborot tizimlarini va ma’lumotlar bazasi komplekslarini yaratish bo‘yicha tadbirlar belgilab berildi. «Elektron hukumat» tizimini joriy etish bo‘yicha taklif etilgan choralar samaradorligini baholash uchun davlat organlarida interfaol xizmatlarning turli sohalari va yo‘nalishlari bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar va indikatorlar ishlab chiqildi.
Bundan tashqari, vazirliklar va idoralar tomonidan kelishish uchun Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasiga taqdim etilgan Davlat rahbariyati va Hukumati darajasida qabul qilinadigan me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalari har tomonlama o‘rganildi hamda «Elektron hukumat to‘g‘risida»gi Qonun loyihalari bo‘yicha takliflar taqdim etildi. Hozirgi davrda hujjat idoralararo ishchi guruh tomonidan ko‘rib chiqish uchun taqdim etilgan; «Elektron tijorat to‘g‘risida»gi Qonun; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlarini taqdim etish bo‘yicha «yagona oyna» mar-kazlari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi Farmoni; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 25-noyabrdagi «Tadbirkorlik subyektlarini Internet tarmog‘i orqali davlat ro‘yxatidan o‘tkazish mexanizmini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 312-sonli Qarori va qator boshqa hujjatlar.Davlat organlari faoliyati funksional va operatsion jarayonlarini qayta tashkil qilish, shu jumladan, davlat xizmatlarini taqdim etish bilan bog‘liq bo‘lgan biznes-jarayonlarini boshqarishni yaxshilash, takomillashtirish va innovatsion mexanizmlarini joriy etishga qaratilgan ishlar faol olib borilmoqda. Barchaga ma’lumki, elektron hukumat tizimini yaratish kam vaqt sarflab, yanada samarali boshqaruvni ta’minlash bilan birga, jamiyat hamda hukumat o‘rtasidagi aloqalarni tubdan o‘zgartirishni ham ta’minlaydi.Hozirgi holatga kelib, Markaz xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi bilan hamkorlikda Toshkent shahri yo‘lovchi transporti ishini tashkil etish tizimini takomillashtirish bo‘yicha ishlar boshlab yuborilgan. Xususan, «8-Avtosaroy» OAJ ish jarayonini maqsadli o‘rganish o‘tkazildi. Ish jarayonlarini o‘rganish natijalari bo‘yicha aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash va boshqaruv tizimini yaxshilash bo‘yicha takliflar va tavsiyalar bilan Axborot-tahliliy ma’lumotnoma taqdim etildi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi ushbu hujjatni «Toshshahartransxizmat» tizimi boshqa avtoparklarida hisobga olish uchun va xulosalari hamda tavsiyalaridan amaliy foydalanishni tavsiya etdi.
Shu bilan birga Markaz xodimlari tomonidan AKT’ni rivojlantirish va Davlat bojxona qo‘mitasi (DBQ) va «Toshkent-tovar» (TIY tovar posti) tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida eksportni bojxona rasmiylashtirish amallarini maqsadli o‘rganish o‘tkazildi.
Bundan tashqari, hozirga kelib, Markaz tomonidan «Yergeodezkadastr davlat qo‘mitasi» xodimlari bilan hamkorlikda ko‘chmas mulkka huquqlar o‘zgarishini davlat ro‘yxati xizmatlari operatsion jarayonlarini o‘rganish va yaxshilash bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqish ishlari yakunlandi va «O‘zbekenergo» DAK hamda Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi bilan hamkorlikda yer uchastkalari berish, qurilishga ruxsat berish hamda elektr quvvati ta’minoti obyektlariga ulanish masalalarini o‘rganish davom ettirilmoqda.Davlat hokimiyati organlari faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining joriy etilishi holati va rivojlantirilishini tizimli monitoring qilish doirasida, Markaz xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 31-dekabrdagi Qarorining bajarilishi yo‘lida yilning 1-choragi bo‘yicha 123ta ixtisoslashtirilgan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tizimi bo‘limlari hamda mahalliy hukumat organlarida davlat hokimiyati axborot faoliyatini joriy etish va rivojlantirish holatini baholash o‘tkazilib, unda axborot tizimlari va resurslarini joriy etish hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish samaradorligini reytingli baholash tizimining joriy etilishi o‘rganildi.Elektron hukumat arxitekturasini hamda axborot tizimlarini rivojlantirish va axborot tizimlari ekspertizasini o‘tkazish yo‘nalishi bo‘yicha qator ishlar olib borilmoqda. Markazga kelishuv bo‘yicha texnik loyihalar, texnik topshiriqlar, TIA va OTIH, konsepsiyalar va takliflar kelib tushadi, xodimlar tomonidan ularning ekspertizasi o‘tkaziladi va ular bo‘yicha ko‘rsatmalar hamda takliflar ishlab chiqiladi. Ular orasida EHAT «E-hujjat» versiyasini yaratish, mobil qurilmalarda «E-XAT» dan foydalanish uchun; yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha «Newjob» hisobot yuritishning avtomatlashtirilgan axborot tizimi kabi va ko‘plab boshqa loyihalarni ko‘rsatish mumkin.Qo‘shimcha qilib, bugungi kunda elektron hukumat tizimining samarali elementlari sifatida 20dan ortiq loyihalar amalga oshirilganligini ta’kidlab o‘tish lozim. Shu jumladan: Tashkilotlar hamda yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasida elektron-axborot o‘zaro munosabatlari infratuzilmasi tizimini tashkil etuvchi elementi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Hukumat portali — gov.uz har qanday fuqaro yoki korxona, tashkilot, muassasa vakili O‘zbekiston davlat hokimiyati barcha elementlari bo‘yicha to‘la axborot olishi hamda bevosita gov.uz portali orqali elektron ko‘rinishda davlat hokimiyati u yoki bu organiga rasmiy so‘rovnoma jo‘natishi mumkin. Bundan tashqari, mazkur portalda Asosiy davlat interfaol xizmatlari to‘la reyestri berilgan.
Internet tarmog‘ida my.gov.uz manzilida «yagona oyna» rejimida davlat interfaol xizmatlari Yagona portalining ishga tushirilishi ushbu yo‘nalishdagi ishlarning mantiqiy davomi hisoblanadi. Ushbu portal 2013-yil 14-fevralda davlatimiz rahbarining Farmoniga muvofiq, «Obod turmush yili» Davlat dasturiga asosan va 2012-yil 30-dekabrda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatishni hisobga olgan holda, Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 378-sonli Qaroriga muvofiq tashkil etilgan.
Davlat interfaol xizmatlari yagona portali fuqarolar va davlat organlari o‘rtasidagi ko‘prik hisoblanib, u turli xususiyatdagi hayotiy muammolarni hal etish imkonini beradi. Turli masalalar bo‘yicha tegishli davlat organlariga murojaatlar eng ommaviy xizmatlardan biri hisoblanadi. Ommaviy xizmatlardan biri turli masalalar bo‘yicha tegishli davlat organlariga murojaat etish bo‘lib hisoblanadi. Hozirgi vaqtda uy-joy-kommunal xizmatlari, ta’lim, sog‘liqni saqlash bo‘yicha ko‘plab savollar bilan murojaat etadilar. Bugungi kunda yagona portal orqali 20tadan ortiq yo‘nalish bo‘yicha 300dan ortiq interaktiv xizmat ko‘rsatiladi. Ular orasida, jumladan, statsionar telefon aloqasi xizmatlariga ulanish va yuridik hamda jismoniy shaxslar uchun internet, soliqlar bo‘yicha qarzdorlik mavjud emasligi haqida ma’lumotnoma olish, telekommunikatsiyalar va boshqa sohalar bo‘yicha litsenziyalar olish kabi xizmatlar avtomatik rejimda taqdim etiladi.
Bundan tashqari, 2014-yil 25-yanvar kunidan boshlab portal orqali tadbirkorlar bevosita O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziriga o‘z murojaatlarini jo‘nata olish imkoniga ega bo‘ldilar. Yangi xizmat turli talabnomalarni ko‘rib chiqish muddatini asoslanmagan tarzda cho‘zish, kreditlar yoki yer uchastkalari ajratilishi tartibining buzilishi, xususiy tekshiruvlar va moliya-xo‘jalik faoliyatiga boshqa noqonuniy aralashuvlar, tadbirkorlikning rivojlanishi uchun subyektiv omillar va byurokratik to‘siqlar kabi muammolarni hal etishga yo‘naltirilgan.Shu bilan birga, interaktiv davlat xizmatlari yagona portali onlayn rejimida, «O‘zbektelekom» AK taqdim etadigan telekommunikatsiya xizmatlariga so‘mli onlayn plastik kartochkalaridan foydalanib, to‘lovni amalga oshirish imkonini beradi. Yaqin vaqtlarda, «O‘zbekenergo» DAK xizmatlariga to‘lovni amalga oshirish bo‘yicha servis ishga tushadi. Shuningdek, aloqa, axborotlashtirish va
telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi mutaxassislari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va boshqa vazirlik hamda idoralar bilan hamkorlikda davlat bojlari va boshqa yig‘imlar onlayn-to‘lov masalalari qayta ishlanmoqda. Bulardan tashqari, xodimlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, hamkorlikda ilmiy-tadqiqotlar o‘tkazish, elektron hukumat sohasida ilmiy-amaliy konferensiya va seminarlar o‘tkazish, iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning turli tarmoqlarida axborot tizimlarini joriy etish, jumladan, «elektron ta’lim», «elektron sog‘liqni saqlash», «elektron soliq solish», «elektron bojxona» va boshqalar ko‘zda tutilgan.
— Markazning xalqaro hamkorlik sohasidagi asosiy yo‘nalishlari, kelgusi rejalaringiz haqida ham so‘zlab bersangiz.
— «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazi «Elektron hukumat» axborot tizimlarini joriy etish bo‘yicha jamlangan ilg‘or tajribalarni o‘rganish, eng yaxshilarini o‘zi mas’ul bo‘lgan faoliyatda qo‘llash maqsadida xorijiy hamkorlari bilan xalqaro aloqalarni faol va bevosita yo‘lga qo‘ymoqda hamda rivojlantirmoqda. Bugungi kunda elektron hukumatni rivojlantirish sohasida tajriba almashish yo‘li bilan hamkorlik, tadqiqotlar, davlat boshqaruvini modernizatsiyalash jarayonlari bilimlari hamda zamonaviy usullarini o‘rganishni ko‘zda tutuvchi Davlat boshqaruvi Koreya instituti (KIPA) va Axborot jamiyati masalalari bo‘yicha milliy agentlik (NIA) bilan o‘zaro hamjihatlik to‘g‘risidagi Memorandum imzolandi.
Mazkur hujjatlar joriy yil aprel oyida «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazi delegatsiyasining Koreya Respublikasiga tashrifi davrida imzolangandi. Shuningdek, ushbu tashrif doirasida delegatsiya «O‘tish davri sharoitlarida davlat boshqaruvi islohotlari: yutuqlarning asosiy yo‘llari va metodlari» mavzusidagi nufuzli xalqaro konferensiyasida ishtirok etdi. Shu bilan birga, davlat axborot-resurslari va tizimlarini shakllantirish uchun ma’lumotlarni qayta ishlash zamonaviy markazlarini yaratish bo‘yicha tajriba o‘rganish maqsadida Axborot va kompyuterlashtirishni qayta ishlash milliy agentligi (NCIA) bilan, shuningdek, jamoat transporti tizimida AKT’ni joriy etish masalalari bo‘yicha hamkorlik qilish imkoniyatlarining istiqbol yo‘nalishlari masalalarini muhokama etish Seuldagi Transport nazorat-axborot markazi (Seoul TOPIS)da uchrashuvlar o‘tkazildi. Koreyalik hamkorlar bilan hamkorlikni rivojlantirish doirasida joriy yil mart oyida Axborot jamiyati masalalari bo‘yicha milliy agentlik (NIA) vakillari bilan videokonferensiya o‘tkazildi. NIA xodimlari tomonidan mamlakatda «Elektron hukumat» tizimini joriy etish bo‘yicha tayanch institut sifatida tashkiliy tuzilma va o‘z rivojlanish yo‘li tajribalari haqida taqdimot o‘tkazildi. Shu bilan bir vaqtda, markaz uchun axborot texnologiyalari industriyasini rivojlantirish bo‘yicha milliy agentlik (NIPA) hamda Koreya Axborot jamiyatini rivojlantirish instituti (KISDI) kabi Koreya Respublikasi yetakchi tashkilotlari tomonidan maslahatli hamkorlikka jalb etish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda. Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) bilan hamkorlik doirasida «O‘zbekiston aholisi orasida kompyuter savodxonligi darajasini oshirish tizimini yaratish va rivojlantirish» Konsepsiyasi loyihasi tayyorlandi va Qo‘mita AKT’ni strategik rivojlantirish bo‘limiga topshirildi. Konsepsiyada aholining kompyuter savodxonligini yaxlit va umumiy hajmda oshirish hamda interaktiv davlat xizmatlariga ulanishda teng sharoitlar bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan. Konsepsiya loyihasi O‘zbekiston Respublikasi tegishli vazirlik va idoralariga muvofiqlashtirish uchun tayyorlanmoqda. Bundan tashqari, BMT rivojlanish dasturi hamkorlik mexanizmi, jumladan, «davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini yaxshilash uchun Elektron hukumatni ilgari surish» loyihasi yo‘lga qo‘yilmoqda. Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonida muvofiqlashtirish bosqichida. «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazi Jahon Banki bilan hamkorlik texnik dasturi doirasida salohiyatli yo‘nalishlarni amalga oshirish, jumladan, e-Hukumat sohasida salohiyatni yaratish; e-Hukumat uchun maqbul sharoitlarni yaratish, jumladan, muvofiq siyosat va qonunlarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, keng polosali aloqani kengaytirish uchun salohiyatlarni yaratish bo‘yicha o‘z takliflari va aniq tadbirlarni taqdim etdi. Bundan tashqari, Markaz faoliyatiga axborot texnologiyalari sohasida faoliyat yurituvchi mamlakatimiz va umuman, hukumat faoliyatiga hamda elektron hukumat tizimi rivojiga chuqur hurmat bilan yondashuvchi ko‘plab SAP, Andmevara AS, Oracle, Microsoft, ESET kabi xorijiy kompaniyalar qiziqmoqda. Albatta, markaz oldida aholi manfaatlarini ko‘zda tutgan, vaqt va mablag‘ni tejash imkonini beruvchi kechiktirib bo‘lmaydigan muhim vazifalar ko‘p. Davlat organlari, biznes vakillari hamda aholi o‘rtasidagi aloqani mustahkamlashda o‘z vazifalarini muvaffaqiyat bilan amalga oshirish hamda taqdim etiladigan imkoniyatlarda mazkur «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazining o‘rni muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur vazifalar markazning belgilab qo‘yilgan kelgusidagi istiqbol rejalari asosida amalga oshiriladi.
Elektron hukumat davlat organlarining jismoniy hamda yuridik shaxslarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida davlat xizmatlari koʼrsatishga oid faoliyatini, shuningdek idoralar oʼrtasida elektron hamkorlik qilishni taʼminlashga yoʼanltirilgan tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar va texnik vositalar tizimi hisoblanadi.
Elektron hukumatni turlicha taʼriflash mumkin. Keng maʼnoda, elektron hukumatning vazifalari va xizmatlar koʼrsatishi hamda faoliyatini rivojlantirish uchun Аxborot kommunikatsiya texnologiyalari (АKT)ni qoʼllash koʼrinishida belgilanishi mumkin.
Jumladan bugungi globallashuv makoni va zamonida barcha sohalarning elektronlashuvi oʼz oʼzidan davlat va jamiyat boshqaruvining ham elektronlashuvini taqozo etmoqda. Bu esa hokimiyat organlarining xalq oldida shaffof va adolatli xizmat koʼrsatishi, shuningndek ochiqlik va qonuniylik printsipining bosh mezoni hamdir.
Elektron davlat» ning joriy etilishi 90-yillarda davlat boshqaruvi islohotlaridan boshlanadi. Bugungi kunda, turli davlatlarda elektron hukumat loyihalarini amalga oshirish amaliyotida, "bir darcha, to'xtash" deb nomlanuvchi kontseptsiyani (ya'ni, "to'xtovsiz" rejimda ishlaydigan yagona tizimni) rivojlantirishga ustuvor ahamiyat beriladi - bosqichma-bosqich hukumatning axborot portallarini qurish, bu ma'lumotlarga keng kirish imkoniyatini beradi. davlat va jamoat boshqaruvi vakolatlari doirasidagi xizmatlar. Ushbu portallar va intranet aloqalar orqali federal va mintaqaviy darajadagi davlat idoralari o'rtasida axborot aloqalari yaratiladi, ya'ni "vertikal ravishda" iqtisodiy, huquqiy, statistik va boshqa ma'lumotlar almashinuvi tashkil etiladi. Bundan tashqari, davlat axborot portallari doirasida davlat tuzilmalariga o'z vazifalarini bajarish uchun qo'shimcha imkoniyatlar berish maqsadida tovarlar va xizmatlarning elektron bozori yaratilmoqda: manfaatdor biznes davlat buyurtmalari va turli xil ijtimoiy dasturlarni amalga oshirish bo'yicha kim oshdi savdosida qatnashmoqda. Hukumat portallarini rivojlantirishning navbatdagi bosqichi bu "elektron demokratiya" sari intilish, fuqarolar va davlat, aholi va hokimiyatning barcha tarmoqlari, elektorat va parlament o'rtasida o'zaro munosabatlarning yangi shakllarini yaratish, elektron saylov tizimini joriy etishgacha.
Hukumat portallarining eng ko'p talab qilinadigan va talab qilinadigan funktsiyalari toifasiga, shubhasiz, turli xil davlat organlari va davlat boshqaruvining keng omma uchun mo'ljallangan juda ko'p va "tarqalib ketgan" axborot resurslariga kirishni tashkil etish kiradi. Aholini davlat idoralari faoliyati to'g'risida ma'lumot bilan ta'minlaydigan ushbu resurslardan jamoatchilikning foydalanishini soddalashtirish va jamiyat va davlat o'rtasida kompyuter aloqasini ta'minlash uchun foydalanuvchilar uchun qulay interfeysni yaratish, hukumatning elektron hukumat tizimini yaratish va davlat obro'sini oshirishga intilishining jiddiyligini ko'rsatishi mumkin.Elektron hukumatning ko'p funktsiyali portallari fuqarolar uchun tuzilmalar ochiqligini va echimlarga tez kirishni, shuningdek soliq to'lovchilarning mablag'larini tejashni ta'minlaydigan boshqaruvni avtomatlashtirish tizimini yashirmoqda. Bugungi kunda elektron hukumatni shakllantirish vazifalari uchun barcha shartlar va echimlarga javob beradigan yagona shablon mavjud emas. Har bir mamlakatda o'ziga xos sharoitlar, ustuvorliklar va mavjud resurslarning o'ziga xos birikmasi mavjud.Bir qator mamlakatlarda misollarni ko'rib chiqing:
Buyuk Britaniya
Buyuk Britaniyaning Markaziy hukumat portali (http://www.ukonline.gov.uk) hukumat to'g'risida umumiy ma'lumotlarni taqdim etadi. U turli manbalardan olingan ma'lumot va maslahat xizmatlarini birlashtiradi.Ko'pincha bitta "hayot epizodi" ga tegishli ma'lumotlar va xizmatlar turli davlat idoralari tomonidan taqdim etiladi va boshqa manbalarda bitta manbadan olinmaydi. Onlayn xizmatlarni hayotning muayyan epizodlari atrofida guruhlash fuqarolar va davlat o'rtasidagi aloqani osonlashtirish uchun mo'ljallangan. Portal shuningdek, "Tez qidiruv" deb nomlangan rivojlangan qidiruv xizmatini taqdim etadi, bu hukumat ma'lumotlari dengizi orqali navigatsiyani soddalashtiradi. Ukonlinegov.uk markaziy hukumat portali fuqarolar va biznes uchun mavjud bo'lgan davlat xizmatlarining tavsiflari va havolalarini taqdim etadi.Portal rivojlanar ekan, unda boshqa hukumat veb-saytlariga yangi havolalar, tavsiflar va xizmatlar va ma'lumotlarga havolalar bo'ladi. Ukonline.gov.uk shuningdek, fuqarolarga "Fuqarolar maydoni" deb nomlangan bo'lim orqali turli mavzularni muhokama qilish imkoniyatini beradi. Bo'lim ijtimoiy hayot sohasidagi o'zgarishlarning rejalari haqida ma'lumot beradi va fuqarolarga o'z fikrlarini bildirishga imkon beradi.Ukonline.gov.uk markaziy hukumat portali hukumatning boshqa barcha ma'lumotlari va xizmatlari uchun tabiiy boshlanish nuqtasi sifatida aniq belgilangan, bu erda fuqarolar ham hukumat bilan o'zaro bog'lanishlari mumkin.
Buyuk Britaniya elektron hukumat asoslarini puxta va bosqichma-bosqich qurish yo'liga o'tdi. Ushbu yondashuvning mohiyati yangi xizmatlarni ishga tushirishdan oldin birinchi navbatda asosiy infratuzilma qurilish bloklarini qurishdir. Infratuzilma xizmatlarni yanada kengaytirish imkoniyatini beradigan hukumat shlyuzi (http://www.gateway.gov.uk) orqali ta'minlanadi. Ushbu sayt hukumat bilan xavfsiz bitimlarni amalga oshirish uchun markazlashtirilgan ro'yxatga olish xizmatlarini taqdim etadi. Ukonline.gov.uk markaziy hukumat portalining loyihasi va Hukumat shlyuzi Buyuk Britaniyaning elektron hukumat konsepsiyasining ikkita muhim tashabbusidir. Shu bilan birga, Ukonline.gov.uk markaziy hukumat portali fuqarolarga xizmatlarni tashkillashtirish va etkazib berishni o'zgartirishning muhim elementi, davlat xizmatlarining yaxshiroq integratsiyasini ta'minlash vositasi va onlayn rejimida taqdim etish uchun barcha davlat ma'lumotlarini birlashtirish vositasi sifatida qaraladi.
Bunga erishish uchun Ukonline.gov.uk quyidagilarni ta'minlaydi: fuqarolar uchun davlat ma'lumotlari va davlat xizmatlarini olish uchun markaziy kirish joyi, turli kanallar orqali davlat bilan interfaol aloqaga kirish va davlat va xususiy tashkilotlar uchun sheriklik imkoniyatlarini taqdim etish. xizmatlarni taqdim etish, fuqarolar davlat bilan operatsiyalarni amalga oshirishlari mumkin bo'lgan xavfsiz ijro etish muhiti.
Hukumat shlyuzining vazifasi turli xil davlat idoralarini fuqarolarga integratsiyalashgan va oshkora xizmatlar ko'rsatish uchun birlashtirishni ta'minlashdan iborat. Shluzi kerakli marshrutlash va xizmatlarni birlashtirishni, shuningdek xavfsizlik va autentifikatsiya qilishning zarur vositalarini ta'minlaydi. Buyuk Britaniya hukumat tizimlari va texnologiyalarining muvofiqligini ta'minlashi kerak bo'lgan standartlar va protokollarga katta e'tibor beradi.AQShda elektron hukumat individual shtatlar hukumatlari asosida amalga oshiriladi. Mustaqil ravishda, federal funktsiyalarni, masalan, prezidentlik vazifasini bajaradigan axborotlashtirish loyihalari mavjud: http://www.whitehouse.gov. Bu yerdan oddiy amerikalik alohida federal bo'limlarning saytlariga kirishlari mumkin. Florida tajribasini (http://www.myflorida.com) elektron hukumat g'oyasining namunali timsoli sifatida keltirish mumkin. Bu erda nafaqat davlatning o'zi (tarix, madaniyat), hayot uchun zarur bo'lgan ma'lumotlar (falokatlar prognozi, ushbu shovqin tez-tez uchrab turadigan dovullar paytida xatti-harakatlar uchun ko'rsatmalar), balki boshqa ko'plab muhim ma'lumotlar va funktsiyalar mavjud. Masalan, haydovchilik guvohnomasining haqiqiyligini onlayn tekshirish (formadagi raqamni kiriting - javob olasiz), Florida shtatidagi arxitektorlarning faoliyatini litsenziyalash to'g'risidagi guvohnoma va PDF formatida to'ldirish uchun tegishli shakllarni to'ldirish (siz litsenziyani ololmaysiz yoki hech bo'lmaganda Internet orqali haq to'lamaysiz).Agar biron-bir sababga ko'ra odam hokimiyatga mustaqil ravishda kelishi kerak bo'lsa - u osonlikcha to'g'ri manzilni topadi, uning maqomini (AQSh fuqarosi, immigrant, mehmon), tashrifning maqsadi (ismini yoki manzilini o'zgartirib, mototsikl haydash uchun yozma imtihon topshirishgacha) - va tomoshabin vaqtini aniqlaydi. Biroq, xizmatning bunday yuqori darajasi bema'nilik emas: Florida shtatidagi ovozlarni hisoblash Jorj Bushning Oq uyiga olib kelgan saylovlar paytida janjalga sabab bo'lganini eslash kifoya. Qo'shma Shtatlar rasmiylari (inglizlardan farqli o'laroq, o'zlarini elektron hukumat g'oyalarini ishlab chiqish va amalga oshirishning tashabbuskori va kashshofi deb hisoblashadi) federal hukumat portali http://www.firstgov.gov rivojlanishining oxirgi bosqichini boshladilar, taxminan 27 million atrofida. davlat xizmatlarini ko'rsatish bilan bog'liq davlat idoralari. Asosiy elektron yutuqlardan biri Amerika elektron hukumatining tashkilotchilari, ularning ma'lumotlariga ko'ra 2006 yilda mamlakatda undiriladigan barcha soliqlarning 15 foizi (600 milliard dollardan ortiq) Internet orqali amalga oshirilganligini o'z ichiga oladi. Biroq, bunday ta'sirchan raqamlarga qaramay, Accenture mutaxassislari davlatni va aholi o'rtasidagi tarmoq aloqasi bo'yicha AQShni dunyoda uchinchi o'rinda qoldirmoqdalar: tahlilchilar fikriga ko'ra, hozirda AQSh Kanada va Singapurdan ustundir. Frantsiya elektron hukumatining yaratilishidagi muhim qadam 2000 yilda yagona tarmoq oynasi orqali foydalanuvchilarga mamlakatning barcha darajadagi qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlarining 2600 saytlariga kirish huquqini taqdim etgan markazlashtirilgan ma'muriy-davlat Internet portalining qurilishi bo'ldi. shuningdek Evropa Ittifoqi va uning tarkibiga kiruvchi alohida davlatlarning 2 mingdan ortiq veb-resurslari. Shunisi qiziqki, portal ish boshlagan birinchi yilning o'zida 600 mingdan oshiq frantsuz fuqarosi o'sha paytda mamlakatda Internetdan foydalanuvchilarning umumiy soni 6 millionga etganiga qaramay, uning xizmatlaridan foydalangan. Frantsuz elektron hukumat portali (http://www.service-public.fr) foydalanuvchiga o'zaro aloqa qilishning uchta variantini taklif etadi - bu saytga tashrif buyurgan roliga qarab: oddiy rezident, mutaxassis (bo'lim professional masalalarga bag'ishlangan) va fuqaro. Asosan, sayt informatsion xarakterga ega va zarur hujjatlar va protseduralar (masalan, nikoh shartnomasi bo'yicha nikohni ro'yxatdan o'tkazish), tariflar va soliqlar to'g'risidagi ma'lumotlarni o'z ichiga oladi. Har qanday tematik bo'limda havolalar tegishli vazirliklarning veb-saytlariga olib boradi, bu erda funktsiyalar to'plami faoliyat sohasiga qarab farq qilishi mumkin.Ushbu imkoniyatlar ortida ko'p ishlar qilinmoqda. Xozirgi kunda Frantsiya davlat idoralarining aksariyati ichki tarmoqlar asosida ishlamoqda, barcha bo'limlarni birlashtiradigan tarmoqni yaratish bo'yicha ishlar olib borilmoqda. Hozirda korxonalar va jismoniy shaxslarning soliq deklaratsiyasini Internet orqali to'ldirish mumkin. Frantsiyada elektron hukumatning foydalanuvchilar bazasini kengaytirishda bir qator to'siqlar mavjud. Capgemini tadqiqotlarining natijalariga ko'ra, asosiy to'siqlar fuqarolik aholisining ayrim qatlamlarining ko'plab vakillari tomonidan an'anaviy tarzda taqdim etiladigan "elektron" orqali "insoniy" aloqalarni afzal ko'rishi, shuningdek Internetda tarqalayotgan ma'lumotlarning maxfiyligi va maxfiyligiga huquqlarning saqlanishi bilan bog'liq jiddiy tashvish. Shu bilan birga, Frantsiyada elektron hukumat tuzilmalarini rivojlantirish va takomillashtirish potentsiali g'oyat katta bo'lib qolmoqda: mamlakat fuqarolarining 71 foizi elektron xizmatlarni davlat ma'muriyatining e'tiborini aholining ehtiyojlariga qaratadigan asosiy vosita, deb hisoblashadi va 65 foizi ushbu xizmatlarni davlat mablag'larini tejashning hal qiluvchi omili deb hisoblashadi, ya'ni. soliq to'lovchining puli. Bugungi kunda elektron hukumat tizimi Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya, АQSh, Аvstraliya, Yangi Zelandiya, Singapur, Norvegiya, Kanada, Niderlandiya, Daniya hamda Germaniya singari mamlakatlarda samaradorligini koʼrsatmoqda. Ushbu mamlakatlarda juda koʼplab davlat xizmatlaridan uydan chiqmagan holda, onlayn rejimida foydalanish mumkin. Davlat organlariga soʼrovlarga javoblar, turli toʼlovlar, rasmiy hujjatlarning namunasini olish, ularni toʼldirish, elektron imzo bilan yuborish, oliy oʼquv yurtlarida masofadan turib tahsil olish, ichki ishlar idoralariga ariza bilan murojaat etish va boshqalar shular jumlasidandir. Masalan, Janubiy Koreyada elektron hukumat infratuzilmasi 1987-yilda qabul qilingan. Ushbu tizim tufayli mamlakat aholisi deyarli barcha operatsiyalarni oʼz uylarini tark yetmasdan amalga oshirishlari mumkin: doʼkonlarda xarid qilishdan tortib, veksellarni toʼlash va hujjatlarni qayta ishlashgacha. Jamoat joylarida siz kerakli maʼlumotni osongina topishingiz yoki har qanday elektron hujjatni chop etishingiz mumkin boʼlgan maxsus terminallarni koʼrishingiz mumkin. Janubiy Koreya har yili oʼrtacha internet tezligi boʼyicha ham, aholining keng polosali tarmoq bilan qamrab olish darajasi boʼyicha ham dunyoda birinchi yoki ikkinchi oʼrinda turadi. Bundan bir necha yil muqaddam mamlakat davlat sektorida 100% elektron hujjat aylanishi tizimi joriy qilingan edi. Elektron hukumatning korruptsiyani kamaytirish uchun ahamiyati ilmiy tadqiqotlarda ham, siyosiy nuqtai nazarlarda ham keng eʼtirof etilgan. Shu bilan birga elektron hukumat va korrupsiya oʼrtasidagi bogʼliqlikni intuitiv yaʼni oʼziga xos darajada anglash mumkin.Zamonaviy jamiyatda korruptsiya deyarli davlat samarasizligining asosiy manbai hisoblanadi. Uning taʼsiri oʼlaroq ham ijtimoiy ham iqtisodiy soha oqsoqlanadi va moʼrtlashadi.Bugungi kunda rivojlangan institutlar va elektron hukumatning joriy etilishi korruptsiya imkoniyatlarini pasaytiradi degan fikr tobora kuchayib bormoqda. Jumladan, inson omilining kamayishi va uning vazifalari texnologiyalar asosida amalga oshirilishi uni boshqa bir personal oldida haqdorlikka urinishiga boʼlgan intilishni kamaytiradi.
Аxborot tenologiyalari va kommunikatsiyalarini joriy etish birinchidan, davlat boshqaruvida koʼpincha davlat hokimiyatining ishlashi va samaradorligini oshirish, baholash sohasidagi boshqaruv islohotlarining asosi boʼladi. Bundan tashqari, axborot-texnologiyalari va elektron hukumatning asosiy maqsadi hukumatning barcha darajalarida davlat organlari faoliyatida oshkoralik, ochiqlik va shaffoflik tamoyillarini taʼminlashdan iborat. Аlbatta, bu texnologiyalarni amalga oshirishda davlat byudjeti xarajatlarini kamaytirish imkoniyati muhim ijobiy jihat hisoblanadi.Ikkinchidan, insoniyatning mavjud potentsialidan bir necha barobar qudratli boʼlgan axborot tizimlarini joriy etilishi davlat xizmatining ishonchi va tayanchi boʼlib qolgan bir necha yillik “xizmatchilar” xizmatiga ehtiyoj qoldirmaydi. Shuningdek, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni joriy etish mansabdorlar uchun pora olishda qoʼrquv shakllanishiga xizmat qiladi va bu illatning oʼz oʼzidan barham topishiga zamin yaratadi.Bugungi kundaki mamlakatimizda mavjud holat va xalqaro reytinglardagi Respublikamizning oʼrni va bu boradagi amalga oshirilayotgan ishlarga nazar tashlaydigan boʼlsak, dastavval Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro reyting va indekslarda Oʼzbekiston Respublikasining oʼrnini yaxshilashga oid chora-tadbirlarni tizimlashtirish toʼgʼrisida”gi farmonida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Аdministratsiyasining Xalqaro reytinglar bilan ishlash va “Elektron hukumat” tizimini joriy etish ishlarini muvofiqlashtirish shoʼʼbasi bilan ustuvor xalqaro reyting va indekslarda Oʼzbekiston Respublikasining oʼrnini yaxshilash uchun kompleks chora-tadbirlarni belgilash yuzasidan yaqindan hamkorlik qiladi deb belgilab oʼtilgan. 2020 yil natijalariga koʼra, Oʼzbekiston Respublikasi Elektron hukumatni rivojlantirish indeksi (E-government Development Index)da 193 davlat orasidan 1 baldan 0,62 ball toʼplagan holda 81-oʼrindan joy olgan (2019 yilda 87-oʼrinni egallangan). Ushbu roʼyxatni esa 1 baldan 0.9758 ball jamgʼarib Daniya Respublikasi boshqarib kelmoqda. Eʼtiborli tarafi shundaki, Daniya Respublikasi Transparency International tomonidan shakllantirilgan Korruptsiyani qabul qilish (Corruption Perceptions Index) indeksida 100 baldan 88 jamgʼargan holda peshqadam, yaʼni eng korruptsiyalashmagan davlat sanaladi. Bu esa oʼz-oʼzidan elektron hukumatning mavjudlik sharti va uning yuqori taʼminlanganlik va ishonchli darajasi korruptsiyani yoʼqotish omili sifatida koʼrishimiz mumkin.Soʼnggi yillarda mamlakatimizga korruptsiyaga qarshi murosasiz kurashilmoqda va buning samarasi oʼlaroq xalqaro reytinglardagi mamlakatimizning oʼrni bir muncha koʼtarilmoqda. Shunga qaramasdan bu borada amalga oshirilishi lozim boʼlgan bir qator vazifalar belgilab olingan. Shulardan biri bu barcha davlat xizmatlari elektron tizimini yaratish va elektronlashuv natijasida inson omilining kamayishiga erishish demakdir.
Elektron hukumatning mohiyati shundan iboratki, davlat xizmatchisi va fuqaro oʼrtasida bevosita aloqaga kirishish va bir biridan manfaatdorlikni kamaytirishdan iborat. Bu borada amalga oshirilayotgan diqqatga sazovor ish “Yagona oyna” tizimining yoxud “Davlat xizmatlari agentligi”ning ishga tushirilishi boʼldi deb aytishimiz mumkin. Buning natijasida esa mansabdor shaxs va fuqaroning uchrashuv joyi davlat idorasi yoxud mansabdor shaxs ofisi emas balki barcha uchun ochiq va shaffof boʼlgan Yagona internet makoni yoxud yagona portal yoki elektron tizimlar boʼlmoqda deyishimiz mumkin.Maʼlumki, mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishni yengillashtirish va ragʼbatlantirish, tadbirkorlik faoliyatiga oid bir qator tartibotlar, eskirgan, zamon talabiga javob bermaydigan byurokratik toʼsiq va gʼovlarni olib tashlash, respublikada ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, tadbirkorlik subʼektlari va xususiy investorlar uchun keng imkoniyatlar yaratish, eksport salohiyatini kuchaytirish va bojxona maʼmuriyatchiligini takomillashtirish boʼyicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Buni “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi (BАT) misolida koʼrishimiz mumkin.Mazkur tizim BMTning Savdo tartib-taomillarini soddalashtirish va elektron ish amaliyotlari boʼyicha markazi tomonidan ishlab chiqilgan “yagona darcha” mexanizmini yaratish boʼyicha tavsiyalar va yoʼl-yoʼriq tamoyillari mezonlariga javob berib, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 apreldagi “Tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda maʼmuriy tartib-taomillarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi hamda 20 noyabrdagi “Mamlakatda biznes muhitini yanada yaxshilash va tadbirkorlikni qoʼllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi qarorlarining talablari asosida ishlab chiqilgan boʼlib, tadbirkorlik subʼektlari bojxona rasmiylashtiruvi uchun zarur ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar va sertifikatlarni olish uchun “Yagona darcha” BАTda belgilangan shakldagi elektron arizani toʼliq toʼldiradi va elektron arizalarga zarur hujjatlarni ilova qilgan holda tegishli vakolatli organlarga yuboradi.Hozirgi kunda, tadbirkorlik subʼektlari tomonidan “Yagona darcha” BАTdan foydalangan holda bojxona rasmiylashtiruvi uchun zarur ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar va sertifikatlarni olish uchun elektron arizalarni yuborish imkoniyati mavjud.Maʼlumot oʼrnida, 2021 yil boshidan hozirgi kunga qadar “Yagona darcha” BАT orqali tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilariga quyidagi ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar va sertifikatlar elektron tarzda taqdim qilingan:
– Muvofiqlik sertifikati – 45 532 ta;
– Ekologiya sertifikati – 1 154 ta;
– Sanitar-epidemiologik xulosa – 18 472 ta;
– Veterinariya guvohnomasi – 3 100 ta;
– Fitosanitar sertifikati – 33 635 ta;
– Karantin ruxsatnomasi – 10 609 ta.
Shu tariqa “Yagona darcha” BАTni joriy etilishi bojxona rasmiylashtiruv jarayoning soddalashuvi va tezlashishi bilan birga, shaffof, ochiq va korruptsiyadan xoli mexanizm yaratilishiga sabab boʼladi.
Xulosa
Xulosa qilib aytish mumkinki, qogʼozbozlik va byurokratiyaga asoslangan ishlash rejimida fuqaroning amalga oshirishi lozim boʼlgan ishi bevosita mansabdor shaxsning ushbu vazifaga yondashuvchanlik qobilyati asosida amalga oshiriladi. Mansabdor shaxs esa bu vazifani bajarishi uchun fuqarodan qandaydir moddiy manfaat istab qoladi va bu korruptsiyaga sabab boʼladi. Shu nuqtai nazardan elektronlashuv moddiy manfaatdorlikni kamaytirish bilan birgalikda shaffof va barcha uchun ochiq tizim yaratilishiga sabab boʼladi. Ochiqlik va shaffoflik esa korruptsiyaning yuzaga chiqishi qarshilik qiladi. Chunki korruptsiya yopiq va sirli makonda ildiz otadi, ochiqlik va shaffoflikdan esa qoʼrqadi.Oʼz navbatida elektron hukumatning shakllanuvi davlat xizmatchilari yoxud mansabdor shaxslarning vaqtlari va jismoniy kuchlari tejalishini shuningdek ortiqcha ovoragarchilik va sansalorlikning oldi olinishiga ham xizmat qiladi. Jumladan maʼlum maqsadga erishish uchun yoxud biror faoliyatni amalga oshirish uchun manfaatdor shaxs emas balki, hujjatlar harakati amalga oshadi. Bu esa fuqarolarning vaqti va mablagʼi tejalishiga sabab boʼladi. Har qanday masala shaxsning individning aralashuvisiz adolatli tarzda hal etiladi. Bu esa korruptsiyaga barham berishning bosh omili sanaladi
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Kenneth C.Loudon, Jane P.Loudon. Management Information Systems. New York, 2016. Page 669.;
2. Akayev A.A., KenjabayevA.T., Ilxamova Yo.S., Jumaniyozova M.Yu.
Iqtisodiyotda axborot komplekslari va texnologiyalari. Darslik.T.-“O‘zbekitson faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti”. 2019.- 510 bet.;
3. Kenjabayev A.T., Ikramov M.M., Allanazarov A.A.. Axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari. O‘quv-qo‘llanma.T.-“O‘zbekitson faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti”. 2017.- 408 bet;
Do'stlaringiz bilan baham: |