Ruxsat beruvchi talablar va shartlar
21. Sodir etishga va (yoki) amalga oshirishga ruxsat berilgan harakatlarni sodir etishda va (yoki) muayyan faoliyatni amalga oshirishda ruxsat berish talablari va shartlariga quyidagilar kiradi:
harakatlarni sodir etish va (yoki) muayyan faoliyatni amalga oshirishda tabiatdan foydalanuvchilar tomonidan Konvensiya talablariga majburiy rioya qilish;
tabiatdan foydalanuvchi yuridik shaxs uchun — nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgarganligi yuzasidan qayta ro‘yxatdan o‘tkazilganidan so‘ng, tabiatdan foydalanuvchi jismoniy shaxs uchun — davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida berilgan guvohnomadagi familiyasi, ismi va otasining ismi yoki faoliyat joyi o‘zgarganidan so‘ng yetti kun ichida SITES Ma’muriy organini xabardor qilish;
tegishlicha vakolatli organlar tomonidan tasdiqlangan normativ hujjatlarga hamda ekologik, sanitariya-gigiyena va boshqa normalar va qoidalarga majburiy rioya qilish;
ruxsatnomalarda ko‘rsatilgan doirada harakatlarni sodir etish va (yoki) muayyan faoliyatni amalga oshirish;
Havo transporti Xalqaro Assotsiatsiyasining Tirik hayvonlarni tashish qoidalariga rioya etish;
ruxsatnomada ko‘rsatilgan talablarga rioya etish;
ruxsatnomaga o‘zboshimchalik bilan har qanday to‘g‘rilash va qo‘shimchalar kiritilishining taqiqlanganligi;
ruxsatnoma olish uchun ariza ko‘rib chiqilganligi va ruxsatnoma berilganligi uchun to‘lovni to‘lash.
22. Olib kirish va chetga olib chiqish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish maqsadida ruxsatnoma boshqa shaxsga berish huquqisiz faqat ariza beruvchiga va uning ishonchli vakiliga beriladi.
Ruxsatnomani olgan shaxs uni boshqa shaxsga foydalanish uchun berishga haqli emas, ruxsatnoma tashkilot rahbari nomiga berilgan hollar bundan mustasno.
23. SITESning Ma’muriy organi ushbu namuna yuzasidan:
qonunchilik buzilishi, shu jumladan namuna kelib chiqqan mamlakat — davlat qonunchiligi buzilgan holda sotib olinmaganligiga;
reeksport qilinishi lozim bo‘lgan namuna ushbu Nizom talablariga muvofiq import qilinganligiga;
tirik namunalarni transportda tashish Konvensiya prinsiplariga muvofiq amalga oshirilganligiga ishonch hosil qilishi lozim.
24. Ruxsatnoma uchun to‘lov amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq ariza SITES Ma’muriy organi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan kundan boshlab 15 ish kuni mobaynida undiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
25. Foydalanilmagan ruxsatnomalar yoki qisman foydalanilgan ruxsatnomalarning nusxalari bojxona organlarining belgisi bilan berilgan joyga qaytariladi. Hayvonot va o‘simlik dunyosi obyektlarining olib chiqilmagan (olib kirilmagan) miqdori uchun tabiatdan foydalanuvchining arizasiga muvofiq yangi ruxsatnoma berilishi mumkin. Agar ilgari berilgan ruxsatnoma bazaviy hisoblash miqdori o‘zgarishidan oldin rasmiylashtirilgan bo‘lsa, narxdagi farq miqdorida ustama to‘lov amalga oshiriladi.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
26. Chetga olib chiqib ketilayotgan hayvonot va o‘simlik dunyosi obyektlarining bojxona rasmiylashtiruvi SITES Ma’muriy organining ruxsatnomalari asosida amalga oshiriladi, bunda ularga ushbu obyektlarni davlat chegarasidan o‘tkazish vaqtida bojxona organlari tomonidan tegishli belgi qo‘yiladi.
27. Ruxsatnoma uchun to‘lovlar miqdori Hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish sohasida hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish va ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 13-ilovasiga muvofiq hisoblab chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |