O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan qarorlari ro‘yxati



Download 2,06 Mb.
bet64/65
Sana31.12.2021
Hajmi2,06 Mb.
#219971
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65
Bog'liq
Esaplaw taksaları

Oldingi tahrirga qarang.

6. Ma’muriy huquqbuzarlik uchun jarima summalarini undirishda hamda hayvonot va o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zararni qoplash, shuningdek musodara qilingan ov va baliq ovlash qurollari, noqonuniy ov qilish va baliq ovlash natijasida olib qo‘yilgan mahsulotlarni hamda o‘simlik dunyosi obyektlaridan noqonuniy foydalanishdan olingan mahsulotlarni sotishdan tushgan mablag‘lar davlat ijrochilari tomonidan majburiy tartibda undiriladi, tushgan mablag‘larni taqsimlash boshqa qonun hujjatlari talablarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.



(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 639-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 33-son, 864-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

7. Musodara qilingan ov va baliq ovlash qurollari, noqonuniy ov qilish va baliq ovlash natijasida olib qo‘yilgan mahsulotlarni hamda o‘simlik dunyosi obyektlaridan noqonuniy foydalanishdan olingan mahsulotlarni sotishdan tushgan mablag‘lar agar huquqbuzarlik o‘rmon fondidan tashqari yerlarda sodir etilgan bo‘lsa — “Bioinspeksiya”ning maxsus hisob raqamiga o‘tkaziladi, shundan 60 foizi O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetiga o‘tkaziladi.

Agar huquqbuzarlik o‘rmon fondi yerlarida sodir etilgan bo‘lsa musodara qilingan ov va baliq ovlash qurollari, noqonuniy ov qilish va baliq ovlash natijasida olib qo‘yilgan mahsulotlarni hamda o‘simlik dunyosi obyektlaridan noqonuniy foydalanishdan olingan mahsulotlarni sotishdan tushgan mablag‘lar 100 foiz miqdorda tegishliligi bo‘yicha huquqbuzarlik sodir etilgan xo‘jalik hisob raqamiga o‘tkaziladi.

(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 530-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 30-son, 734-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

8. Hayvonot va o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishini aniqlagan barcha shaxslarga tabiatni muhofaza qilish organlari, O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining O‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasining g‘aznachilik shaxsiy hisob raqamiga, davlat qo‘riqxonalari, milliy bog‘, biorezervat, ovchilik va baliq ovlash xo‘jaligini yurituvchi yuridik shaxslarning hisob raqamlariga zararni qoplashdan va pul jarimasidan tushadigan summaning 30 foizi (hayvonot dunyosi bo‘yicha) va 10 foizi (o‘simlik dunyosi bo‘yicha) miqdorida mukofot puli to‘lanadi. Qizil kitobga kiritilgan hayvonlarni noqonuniy ovlaganlik uchun undirilgan da’vo bo‘yicha mukofot puli to‘lash zararni qoplash va jarima puli summasining 20 foizi, o‘simliklar bo‘yicha esa — 5 foizi miqdorida to‘lanadi.



(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 530-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 30-son, 734-modda)

9. “Davbionazorat” inspeksiyasi maxsus hisob raqamining mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadigan va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan smeta bo‘yicha sarflanadi.

Maxsus hisob raqami mablag‘laridan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishuv bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi.

Oldingi tahrirga qarang.

10. O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining O‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasining g‘aznachilik shaxsiy hisob raqami mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadigan daromadlar va xarajatlar smetasi bo‘yicha sarflanadi. Daromadlar va xarajatlar smetasi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining O‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasining g‘aznachilik shaxsiy hisob raqamining mablag‘laridan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishuv bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi.

(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 530-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 30-son, 734-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

11. Bioinspeksiya” inspeksiyasi maxsus hisob raqami va O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining O‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasining g‘aznachilik shaxsiy hisob raqamining kalendar yil oxiridagi foydalanilmagan mablag‘lari qoldig‘i xizmat ko‘rsatuvchi bankning hisob raqamida qoladi, yopilmaydi va olib qo‘yilmaydi, keyingi yilga o‘tadigan qoldiq hisoblanadi.



(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 530-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 30-son, 734-modda)

Hayvonot va o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanganlik uchun to‘lov sifatida tushgan mablag‘larni, jarima summalari va tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlardan yetkazilgan zarar uchun undirilgan summalarni taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga


ILOVA

Hayvonot va o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanganlik uchun to‘lov sifatida tushgan mablag‘larni, jarima summalari va tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlardan yetkazilgan zarar uchun undirilgan summalarni taqsimlash

SXEMASI


Oldingi tahrirga qarang.



(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-apreldagi 282-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.04.2018-y., 09/18/282/1055-son)

Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-oktabrdagi 290-son qaroriga


5-ILOVA


Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish